165
panellari joylashtiriladigan qurilmalar joylashuvini o’zgartirish, panellar u chun
quyosh nuri ta’minlanadigan muhit yaratish, tajribadan olingan hisob natijalarini
real vaqtda olish imkonining cheklanganligi, ilmiy tadqiqot ishlarida tanlangan
qiymatlar bo’yicha tajriba o’tkazishda yuzaga keladigan muammolar tashkil qiladi.
Farg’ona mintaqasida quyosh panellari samaradorligi bo’yicha tadqiqot olib
borishda yuqorida keltirib o’tilgan muammolarning deyarli barchasiga duch
kelinadi.
Sanab o’tilgan muammolarni bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalarning
asosiy qismlaridan biri bo’lishga ulgurgan
virtual olam elementlaridan
foydalanamiz.
Quyosh panellarining samaradorligini tahlil qilishda virtual olam
elementlaridan foydalanish afzalliklaridan biri ixtiyoriy vaqtda foydalanuvchi o’zi
istagan muhitni yuzaga keltira olishidir. Panellarning har bir fasldagi
temperaturaga nisbatan qaytaradigan natijasini reallikdan ko’p farq qilmaydigan
muhitda olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Quyosh
panellarini joylashtirishda
o’lcham, hajm kattaligi virtual olam tizimiga o’tgan paytda qiyinchilik kelt irib
chiqarmaydi. Virtual olamning qator imkoniyatlaridan foydalangan holda olingan
natijalar real holatdagi natijalardan deyarli farq qilmasligi ushbu tizimning
ommalashishiga hizmat qilayotgan faktorlardan biri hisoblanadi.
Virtual olam elementlari yordamida olingan natijalarning ajralib turadigan
o’rni bu har qanday tajriba, amaliy ish uchun oniy qiymatdagi hisoblarni olish
imkoniyati mavjudligi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, real holatda bu kabi natijani
olishda qurilmalar holati, inson omili aralashganligi, muhitning inson xohishiga
mos bo’lmagan tarzda o’zgarishi mumkinligi to’sqinlik qiladi.
Virtual olam elementlari nafaqat quyosh panellaridagi samaradorlikni
aniqlash, balki maydoni keng hududlarda o’tkaziladigan tajriba amaliy ishlari, ish
jarayoni xavfli bo’lgan hududlar, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
moddalar bilan ishlaydigan, ma’lum bir sohalarga tegishli bo’lgan zavodlar, inson
omili aralashganda xatoligi sezilarli darajada ortib ketadigan jarayonlarda ham
keng qo’llanilib kelmoqda.
Shuningdek, bu tizimning interaktivligi, ta’lim
muassasasi sharoitida ko’paytirish mumkin bo’lmagan yoki haqiqatda kuzatilishi
mumkin bo’lmagan narsalar, jarayonlarni modellashtirish qobiliyati zamonaviy
texnologiyalarning yana bir yutug’idir.
Virtual reallik yordamida yaratilgan tajriba maydonlari afzalliklari bilan
birga kamchiliklarga ham ega. Uskunalar bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar
yetishmasligi, tashkil qilingan muhitning qo’shimcha tasvirlari reallikdan farq
qilishi kabi ayrim kamchiliklar virtual reallikda mavjud.
O’zbekistonda axborot texnologiyalariga berilayotgan e’tibor
bevosita
virtual olamga tegishli bo’limlarni ham chetlab o’tmaydi. Hozirda ushbu
yo’nalishni rivojlantirish bo’yicha oliy ta’lim tizimida mutahassislarni yetkazish
bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
166
1. С. С. Қодиров. Виртуал борлиқ технологиясини қўллаш соҳалари ва
уларни яратишдаги техник, дастурий ва ташкилий муаммолар .
Фарғона 2014.
2. D. Majidova. Virtual o‘quv laboratoriyada amaliy mashg’ulotlar. Toshkent
2005.
3. Розенсон И. А. Основы теории дизайна. Питер, 2006. Пр оисхождение
понятия «виртуальная реальность»
Do'stlaringiz bilan baham: