436
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik bilimlarni yetarli bo'lishi
juda muhimdir.
Chunki har qanday kasbda, har qanday ishda matematika juda
muhim va kerakli. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qiziqarli o'yinlar,
ta'limiy-didaktik o'yinlar, topishmoqlar, interfaol
usullardan foydalanib
matematika fani olamiga dadtlabki qadamni qo'yishlarini ta'minlab berishimiz
lozim. Bolalarda matematika faniga qiziqish va mehr uyg'ota olsak, maktabga
tayyorgarlik davri va maktabda matematikani katta qiziqish bilan o'rganishadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o'rgatishga tayyorlash
maktabning zarur predmetlari sifatida tan olingan.
Bolalarda matematik
tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda
matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan
iborat. Bu o'z navbatida dunyoni chuqur bilish, yangi metodlarni o'rganish kabi
vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda
matematik tushunchalarni
shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental
fanlar asosida yaratiladi:
- ko'rgazmali-dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni
shakllantirish bo'yicha ko'rsatmalar);
-metodik adabiyotlar(maxsus jurnallarda chop etiladigan maqola, o' quv
qo'llanma va o'yinlar);
- jamoa va yakka tartibda ish olib borish.
Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi
ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning
asosiy elementlari maqsad,
mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir -biri bilan uzviy bog'liq.
Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirish.
Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning asosiy masalalari
quyidagilardan iborat:
- bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish nuqtai-nazaridan kichik,
o'rta , katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
-matematik tushunchalarni rivojlantirish, maktab matematikasini o'rganishga
tayyorlashni rejalash;
- matematik tushunchalarni shakllantirishning yo'llari va usullarini ishlab
chiqish;
-bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta'minlovchi metodik
ko'rsatmalar berish.
Matematikani o'rgatishda tarbiyaviy choralarga
ushbu omillarni keltish
mumkin:
- bolalarda o'qishga bo'lgan qiziqish, bilim va ko'nikmalarni shakllantirish;
- mashg'ulot jarayoniga bo'lgan ma'suliyatlilikni tushintirish;
- o'z kuchiga qobiliyatiga ishonchni tarbiyalash.
437
Maktabgacha ta'limda har bir mashg'ulot tugallanadigan maqsadni o'zida
muhassamlashtirgan bo'lishi kerak. Mashg'ulot yetarli darajada qiziqarli va
muvafaqqiyatli o'tishi uchun tarbiyachi mashg'ulotning umumiy ta'lim, tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifani, uni amalga oshirish usullarini aniq
tushungan va egallagan bo'lishi kerak.
Tarbiyachi mashg'ulot vaqtida bolani rag'batlantirishi, mashg'ulotda
muammoli
jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg'ulotlar yaratishi kerak.
Mashg'ulotni bolalar yoshiga mos tarzda qiziqarli, o'yinga boy va tushunarli qilib
o'tish lozim. Bu orqali bolalarda son-sanoq haqida va matematika bo'yicha ilk
tasavvurlarni shakllantiramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Ilk qadam" davlat dasturi. T.: 2018-yil 72-b
2. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. T.: 2018-yil 56-b
3. N.U.Bikbayeva. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish". T.: 1995-yil
4. Ziyonet.uz
ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ГЕНЕЗИСИ
.
Do'stlaringiz bilan baham: