Изланувчилар online илмий-амалий


O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI MUAMMOLARI



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

O’ZBEKISTONNING ENERGETIKA SOHASIDAGI MUAMMOLARI
VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI
Ismoilov Muslimbek Murodjon o’g’li, Odilov Olimjon Ilhomjon o’g’li 
Farg’ona Politehnika Instituti 1-kurs magistranti 
O’zbekiston iqtisodiyotida elektr energiya ishlab chiqarish muhim rol 
o’ynaydi.Uni ishlab chiqarish uchun eng ko’p ishlatiladigan resurs bu ‘’tabiiy 
gaz’’dir.Bu ko’rsatkich bizning yurtimizda deyarli 87% ni tashkil 
qiladi.Shuningdek ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 86% qismi 
Respublikamizdagi IESlar hisobiga to’g’ri keladi.Bu esa o’z navbatida juda katta 
sarf-harajat va isrofgarchilikni yuzaga keltiradi.Hozirda yurtimizda 42 ta 
energoblok mavjud bo’lsa,ularning deyarli 50%i ma’nan va jismonan 
eskirgan.Hurmatli Prezidentimizning ‘’Valyuta yoqib elektr energiya ishlab 
chiqarmoqdamiz’’degan so’zlaridan shuni anglasa bo’ladiki,bundan buyog’iga 
elektr energiyani tejab ishlatish va O’zbekiston hukumatining gaz turbinalaridan 
voz kechish siyosatini yurgizish dolzarb vazifa bo’lib xizmat qiladi.O’zbekistonni 
sifatli va arzon elektr energiya ta’minlash biz energetiklarning eng muhim vazifasi 
hisoblanadi.Eng arzon va sifatli elektr energiya manbai sifatida men Quyosh 
Energiyasini ko’raman.Quyosh energiyasidan foydalanish bizning yurtimiz 
iqlimiga to’laqonli mos keladi. 
Bu masalada “O’zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” 
loyihasi rahbari, Germaniyaning ‘’Quyosh Energiyasi Assotsiatsiyasi’’a’zosi 
Ravshanbek Xo’janov O’zbekiston hududida Quyosh energiyasidan foydalanish 
bo’yicha o’zining bir qancha takliflarini keltirib o’tgan: 
*mavjud eskirgan bug’ turbinalaro’rnini yuqori haroratli mujassamlangan 
parabalotsilindrik quyosh kollektorlari egallashi lozim.Ularning issiqlik harorati 
200-600 gradusni tashkil etadi.
*issiqlik elektr markazlari hamda tuman issiqlik qozonxonalarida past 
haroratli quyosh absorberlarini qo’llash mumkin.Bunda 10 gradusli suv haroratini 
qozonxonalarni 40 gradusgacha bu absorberlar yordamida ko’tarilsa,qolgan yuqori 
haroratni olish uchun yoqilg’i ishlatish mumkin.Buning narxi ancha arzon tushadi. 


149 
*Germaniya va O’zbekiston o’rtasida quyosh energetikasini O’zbekistonda 
rivojlantirish bo’yicha memorandum tuziladi.Mazkur memorandum asosida 
O’zbekistondagi soha vakillarini quyosh energetikasi bo’yicha, mamlakat ichida 
hamda Germaniyada bilim va malakalari oshib boriladi.
*O’zbekistonda ikki davlat hamkorligida Texnika Universitetini tashkil 
etish. Bunga xorijda bilim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish 
hamda ish bilan ta’minlash.
*Quyosh issiqlik kollektorlarini Germaniya tajribasi va texnologiyasi 
asosida mahalliy xom-ashyo asosida ishlab chiqarish.Dastlabki bosqichdagi 
ishlarda nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi.Keyinchalik bu 
ishlar bevosita mahalliy soha mutaxassislar tomonidan amalga oshirib boriladi. 
*Turli quyosh kollektorlari va o’lchash asboblari yordamida joylarda ilmiy -
amaliy tadqiqot ishlarini olib boorish hamda aholini quyosh energetikasini o’z 
xonadonlarida o’rnatishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tegishli 
targ’ibot ishlarini olib boriladi.Bu ishlarni amalga oshirish uchun turli ilmiy 
tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari hamda bog’cha-maktablar 
asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi. 
*Turli sabablar bilan xizmat safari bo’yicha yoki mehnat va o’quv ta’tili 
davomida O’zbekistonga kelayotgan xorijdagi vatandoshlarimizdan unumli 
foydalanib,ular bilan sohasiga oid turli uchrashuvlar,ochiq muloqot va suhbatlar 
tashkil etish,press klublarga taklif qilgan holda ularning bilim va tajribalarini soha 
yo’nalishida 
ta’lim 
oluvchi 
talabalarga 
yetkazib 
boorish.
*Har oy kamida bir marta,O’zbekistondagi markaziy teleradiokanallar orqali 
muqobil energiyani iqtisodimizning turli jabhalarida samarali qo’llash bo’yicha 
teleradioloyihalar tashkil qilish lozim.Bunday targ’ibot ishlarini muntazamligini 
ta’minlab,ushbu soha vakillari bilan uzviy bog’langan holda tashviqot ishlari olib 
boriladi.
*Intenet tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi muqobil energiya portalini 
yaratish kerak bo’lib,unda mahalliy olimlar bilan birga,xorijiy mutaxassislar bilan 
hamkorlikdagi ishlar tahlilini yoritib borish.
*Energetika sohasida,jumladan,quyosh,shamol,biogas,geothermal sohalarda 
Germaniya Universitetlarida doktorantura,magistratura va bakalavr bosqichlarida 
o’zbek yoshlari uchun maqsadli o’qish tashkil etish.
*O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Energetika sohasini 
takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha bo’lim yoki tarkibida yetakchi olim va 
mutahassislardan iborat Maslahat Kengashini tashkil qilish lozim.Mazkur bo’lim 
yoki kengashning asosiy vazifalari etib,energetika sohasiga investitsiyalar jalb 
qilish bilan birga,bu borada ta’lim va ilmiy sohalarni rivojlantirish va to’g’ridan-
to’g’ri xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish belgilanadi
Meni nazdimda yuqoridagi takliflarni loyihalashtirib,amalga tadbiq etish 
uchun alohida mahsus Dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq boladi va albatta 
bu takliflarni ro’yobga oshirish biz yoshlarning qo’lida ekanligini unutmasligimiz 
lozim.Prezidentimiz ikki yildan keyin hukumat boshqaruviga yoshlar keladi 


150 
deganlarini hisobga olib,bu loyihaning asosiy ishtirokchilari biz yoshlar ekanligini 
mudom unutmasligimiz lozim. 
Biz yosh energetiklar ham mana shunday loyihalarni hayotga tatbiq etib 
aholimizni sifatli va arzon elektr energiya bilan ta’minlab,yurtimizning 
iqtisodiyotini yuksalishiga uni dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga olib 
chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilmog’imiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. ”O’zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi 
rahbari Ravshanbek Xo’janov fikrlari
2.”Noan’anaviy 
energiya 
manbalaridan 
foydalanish 
ko’nikmalari’’mavzusida o’quv qo’llanma 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish