Izlanishlar, yechimlar



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/112
Sana01.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#627882
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining

117
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi taʼlim 
tizimini isloh qilishga doir Farmon va qarorlarida Finlyandiya tajribasini oʻrganish
masalasi taʼlim boshqaruv idoralariga, jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasiga vazifa sifatida qoʻyilgan edi. Shunga koʻra oʻrganish ishlari 
olib borilmoqda. 
Finlyandiyada bugungi kunda 5,5 mln. aholi istiqomat qiladi, mavjud 2341 ta 
maktabda 560 ming nafar oʻquvchi tahsil oladi. Barcha maktab bir xil mavqega 
ega, oʻquvchilar uylari yaqinidagi maktabga borishadi. Fin maktablarida 
boshlangʻich taʼlim 6 yil, umumiy oʻrta taʼlim 3 yil davom etadi. 9-sinf bitiruvchilari 
oʻqishni taʼlimning keyingi bosqichi litsey va kasb-texnika maktablarida davom 
ettiradi. Litseylar xuddi Oʻzbekistondagi singari OTMlarga bogʻlangan, u yerda 
oʻqish 3 yil davom etadi. Kasb-texnika maktablarida esa oʻqish 2-3 yil davom 
etadi. Oʻquvchilarga boshlangʻich sinflarda baho qoʻyilmaydi, yuqori sinflarda 
4-10 ball bilan baholanadi. 
Finlyandiya maktablarida oʻquv jarayoni uchun majburiy oʻquv dasturlari 
«Asosiy taʼlim toʻgʻrisida»gi qonun va hukumat qarorlariga muvofiq ishlab 
chiqiladi. Oʻzbekistondagi tartibdan farqli ravishda Finlyandiyada asosiy 
tayanch oʻquv reja va dastur asosida mahalliy oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi va 
amaliyotga joriy etiladi. Mahalliy oʻquv dasturi maktab faoliyatining asosiy oʻquv 
mazmunini belgilab beradi hamda u strategik yoʻnalish hisoblanadi. 
Oʻquv dasturini tayyorlashda dars mashgʻulotlarini oʻtish predmetli yoki 
integral boʻlishi mumkin. Bizning oʻquv dasturlardan farqli yana bir jihat – bu 
integral taʼlim. Bunda bir mavzu maʼlum vaqt (soat, kun, hafta) davomida bir 
nechta fan orqali oʻqitiladi. Masalan, “Vatan” mavzusi, ona tili, adabiyot, chet tilida 
til va tarbiya nuqtai nazaridan, geografiya, tarix fanlarida joylashishi va oʻtmishi, 
matematika, iqtisodda mamlakatning real daromadlari, raqamlar bilan bogʻliq 
jihatlari, tabiiy fanlar oʻz yoʻnalishidagi masalalar doirasida va hokazo. Har qanday 
holatda maktab sifatli taʼlim berishni kafolatlaydi.
Maʼlumki, taʼlim jarayoni - nimani oʻqitamiz (oʻquv dasturi), qancha hajmda 
oʻqitamiz (oʻquv reja), qanday oʻqitamiz (metodika), kim oʻqitadi (kadr)? kabi 
savollarga javob topish orqali tashkil etiladi. Shundan qancha hajmda oʻqitamiz, 
degan savolga Finlyandiya maktablarining oʻquv rejasidagi tillarning ulushiga 
qiziqdik. 
Finlyandiya maktablarining oʻquv rejasiga koʻra 9 yillik haftalik umumiy 
yuklama 233 soatni tashkil qiladi, majburiy 224 va fakultativ 9 soat. Bu koʻrsatkich 
Oʻzbekistonda 1-9 sinflarda 246 soatni tashkil etadi. (+10-11 sinflar uchun 68 soat)


118
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Shundan, Finlyandiya maktab oʻquv rejasida ona tili va adabiyoti fanining 
ulushi 42 soatni yoki 18,7% ni tashkil etadi. 
Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining ulushi 
2018-yilda 61 soat (23,6%)ni tashkil etgan, 2021-yilda esa 51 soat (20,4%)ni tashkil 
etmoqda, yaʼni 3,2% ga kamaygan. 
Ammo oʻzbek tili (davlat tili)ning ulushi esa 2018-yilda 16 soatdan (6,2%) 
2021-yilda 21 soatga (8,4%) yaʼni 2,2% ga oshgan. Bu esa mamlakatimizda taʼlim 
oʻzbek tilidan boshqa tilda olib borilayotgan maktablarda davlat tilining oʻqitilishga 
boʻlgan eʼtiborning kuchaytirilganligidan dalolat beradi. (
Tahlillar Finlyandiyadagi 
9 yilga mos ravishda Oʻzbekistonda ham 9 yilga nisbatan olindi).
Xuddi shunday koʻrsatkichlar, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining boshqa 
barcha fanlarga nisbatan ulushi Germaniyada 13,4%, Janubiy Koreyada 17,8%, 
Yaponiyada 19,1%, Rossiyada 17,5%, Belorussiyada 13,4% ni tashkil etishi kuzatildi. 
Oʻquvchi B2 tilni fakultativ fan sifatida (9 soat) oʻrganishi mumkin. A2 (12 soat) 
va B2 (4 saot) tillarini erkin tanlash asosida alternativ tarzda, ajratilgan minimal 
vaqtdan tashqari mashgʻulotlar sifatida tashkil etilishi mumkin. Bunday holda, 
ularni oʻqitish - ushbu bandda belgilanganidek, fakultativ (9 soat) yoki B 1 (6 soat) 
tili uchun ajratilgan dars soatlarining minimal vaqtdan foydalangan holda tashkil 
etiladi.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish