Izlanishlar, yechimlar



Download 3,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/112
Sana01.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#627882
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining

191
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy 
islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan 
iborat. Shularni inobatga olib, keng qamrovli ishlarni amalga oshiramiz”.
Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlardan biri – kambag‘allikni 
qisqartirish masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Bunda prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev kambag‘allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish 
bilan o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmasligini, buning uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, 
kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suvi, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq 
kompleks muammolarni hal etib borish kerakligini ta’kidladi. 
Fuqarolar o‘rtasida jumladan, xotin-qizlarning “ayollar daftari”ga 
kiritilganlarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va 
moliyaviy ko‘mak” tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etildi. Shuningdek, 
uch bo‘g‘inli mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim bo‘yicha 
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 26-yanvardagi yig‘ilishda mutassaddi 
xodimlarga qator ko‘rsatmalar bergan edi. Jumladan, hokimlar va sektor 
rahbarlariga “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal 
qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin 
maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha 
ko‘rsatmalar berildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat 
palatasiga tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan “ayollar daftari”dagi 70 mingga 
yaqin xotin-qizlarni biznes va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga 
o‘qitish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, 2021-yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 5 foiz oʻsishi 
maqsad qilingan. Biroq, pandemiya sharoitida global iqtisodiyotdagi noaniqlik 
uzoq davom etishi mumkinligi iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha zaxiralarini topish 
va safarbar qilishni talab etmoqda. Bu jarayonda xotin-qizlarning bandligini 
ta’minlash ham dolzarb masala sifatida yuzaga chiqdi. Shu bois, Prezidentimiz 
barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi holatni 
oʻrganish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi. 
Iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga tushirib, vertikal tizimni, barcha organlar 
faoliyatini oʻzaro muvofiq yoʻlga qoʻyish orqali ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-
qizlar o‘rtasidagi ishsizlikning oldini olish, bandligini ta’minlash maqsadida, ularni 
mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish kerakligi taʼkidlandi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 3-fevralda “Mahallabay” ishlash 
tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada 
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra 


192
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
mamlakatimizda har bir mahallada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda 
tutuvchi yangicha ishlash tizimi joriy etildi:
- oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan 
foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini 
“xonadonbay” o‘rganish;
- band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar 
muammolarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi 
kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga amaliy 
ko‘maklashish;
- yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
- mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash 
va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda 
tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
- mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer 
maydonlari va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali 
foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini 
yaxshilash;
- samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga 
sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun 
banklarning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga 
yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish;
- joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan (yer 
ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, 
bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya 
tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
Aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirishning me’yoriy-huquqiy asoslari 
ham ishlab chiqildi. Endilikda kambag‘allik domiga tushib qolgan fuqarolar, 
jumladan, xotin-qizlarning kambag‘allikdan chiqib ketishi uchun eng muhim 
omil - bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari 
harakati bo‘lishi kerak. Shu maqsadda 2021-yili mahallalarda aholini kasb-
hunarga o‘qitish bo‘yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etildi. Bunda kasb-
hunarga o‘qitilgan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga 1 million so‘mgacha 
subsidiya berilib, buning uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratildi. 
O‘quv kurslarini tamomlab, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga 
asbob-uskuna xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar berildi. 
Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib 



Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish