RENTGEN TEKSHIRISHDA - qizilo’ngachning har xil darajada kengayishi (ba'zida 16-20 sm gacha) va uzunlashishi, peristal'tikasining buzilishi, nahorda suyuqlik yig’ilishi kuzatiladi.Sulfat bariy kontrast eritma qizilo’ngachda uzoq vaqt tutiladi, so’ngra to’satdan me'daga tushadi. qizilo’ngach kardiyal qismi toraygan, “sabzi uchi” yoki “sichqon dumi” ko’rinishida bo’ladi, yutilganda ochilmaydi. Me'daning gaz pufagi yyo’q. Til ostiga 1-2 tabletka nitroglitserin qo’yilsa me'daning kardiya sfinkteri bo’shashadi, disfagiya yo’qoladi, QO’dagi narsa me'daga o’tadi, agar QO’da organik stenoz (saraton, peptik chandiq torayishi) bo’lsa nitroglitserin naf ko’rsatmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |