Q A R O R Q I L A D I :
Maktab-internati direktori F. Tuxtashev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Maktab-internatining 2021-yil davridagi faoliyati “Svetafor” tizimi asosida tahlil qilinganligi ko’rsatib o’tilsin.
Ta’lim muassasasida ingliz tili fanining o’qitilishi “qoniqarli” deb topilsin.
Horijiy tillar metod birlashma rahbariga:
Fan o’qituvchilari va o’quvchilarning bilim darajasini oshirishiga ko’maklashish
- Chorshanba – “Xorijiy tillarni o’rganish kuni” ni sifatli tashkil etish
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash O’IBDO’ R.Djumayeva zimmasiga yuklatilsin..
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab-internati IFBDO’ F.Xursanaliyeva so’zi tinglandi:
“Hurmatli kengash a’zolari! Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2021-2022-o’quv yili “Umumta’lim maktablarida innovatsion ta’lim, kasbiy maxorat va intelektual salohiyatni rivojlantirish o’quv yili” deb belgilandi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasasining yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Yo’l xaritada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator samarali ishlar olib borildi. Maktab-internatining pedagog xodimlari O’zbekiston Respublikasi xalq ta’imi vazirligi tomonidan o’tkazilgan “30 yillikka 30 ta mukofot”, “Ustoz 2021” tanlovlarida faol qatnashdilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 9-sentabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-xunar maktablari o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o’tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g’oliblarni rag’batlantirish tartibi to’g’risi”da 562-sonli qarori bilan Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga muvofiq 2021-yil sentabr oyida asosiy fan olimpiadalarining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi.Fan olimpiadasining 1-bosqichida g’olib bo’lgan 30 nafar o’quvchilar 2021-yil oktabr oyida bo’lib o’tgan tuman bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Kimyo fanidan 9-sinf o’quvchisi Hoshimov Saydullo, 10-sinf o’quvchisi Obidjonov Zayniddin, 11-sinf o’quvchisi Mo’minjonov Mirzaoyat, biologiya fanidan 9-sinf o’quvchisi Axmadjonov Bilimjon, 11-sinf o’quvchisi Abdug’aniyev Islombek, Informatika fanidan 9-sinf o’quvchisi Zuhriddinov Zarbek, 10-sinf o’quvchisi Madaminov Asilbek, 11-sinf o’quvchisi Iskanderov Kamronbek faxrli o’rinlarni egallab, viloyat bosqichida qatnasish huquqini qo’lga kiritdilar. Kimyo fanidan 9-sinf o’quvchisi Hoshimov Saydullo viloyat olimpiadasida faxrli 1-o’rinni hamda 10-sinf o’quvchisi Obidjonov Zayniddin faxrli 2-o’rinni egalladi.
Fan o’qituvchilarining 2-chorak davridagi faoliyati “Svetafor” tizimi asosida baxolanishi zarur. Mazkur masala yuzasidan fan metodbirlashma rahbarlari ma’lumot berishlari so’raladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan ijtimoiy gumanitar fanlar metod birlashma raisi D.Jumaboyeva, aniq fanlar metod birlashma raisi D.Ergasheva, tabiiy fanlar metod birlashma raisi M.Odilova, amaliy fanlar metod birlashma rahbari N.Nasirdinova, tillar metod birlashma rahbari M.Atajonovalar so’z olib fan o’qituvchilarining birinchi yarim yillik davridagi faoliyati bo’yicha tahlil natijalari to’g’risida ma’lumot berdilar.
Tahlil natijalariga ko’ra fan o’qituvchilari faoliyatiga “Svetafor” tizimi asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha baho berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |