Izboskan tumanidagi 8-idumining biologiya fani o’qituvchisi Muhayyoxon asqarovaning “Ta`lim ijodkori” online ko`rik tanlovida “Eng yaxshi ko`rgazmali qurollar” yo`nalishi bo`yicha tayyorlagan TAQDIMOTI.
Mavzu: Biologiya faniga hissa qo’shgan olimlar.
ROBERT GUK
1665- yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po‘stlog‘idagi po‘kak to‘qimadan yupqa kesmalar tayyorlab mikroskop yordamida kuzatganda ajoyib yangilikni kashf etdi.
U daraxtning po‘stlog‘i bir xil massadan ibo rat bo‘lmay, balki juda mayda bo‘shliqlardan, ya’ni katakchalardan iborat ekanligini aniqladi. Bu mayda bo‘shliqlarni R.Guk “sellula” (katakcha, uyacha, hujra) deb atadi. “hujayra” atamasi ham shu ma’noga ega.
АNTONI
VAN LEVENGUK
1680- yilda qondagi qizil
qon tanachalari — eritrositlarni, bir hujayrali hayvonlar va bakteriyalarni birinchi marta o`rganadi.
NEMIYA
GRYU
1671- yilda o‘simlik
hujayralarining tuzilishini birinchi marta o‘rganadi.
TEADOR SHVANN
Яко
YAKOB MATTIAZ SHLEYDEN
1838—1839- yillarda nemis olimlari: botanik
M. Shleyden va zoolog T.Shvann o‘sha vaqtgacha fanda to‘plangan hujayra haqidagi ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasini yaratdilar.
Nemis olimi, shifokor R.Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligini, hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat
hujayradan ko‘payishini isbotlab berdi.
RUDOL’F VIRXOV
K.Ber sutemizuv
Chilarning tuxum
hujayrasini kashf
etdi va ko‘p hujay-
rali organizmlar
bitta urug‘ langan
tuxum hujayra -
zigotadan rivojlani-
shini isbotladi.
КARL ERNEST FON BER
VILGELM
PFEFFER
O’simliklar hujayrasining
osmotik xossalarini o`rganib ,moddalarning hujayraga kirishi va chiqishini asoslab berdilar.
ROBERT
BRAUN
1831- yilda ingliz botanigi R.Braun hujayralarda yadro
mavjudligini aniqlaydi.
Chex olimi Ya.Purkine 1839- yilda hujayra
tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etadi.
Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios»– hayot, «logos» – fan degan
ma’noni bildiradi.
JAN BATIST LAMARK GOTFRID TREVIRANUS
Gregor
Mendel’
E.Chermak
G.de-Friz
K.Korrens
Irsiyat qonunlarini dastlab chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1865-yilda e’lon qilingan. uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay kelindi.
1900- yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.de-Friz, e.Chermak va k.korrenslar tomonidan
qayta kashf etildi va tasdiqlandi.
Shuning uchun 1900- yil biologiyaning yangi sohasi –genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
Morgan birikkan holda irsiylanish qonunini kashf etdi.
Morgan va uning shogirdlari bir xromosomada joylashgan
genlar ba’zan bir-biridan ajralgan holda irsiylanishlari mumkin
ekanligini ham isbotladilar.
TOMAS XANT MORGAN
CHARLZ
DARVIN
Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi.
U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asaryozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fikr-mulohazalarini bayon etdi.
Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi.
JEYMS UOTSOH FRENSIS XARRI KOPTON KRIK
DNkning tuzilishini amerikalik biolog J.Uotson va angliyalik fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
FRIDRIX MISHER
Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadrosidan topilgan.
HURMATLI O`QUVCHI SIZ YUQORIDAGI BIOLOG
OLIMLAR HAQIDA YETARLICHA MA’LUMOTGA EGA BO`LDINGIZ.YANA QAYSI OLIMLAR HAQIDA MA’LUMOT OLMOQCHISIZ.
E`TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |