Ызбекистон Республикаси


O`zbekistonda  Prezidentlikni  joriy  qilinishi  va  I.  A



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/68
Sana26.08.2021
Hajmi0,86 Mb.
#156709
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

O`zbekistonda  Prezidentlikni  joriy  qilinishi  va  I.  A. 
Karimovning xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
 
  
O`zbekiston  Respublikasida  Prezidentlik  institutining  joriy  qilinishi  mustaqillik 
davrida davlat qurilishi va boshqaruvida yuz bergan o`ta muxim o`zgarishlardan biri 
bo`ldi.  Prezident  O`zbekistonda  "davlat  va  ijro  etuvchi  hokimiyat  boshlig`idir" 
(Konstitutsiya  89-moddasi).  endilikda  Prezidentning  yuridik  maqomi,  huquq  va 
majburiyatlari  Konstitutsiya  va  qonunlarda  ochiq  ravshan  ifodalangan.  CHunonchi, 
Konstitutsiyaning  93-moddasida  Prezidentning  ichki  va  tashqi  masalalarni  xal 
etishdagi vakolatlari belgilab qo`yilgan.
 
Xuddi  shunday  talablar,  qoida-normalar  Vazirlar  maxkamasi,  mahalliy  davlat 
vakillik  va  ijroiya  organlari,  saylov  tizimi,  sud  hokimiyati,  prokuratura  organlariga 
nisbatan  ham  Konstitutsiyada  qonunan  mustahkamlanib  qo`yilgan.  Prezident 
Konstitutsiyaning  kafili  sifatida  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilish, 
O`zbekiston  Respublikasining  davlat  suverenitetini  muhofaza  qilish  davlat 
organlarining  o`z  vazifalarini  bajarishlarini  ta`minlash,  konstitutsiyaviy  tuzumni 
mustahkamlash bo`yicha barcha sharoitlarni yaratish zarur chora-tadbirlarni ko`radi..
 


Islom  Karimov  davlatning  milliy  manfaatlarini  himoya  qilish,  butun  mamlakat 
xududida  tinchlik, barqarorlik va  qat`iy  konstitutsiyaviy  tartibni kafolatlash bo`yicha 
o`z majburiyatini bajarar ekan, xalq ishonchini oqlamoqda. Mustaqil O`zbekistonning 
birinchi 
Prezidenti 
mamlakat 
Konstitutsiyasining 
xaqiqiy 
kafili 
bo`ldi. 
Konstitutsiyada  Prezidentga  respublika  oliy  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarining 
bahamjixat  ishlashini  ta`minlash  vazifasining  yuklatilganligi  hokimiyat  bo`linishi 
printsipi  amalga  oshishining garovi  va  davlat  hokimiyati  organlari  o`rtasida  qarama-
qarshilik bo`lishiga yo`l qo`ymaydigan muhim shartdir.
 
Prezident  I.Karimov  huquqiy  davlatining  yaratish  jarayonida  ijro  etuvchi 
hokimiyatning  mustaxkamlash  zarurligini  nazariy  asoslarini  yaratdi.  Prezident 
fikricha  "Kuchli  ijroiya  xokimiyati  bo`lmasa,  xatto  eng  demokratik  yo`l  bilan  qabul 
qilingan qarorlar ham  bajarilmasligi  mumkin.  Bu  esa qonuniy  qarorlarning ro`yobga 
chiqarilishini,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  himoya  qilinishini,  siyosiy  va 
iqtisodiy  islohotlar  turmushga  tatbiq  etilishini  ta`minlaydigan  Prezidentlik 
hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi".
 
Hokimiyat  bo`linishi  faqat  turli  hokimiyat  tarmoqlari  orasida  vakolatlarning 
taqsimlanishidagina  emas,  balki  markaziy  organlar  bilan  maxalliy  organlar 
vakolatining  to`g`ri  taqsimlanishida  ham  namoyon  bo`ladi.  Ijro  etuvchi  organlar 
faoliyatini  takomillashtirish,  ularning  ishlash  imkoniyatini  oshirish,  huquq  va 
majburiyatlarini  yanada  aniqroq  belgilashda  O`zbekistonda  joriy  qilingan  hokimlik 
instituti alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
 
Davlatning 
salmoqli 
vazifalarini 
mahalliy 
davlat 
organlari 
bajaradi. 
Respublikamizda  mahalliy  davlat  organlarining  tizimini  belgilashda  bir-biridan 
mustaqil,  lekin  o`zaro  hamkorlikda,  bir-birini  nazorat  qilish  asosida  faoliyat 
ko`rsatadigan ikki organ, ya`ni vakillik organi- xalq deputatlari Kengashlari va ijroiya 
hokimiyati  organi  hokimliklar  bo`lishi  nazarda  tutiladi.  Ijroiya  hokimiyatiga 
boshchilik  qiluvchi  hokimlar  yangi  institut  bo`lsa,  xalq  deputatlar  Kengashlari 
mustaqil  demokratik  davlatimiz  xarakteriga  moslashtirildi."Mahalliy  davlat 
hokimiyati to`g`risida"gi qonunda shu masalalar mustahkamlangan.
 
Joylarda  vakillik  hokimiyati  va  ijroiya  hokimiyati  organlarini  tuzishdagi  asosiy 
maqsad  davlat  organlari  ishlarida  aholining  ishtirokini  ta`minlash,  mahalliy 


ahamiyatga  ega  masalalarni  ko`pchilik  bilan  bamaslahat  bo`lib  muhokama  qilish  va 
to`g`ri  qaror  qabul  kilish,  ijroiya  hokimiyati  organlari  faoliyati  ustidan  mahalliy 
miqyosda nazorat o`rnatishdan iborat edi.
 
Vakillik  organlari  roliga  bepisandlik  bilan  qarash,  ayrim  joylarda  hokimlarning 
xizmat vazifasini suiste`mol qilishiga sabab bo`lganligini, O`zbekiston Prezidentining 
nutqlaridan ko`rish mumkin, I.Karimov hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud 
hokimiyatlaridan  iborat  mustaqil  uch  tizimga  taqsimlash  ishini  amalda  ro`yobga 
chiqarish  zarurligiga  katta  e`tibor  beradi.  "Joylarda  ham  har  qaysi  bo`g`inda  shu 
taqsimot  ogishmay  joriy  etilmogi  shart.  Bu  uch  tizim  bir-birining  ishiga 
aralashmasdan, bir-birini nazorat qilgan xolda faoliyat olib borishiga erishish lozim".
 
Prezident  I.Karimov  nutklarida  mamlakatimizda  tarkib  topgan  davlat  boshqaruv 
tizimi samarali ishlashi, bu tizimning xar bir bo`g`ini zimmasiga yuklatilgan vazifalari 
va  burchlarini  sidqidildan  bajarishda  nazorat  faoliyatining  ahamiyatiga  alohida 
to`xtaladi.  "Ijro  hokimiyati  ustidan  jamoatchilik,  avvalo,  saylab  qo`yiladigan  hamda 
vakolatli  organlar  nazoratini,  boshqacha  aytganda,  zarur  vakolat  berilgan  xalq 
deputatlari  amalga  oshiradigan  nazoratni  butun  choralar  bilan  kuchaytirish  lozim, 
degan edi.
 
Bundan tashqari O`zbekiston Prezidenti mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining 
boshqaruv  tizimini  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  asosida  takomillashtirib 
borishga, yuqori malakali kadrlar bilan ta`minlash, rahbarlarning xalq oldida xisobot 
berib  turishi  kabi  masalalarga  diqqatni  jalb  qiladi.  Xozirgi  kunda  "Fuqarolarning 
o`zini-o`zi  boshqarish  organlari  to`grisida"gi  qonun  yangi  taxrirda  qabul  qilindi. 
"Mahalliy  davlat  hokimiyati  to`grisida"gi  qonunning  ham  tahrirdagi  loyihasini 
tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
 
Ijroiya  va  vakolatli  hokimiyatlar  o`rtasidagi  siyosiy  va  hukuqiy  muvozanatning 
ta`minlashda sud hokimiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Sud sistemasining mustaqil 
hokimiyat  sifatida  rivojlanishi  va  takomillashtirish  yo`lida  mamlakatda  qatta  ishlar 
qilindi  va  qilinmoqda.  Mustaqillik  yillarida  sud-hukuk  tizimini  erkinlashtirish  va 
demokratlashtirish 
borasida 
muhim 
qadamlar 
ko`yildi. 
Buning 
natijasida 
mamlakatimizda  zamonaviy  demokratiya  talablariga  javob  bera  oladigan  sud  tizimi 
shakllana boshladi.
 


O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  o`z  nutqlarida  sud-huquqiy 
sohasiga  daxldor  islohotlarni  o`tkazish  masalalariga  to`xtalib,  bu  islohotlarning 
barchasi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlashga qaratilmog`i lozim 
deb aytgan edi. Sobiq ittifoq vaqtida sud davlatning jazo mahkamasi sifatida faoliyat 
ko`rsatdi.  Yurtboshimiz  ta`kidlaganidek:  "Bular  barchasi  odamlar  ongiga  chuqur 
o`rnashib  qolgan.  Bizning  vazifamiz  ushbu  ko`nikmalarni,  psixologiyani  tubdan 
o`zgartirishdan iborat. Xalq sudini faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ 
deb  emas,  aksincha,  ularning  haq-huquqlarini  va  manfaatlarini  himoya  qiladigan 
organ, deb bilishi kerak.
 
Bu-o`ta  muhim.  yana  qaytaraman,  odamlar  sud  organlarini  o`zlarining 
himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak. Sud tizimini isloh qilish bilan bog`liq 
muammolar orasida sud‘yalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash masalasi nihoyatda 
jiddiy.  BMTnmng  "Sud  organlarining  mustaqilligiga  doir  asosiy  tamoyillar" 
rezolyutsiyasida shunday yozilgan: sudga tanlangan shaxslar yuksak axloq va iste`dod 
soxiblari,  shuningdek,  xuquq  sohasida  ma`lum  tayyorgarlikka,  malakaga  ega 
bo`lmog`i lozim.
 
Sud  tizmmini  isloh  qilish  sohasidagi  asosiy  yo`nalishlarni  yurtboshimiz  aniq 
ko`rsatib  berdi.  Bular  yuqori  malakali  hukukshunos  mutaxassislarni  tayyorlash  va 
qayta  tayyorlash,  qonunchilik  faoliyatimizdagi  kamchiliklarni  tanqidiy  baholab 
bartaraf  etish,  qonunlarimizning  mukammal  va  izchil  bo`lishiga  erishish,  sud 
jarayonida  ayblov  va  himoyaning  amalda  tengligini  ta`minlash  va  buning  uchun 
advokatura  idoralarining  mavqeini  ko`tarish,  jinoiy  va  fuqarolik  ishlarni  ko`ruvchi 
sud‘yalarning ixtisoslashuvini amalga oshirish va boshqalar.
 
Sud  bugungi  kunda  inson  huquq  va  erkinliklarining  ishonchli  tarzda  himoya 
qilishga  qaratilgan  chinakam  mustaqil  davlat  institutiga  aylanmoqda.  Fuqarolarning 
sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda.
 
1993  yili  qabul  qilingan  "Sudlar  to`g`risida"gi  birinchi  Konunidayoq  sud  ish 
yuritishining,  tom  ma`nodagi  mustaqil  va  faqat  qonun  oldida  javob  beruvchi  sud 
tizimining  qonuniy  asoslari  yaratildi.  "Fuqarolarning  huquqlari  va  erkmnliklarini 
buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to`g`risida"gi, 
"Advokatura  to`g`risida"gi,  "Advokatlik  faoliyatining  kafolatlari  va  advokatlarning 


ijtimoiy  himoyasi  to`g`risida"gi  qonunlar,  fuqarolar,  yuridik  shaxslarning  huquq  va 
manfaatlarini 
sud 
orqali 
himoya 
qilishni 
kuchaytirishga, 
sud 
tizimini 
demokratlashtirishga  qaratilgan  boshqa  qonunlar  qabul  qilindi.  Jahon  tajribasini 
htsobga  olib,  birinchi  marta  O`zbektston  Konstitutsiyaviy  sud  ta`sis  etildt,  xo`jaltk 
sudlari  tizimi  yaratildi.  2000  yilda  tahrirdagi  "Sudlar  to`g`risida"gi  qonunning  qabul 
qilinishi  sud  tizimini  isloh  qilishda  muhim  bosqich  bo`ldi.  Unda  sud  faoliyatini 
yanada demokratlashuvi va takomillashuvi uchun sharoit vujudga keltirildi.
 
Eng  muhimi  shundaki  ushbu  qonun  sudning  mustaqilligini  ta`minlashning 
mustahkam mexanizmini yaratdi. Sud‘yalik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etish, 
ularning  vakolatlarini  to`xtatish  va  muddatdan  ilgari  tugatish  haqida  taqdimnomalar 
kiritish vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida tuzilgan Sud‘yalarni 
tanlash  va  lavozimlariga  tavsiya  etish  bo`yicha  oliy  malaka  komissiyasi  zimmasiga 
yuklandi.
 
Umumiy  yurisdiktsiya  sudlarining  ixtisoslashuvi  konuniy  mustahkamlandi, 
fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo`yicha  alohida  sudlarni  tashkil  etish  mexanizmi  joriy 
kilindi.  "Sudlar  to`g`risida"gi  yangi  qonun  asosida  sud  kadrlarini  tanlash  va 
tayinlashning samarali va demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu mexanizm sud 
hokimiyatining  amaldagi  mustaqilligini,  sud‘yalik  lavozimiga  tayinlashda  xolislikni 
ta`minlashga qaratilgandir. Huquqiy davlatni vujudga keltirishning bosh ommllaridan 
biri  -  mukammal  qonunchilikni  yaratishdir.  Ana  shu  o`lchov  boshqaruv  tizimidan 
tortib,  hayotning  eng  kichik  sohalarigacha  daxldor  bo`lgan  qonunlar  tizimini  ishlab 
chiqish zaruratga aylanmoqda.
 
O`zbekiston  Prezidenti  I.Karimov  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va 
pirovardiga  etkazish  borasida  yangi  qonunlar  qabul  qilish,  amaldagi  qonunlarni  esa 
tanqidiy  ko`z  bilan  baholab,  ularga  zamon  talab  qilayotgan  o`zgarishlarni  kiritish 
maqsadida  katta  ishlarni  amalga  oshirish  lozimligini  uqtiradi.  O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti sud tizimi bilan bir qatorda jamiyatda qonuniylikni va huquq-
tartibotni ta`minlovchi tizimida joriy qilinayotgan islohotlarni tanqidiy baholab, ularni 
yanada chuqurlashtirish va qat`iyatlik bilan olib borish zarurligini uqtiradi.
 
"Bugun bizning huquqiy doktrinamiz mutlaqo yangicha, demokratik tamoyillarga 
asoslangan.  U,  eng  avvalo,  O`zbekiston  Konstitutsiyasi  talablariga  ko`ra,  inson 


huquqlarining ustivorligini ta`minlaydi. Inson himoyaning bosh sub`ekti bo`lib, uning 
hayoti  va  sog`lig`iga  suiqasd  qilish  og`ir  jinoyat  hisoblanadi"  -  deydi  I.Karimov. 
Mana  shu  doktrinaga  tayangan  xolda  Ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisining  oltinchi 
sessiyasi  mamlakatimiz  Prezidentk  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  "Jinoiy 
jazolarning  liberallashtirilishi  munosabati  bilan  O`zbekiston  Respublikasining 
Jinoyat,, 
Jinoyat-protsessual 
hamda 
Ma`muriy 
javobgarlik 
Kodekslariga 
o`zgartirishlar  va  qo`shimchalar  kiritish  to`g`risida"  gi  qonun  qabul  qilinishi  sud-
huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi.
 
yangi  taxrirdagi  "Prokuratura  to`g`risida"gi  qonun,  avvalambor,  qonuniylik  va 
huquq  tartibotini  mustahkamlashga,  Konstitutsiya  va  qonunlar  ustivorligi  tamoyilini 
ta`minlashga qaratilgandir.
 
 
 
  
  
  
  
  

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish