O`zbekistonda Prezidentlikni joriy qilinishi va I. A.
Karimovning xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining joriy qilinishi mustaqillik
davrida davlat qurilishi va boshqaruvida yuz bergan o`ta muxim o`zgarishlardan biri
bo`ldi. Prezident O`zbekistonda "davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir"
(Konstitutsiya 89-moddasi). endilikda Prezidentning yuridik maqomi, huquq va
majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda ochiq ravshan ifodalangan. CHunonchi,
Konstitutsiyaning 93-moddasida Prezidentning ichki va tashqi masalalarni xal
etishdagi vakolatlari belgilab qo`yilgan.
Xuddi shunday talablar, qoida-normalar Vazirlar maxkamasi, mahalliy davlat
vakillik va ijroiya organlari, saylov tizimi, sud hokimiyati, prokuratura organlariga
nisbatan ham Konstitutsiyada qonunan mustahkamlanib qo`yilgan. Prezident
Konstitutsiyaning kafili sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini muhofaza qilish davlat
organlarining o`z vazifalarini bajarishlarini ta`minlash, konstitutsiyaviy tuzumni
mustahkamlash bo`yicha barcha sharoitlarni yaratish zarur chora-tadbirlarni ko`radi..
Islom Karimov davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish, butun mamlakat
xududida tinchlik, barqarorlik va qat`iy konstitutsiyaviy tartibni kafolatlash bo`yicha
o`z majburiyatini bajarar ekan, xalq ishonchini oqlamoqda. Mustaqil O`zbekistonning
birinchi
Prezidenti
mamlakat
Konstitutsiyasining
xaqiqiy
kafili
bo`ldi.
Konstitutsiyada Prezidentga respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining
bahamjixat ishlashini ta`minlash vazifasining yuklatilganligi hokimiyat bo`linishi
printsipi amalga oshishining garovi va davlat hokimiyati organlari o`rtasida qarama-
qarshilik bo`lishiga yo`l qo`ymaydigan muhim shartdir.
Prezident I.Karimov huquqiy davlatining yaratish jarayonida ijro etuvchi
hokimiyatning mustaxkamlash zarurligini nazariy asoslarini yaratdi. Prezident
fikricha "Kuchli ijroiya xokimiyati bo`lmasa, xatto eng demokratik yo`l bilan qabul
qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro`yobga
chiqarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini, siyosiy va
iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta`minlaydigan Prezidentlik
hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi".
Hokimiyat bo`linishi faqat turli hokimiyat tarmoqlari orasida vakolatlarning
taqsimlanishidagina emas, balki markaziy organlar bilan maxalliy organlar
vakolatining to`g`ri taqsimlanishida ham namoyon bo`ladi. Ijro etuvchi organlar
faoliyatini takomillashtirish, ularning ishlash imkoniyatini oshirish, huquq va
majburiyatlarini yanada aniqroq belgilashda O`zbekistonda joriy qilingan hokimlik
instituti alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Davlatning
salmoqli
vazifalarini
mahalliy
davlat
organlari
bajaradi.
Respublikamizda mahalliy davlat organlarining tizimini belgilashda bir-biridan
mustaqil, lekin o`zaro hamkorlikda, bir-birini nazorat qilish asosida faoliyat
ko`rsatadigan ikki organ, ya`ni vakillik organi- xalq deputatlari Kengashlari va ijroiya
hokimiyati organi hokimliklar bo`lishi nazarda tutiladi. Ijroiya hokimiyatiga
boshchilik qiluvchi hokimlar yangi institut bo`lsa, xalq deputatlar Kengashlari
mustaqil demokratik davlatimiz xarakteriga moslashtirildi."Mahalliy davlat
hokimiyati to`g`risida"gi qonunda shu masalalar mustahkamlangan.
Joylarda vakillik hokimiyati va ijroiya hokimiyati organlarini tuzishdagi asosiy
maqsad davlat organlari ishlarida aholining ishtirokini ta`minlash, mahalliy
ahamiyatga ega masalalarni ko`pchilik bilan bamaslahat bo`lib muhokama qilish va
to`g`ri qaror qabul kilish, ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan mahalliy
miqyosda nazorat o`rnatishdan iborat edi.
Vakillik organlari roliga bepisandlik bilan qarash, ayrim joylarda hokimlarning
xizmat vazifasini suiste`mol qilishiga sabab bo`lganligini, O`zbekiston Prezidentining
nutqlaridan ko`rish mumkin, I.Karimov hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud
hokimiyatlaridan iborat mustaqil uch tizimga taqsimlash ishini amalda ro`yobga
chiqarish zarurligiga katta e`tibor beradi. "Joylarda ham har qaysi bo`g`inda shu
taqsimot ogishmay joriy etilmogi shart. Bu uch tizim bir-birining ishiga
aralashmasdan, bir-birini nazorat qilgan xolda faoliyat olib borishiga erishish lozim".
Prezident I.Karimov nutklarida mamlakatimizda tarkib topgan davlat boshqaruv
tizimi samarali ishlashi, bu tizimning xar bir bo`g`ini zimmasiga yuklatilgan vazifalari
va burchlarini sidqidildan bajarishda nazorat faoliyatining ahamiyatiga alohida
to`xtaladi. "Ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik, avvalo, saylab qo`yiladigan hamda
vakolatli organlar nazoratini, boshqacha aytganda, zarur vakolat berilgan xalq
deputatlari amalga oshiradigan nazoratni butun choralar bilan kuchaytirish lozim,
degan edi.
Bundan tashqari O`zbekiston Prezidenti mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining
boshqaruv tizimini rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida takomillashtirib
borishga, yuqori malakali kadrlar bilan ta`minlash, rahbarlarning xalq oldida xisobot
berib turishi kabi masalalarga diqqatni jalb qiladi. Xozirgi kunda "Fuqarolarning
o`zini-o`zi boshqarish organlari to`grisida"gi qonun yangi taxrirda qabul qilindi.
"Mahalliy davlat hokimiyati to`grisida"gi qonunning ham tahrirdagi loyihasini
tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ijroiya va vakolatli hokimiyatlar o`rtasidagi siyosiy va hukuqiy muvozanatning
ta`minlashda sud hokimiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Sud sistemasining mustaqil
hokimiyat sifatida rivojlanishi va takomillashtirish yo`lida mamlakatda qatta ishlar
qilindi va qilinmoqda. Mustaqillik yillarida sud-hukuk tizimini erkinlashtirish va
demokratlashtirish
borasida
muhim
qadamlar
ko`yildi.
Buning
natijasida
mamlakatimizda zamonaviy demokratiya talablariga javob bera oladigan sud tizimi
shakllana boshladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o`z nutqlarida sud-huquqiy
sohasiga daxldor islohotlarni o`tkazish masalalariga to`xtalib, bu islohotlarning
barchasi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlashga qaratilmog`i lozim
deb aytgan edi. Sobiq ittifoq vaqtida sud davlatning jazo mahkamasi sifatida faoliyat
ko`rsatdi. Yurtboshimiz ta`kidlaganidek: "Bular barchasi odamlar ongiga chuqur
o`rnashib qolgan. Bizning vazifamiz ushbu ko`nikmalarni, psixologiyani tubdan
o`zgartirishdan iborat. Xalq sudini faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ
deb emas, aksincha, ularning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qiladigan
organ, deb bilishi kerak.
Bu-o`ta muhim. yana qaytaraman, odamlar sud organlarini o`zlarining
himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak. Sud tizimini isloh qilish bilan bog`liq
muammolar orasida sud‘yalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash masalasi nihoyatda
jiddiy. BMTnmng "Sud organlarining mustaqilligiga doir asosiy tamoyillar"
rezolyutsiyasida shunday yozilgan: sudga tanlangan shaxslar yuksak axloq va iste`dod
soxiblari, shuningdek, xuquq sohasida ma`lum tayyorgarlikka, malakaga ega
bo`lmog`i lozim.
Sud tizmmini isloh qilish sohasidagi asosiy yo`nalishlarni yurtboshimiz aniq
ko`rsatib berdi. Bular yuqori malakali hukukshunos mutaxassislarni tayyorlash va
qayta tayyorlash, qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab
bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bo`lishiga erishish, sud
jarayonida ayblov va himoyaning amalda tengligini ta`minlash va buning uchun
advokatura idoralarining mavqeini ko`tarish, jinoiy va fuqarolik ishlarni ko`ruvchi
sud‘yalarning ixtisoslashuvini amalga oshirish va boshqalar.
Sud bugungi kunda inson huquq va erkinliklarining ishonchli tarzda himoya
qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning
sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda.
1993 yili qabul qilingan "Sudlar to`g`risida"gi birinchi Konunidayoq sud ish
yuritishining, tom ma`nodagi mustaqil va faqat qonun oldida javob beruvchi sud
tizimining qonuniy asoslari yaratildi. "Fuqarolarning huquqlari va erkmnliklarini
buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida"gi,
"Advokatura to`g`risida"gi, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi to`g`risida"gi qonunlar, fuqarolar, yuridik shaxslarning huquq va
manfaatlarini
sud
orqali
himoya
qilishni
kuchaytirishga,
sud
tizimini
demokratlashtirishga qaratilgan boshqa qonunlar qabul qilindi. Jahon tajribasini
htsobga olib, birinchi marta O`zbektston Konstitutsiyaviy sud ta`sis etildt, xo`jaltk
sudlari tizimi yaratildi. 2000 yilda tahrirdagi "Sudlar to`g`risida"gi qonunning qabul
qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo`ldi. Unda sud faoliyatini
yanada demokratlashuvi va takomillashuvi uchun sharoit vujudga keltirildi.
Eng muhimi shundaki ushbu qonun sudning mustaqilligini ta`minlashning
mustahkam mexanizmini yaratdi. Sud‘yalik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etish,
ularning vakolatlarini to`xtatish va muddatdan ilgari tugatish haqida taqdimnomalar
kiritish vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida tuzilgan Sud‘yalarni
tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi zimmasiga
yuklandi.
Umumiy yurisdiktsiya sudlarining ixtisoslashuvi konuniy mustahkamlandi,
fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha alohida sudlarni tashkil etish mexanizmi joriy
kilindi. "Sudlar to`g`risida"gi yangi qonun asosida sud kadrlarini tanlash va
tayinlashning samarali va demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu mexanizm sud
hokimiyatining amaldagi mustaqilligini, sud‘yalik lavozimiga tayinlashda xolislikni
ta`minlashga qaratilgandir. Huquqiy davlatni vujudga keltirishning bosh ommllaridan
biri - mukammal qonunchilikni yaratishdir. Ana shu o`lchov boshqaruv tizimidan
tortib, hayotning eng kichik sohalarigacha daxldor bo`lgan qonunlar tizimini ishlab
chiqish zaruratga aylanmoqda.
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
pirovardiga etkazish borasida yangi qonunlar qabul qilish, amaldagi qonunlarni esa
tanqidiy ko`z bilan baholab, ularga zamon talab qilayotgan o`zgarishlarni kiritish
maqsadida katta ishlarni amalga oshirish lozimligini uqtiradi. O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti sud tizimi bilan bir qatorda jamiyatda qonuniylikni va huquq-
tartibotni ta`minlovchi tizimida joriy qilinayotgan islohotlarni tanqidiy baholab, ularni
yanada chuqurlashtirish va qat`iyatlik bilan olib borish zarurligini uqtiradi.
"Bugun bizning huquqiy doktrinamiz mutlaqo yangicha, demokratik tamoyillarga
asoslangan. U, eng avvalo, O`zbekiston Konstitutsiyasi talablariga ko`ra, inson
huquqlarining ustivorligini ta`minlaydi. Inson himoyaning bosh sub`ekti bo`lib, uning
hayoti va sog`lig`iga suiqasd qilish og`ir jinoyat hisoblanadi" - deydi I.Karimov.
Mana shu doktrinaga tayangan xolda Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining oltinchi
sessiyasi mamlakatimiz Prezidentk I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Jinoiy
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining
Jinoyat,,
Jinoyat-protsessual
hamda
Ma`muriy
javobgarlik
Kodekslariga
o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida" gi qonun qabul qilinishi sud-
huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi.
yangi taxrirdagi "Prokuratura to`g`risida"gi qonun, avvalambor, qonuniylik va
huquq tartibotini mustahkamlashga, Konstitutsiya va qonunlar ustivorligi tamoyilini
ta`minlashga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |