Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va xuquqiy
qarashlari.
Nikollo Makiavelli (1469-1527) siyosiy fikr tarixiga o`zining bir qancha ijobiy
asarlari bilan kmrib keldi. Bu asarlar ichida uning "Xukmdor" ("Gosudar‘") asari
alohida o`rin egallaydi. Makiavelli birinchilardan bo`lib diniy aqidalardan holi
bo`lgan siyosiy ta`limot yaratishga harakat qildi. Uning ta`limoti siyosiy amaliyotning
kuzatish, tarix va inson psixikasini o`rganish asosiga qurilgan.
Makiavellining fikricha u odamlarning xatti-harakatlarini bir-xil xirs va intilishlar
belgilaydi. Inson tabiatining zaminida amalparastlik, g`arazgo`ylik yotadi. Odamlar,
deydi u, subitsiz, noshukur, qo`rqoq, munofiq, ichi qora, boshqalarni ko`ra
olamaydigan xossalarga egadirlar. qobiliyati cheklangan bo`lsa ham, hohishlari
cheklanmagan. Ular doim hozirgi kundan norozi, o`tmishni maqtaydilar, taqlid
qilishni sevadilar, lekin yaxshi narsalarga nisbatan yomon odatlarni tezroq
o`zlashtiradilar. Inson - "o`zining dunyoga kelishini batamom asosli ravishda katta
yig`i bilan olqishlovchi eng ojiz va sho`rpeshana maxluqdir".
Donishmand hukmdor davlatni boshqarishda o`zini axloq normalari bilan
cheklanmasdan odamlarga xos mana shu xossalarini hisobga olishi zarur, deb uqtiradi.
Shundagina u o`z oldiga qo`ygan vazifalarni bajarishga qodir bo`ladi. Makiavelli
markazlashgan milliy davlat tarafdori edi. U davlatni kuchsizlantiruvchi va uning
yaxlitligini buzuvchi barcha narsalarga nafrat bilan qaraydi va aksincha, davlat
qudratining oshib borishiga, uning birligini mustahkamlashga, chegaralarini
kengayishiga ko`mak beruvchi barcha narsalarni olqishlaydi. U feodallarni, ayniqsa
dvoryanlar toifasini, cherkovni qattiq tanqid ostiga oldi. Ularni davlatning qudratli
bo`lishiga to`sqinlik qiluvchi kuchlar deb bildi.
Makiavelli davlatning monarxiya va respublika shakllarini ajratadi. U
respublikaning afzalliklari haqida gapirsa ham markazlashgan va qudratli davlat
yaratish uchun monarxiya qulayroq deydi. qudratli davlatni yaratish yo`lida hukumdor
hech narsadan toymasligi kerak, ahloq normalariga ham rioya qilishi shart emas. U
hukumdorga berahm va ayyor bo`lishni, fuqarolarga qo`rqituv orqali ta`sir qilishni
maslahat beradi.
Hukmdor she`rdan jassurroq, tulkidan ayyorroq bo`lishi kerak, negaki, "tuzoqni
ko`rish uchun tulki, bo`rilarni jazosini berish uchun she`r bo`lmog`i darkor".
Makiavelli hukmdorga qurolli kuchga dikkat qilishni tavsiya qiladi. "Agar yaxshi
qo`shinlar bo`lsa, yaxshi do`stlar doim bo`ladi". yaxshi qonunlar qanchalik muhim
bo`lmasin, davlatda qurolli kuch muximroqdir, deydi u .
Makiavelli hukmdorga o`z dushmanlariga nisbatan shafkatsiz bo`lishni,
jazolashda tezkor, jasur va dadil bo`lishni maslahat beradi. Sustkashlik, ikkilanish har
qanday ishni yo`kqa chiqaradi. Makiavelli o`z davrining siyosiy amaliyotini aks
ettiribgina qolmay, keyingi davr siyosiy hayot xususiyatlarini ham ko`ra bildi. Siyosiy
ta`limotlar tarixida "makiavellizm" nomini olgan tushuncha Makiavellining fikriga
mos siyosatni anglatadi.
Jan Boden (1530-1596) frantsuz siyosiy mutafakkiri, huquqshunos, advokat,
prokuror lavozimlarida ishlagan. Uning asosiy asari "Davlat haqida olti kitob» deb
nomlanadi. Bu asarda u siyosiy fikr tarixida birinchi bo`lib davlatning muxim belgisi
suverenitetga izoh beradi.
Davlat bu oilalar majmuidir, deb ta`rif beradi. Boden shu bilan birga davlatning
oiladan jiddiy farq qilishini ham ta`kidlaydi. Bu farq davlat hokimiyatining oliy
suveren xarakterligidadir. Suveren hokimiyat davlatning muhim va zaruriy xossasidir.
Davlat hokimiyati xech kimga qaram bo`lmagan oliy hokimiyatdir. Boden suveren
hokimiyatning belgilarini ko`rsatadi. Suverenitet yagona va bo`linmas: u qirol va xalq
o`rtasida bo`linmaydi. Suverenitet xokimiyatning muntazamligini bildiradi. Uni
vaqtincha yoki ma`lum shart bilan boshqaga topshirish mumkin emas.
Boden qirol absolyutizimining tarafdori sifatida suverenitet hokimiyatning
cheklanmaganligi, qonundan ham ustivorligini ko`rsatadi, deydi. "Suverenitet, Boden
ta`rifi bo`yicha, bu qonunlarga itoat qilishdan ozod bo`lgan grajdanlar va fuqarolar
ustidan o`rnatilgan hokimiyatdir". Suveren o`zi qabul qilgan qonunlardan ozoddir.
Biroq bu hokimiyat xech narsa bilan cheklanmagan degan narsa emas, deydi u.
Hokimiyat Xudo qonunlariga va tabiiy qonunlarga itoat qilishi shart. Bundan tashqari,
deydi Boden, suveren fuqarolarning xususiy mulkini hurmat qilishi, unga tajavvuz
qilmasligi zarur.
Suverenitet yagona va bo`linmas bo`lganligi uchun doim bir shaxs yoki bir majlis
qo`lida bo`ladi. Suverenitet yo qirol, yo aristokratiya, yo xalq qo`lida bo`lishi
mumkin. U bir necha turli organlar o`rtasida tahsimlanmaydi, yoki navbat bilan undan
foydalanilmaydi.
Bodenning suverenitet haqidagi ta`limoti feodal tarqoqligiga qarshi qaratilgan
bo`lib, Frantsiyada markazlashgan davlat vujudga kela boshlagan vaqtida paydo
bo`ldi. U cherkovning dunyoviy hokimiyatga ega bo`lish uchun qilgan harakatlariga
qarshi qaratilgan edi. Boden davlat shakllari ichida monarxiyani afzal ko`radi.
Demokratiyani mutloq rad qiladi. Uning aytishicha, xalq go`yo to`g`ri qarorga
kelishiga qodir emas, demokratiya anarxiyaga olib keladi.
Aristokratiya monarxiya bilan demokratiyaning o`rtasidagi davlat shaklidir.
Bodenning fikricha, aristokratiyaning afzalligi shundaki unda hokimiyat saxovatli
zadogonlar va badavlat kishilar qo`lida bo`ladi. Biroq aristokratiya, deydi Boden,-
turli partiyalar janjallari va shuxrat-parastlar kurashiga giriftor, is`yonlarga qarshi
turolmaydi.
Boden monarxiyani eng yaxshi davlat shakli deb biladi. Monarxiyadagina bir
butun va bo`linmas davlat hokimiyati mavjud. Birlik bo`lmagan joyda oliy xokimiyat
ham yo`q. Davlat hokimiyatining birligini ta`minlovchi birdan-bir davlat shakli
monarxiyadir. Davlat hokimiyatini ustida turgan monarx qarama-qarshi davo va
intilishlarning bir-biriga kelishtiradi va qarama-qarshi elementlarning uyg`unlashgan
birligini yaratadi. qonuniy monarxga bo`ysunishni targ`ib qilish bilan birga, Boden
tiraniyaga qarshiligini bildiradi. Zo`ravonlik yo`li bilan hokimiyatga kelgan kishi
tirandir. Unga qarshilik ko`rsatish, uni og`darish, xatto o`ldirib tashlash xam man
qilinmaydi, deydi Boden.
Boden davlat to`ntarilishlarining sabablarini tahlil qiladi. Bu sabablar ichida
birinchi navbatda mulkiy tengsizlikni ko`rsatadi. Ko`pchilikni qashshoqlanishi va
ozchilikni nihoyatda boyib ketishi, hurmat izzatni va boyliklarni adolatsiz
taqsimlanishi ham davlat to`ntarilishiga olib keladi. Siyosatchi, deydi- Boden,-bularni
oldini olishi kerak. U yon berish, kelishish, isloxotlar orkali nizolarni bartaraf qilishi
lozim. Boden g`arbiy Evropa jamiyatining rivojlanishida qirol absolyutizmi
progressiv rol‘ o`ynayotgan davrda uni himoya qilib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |