1-qadam. Tarmoqni qurish
Dastur oynasining chap quyi burchagida qurilmalar guruhi yoki kategoriyalari ko‘rsatilgan, masalan marshrutizatorlar (router), kommutatorlar (switch) yoki oxirgi qurilmalar (end devices). Kursorni qurilmalar kategoriyalari ustidan harkatlantirilsa, har bir kategoriyadagi qurilmalar ko‘rinadi. Qurilmani tanlash uchun, birinchi qurilma kategoriyasi tanlanadi, so‘ngra kerakli qurilma tanlab olinadi.
Quyi chap burchakdagi banddan End devicesni tanlang. Ish maydoningizga 3ta Generic PCni olib qo‘ying.
a) Quyi chap burchakdagi variantlardan Switch guruhini tanlang va ish maydoniga 2950-24 kommutatorni ko‘ying.
b) Quyi chap burchakdagi Connections bandini tanlang va Copper Straight-through kabeli orqali har bir kompyuterni kontsentratorga ulang, ya’ni:
I) PC0 ni FastEthernet 0/1ga ulang
II) PC1ni FastEthernet 0/2 ga ulang
III) PC2ni FastEthernet 0/3 ga ulang
Qurilmalarni sozlash parametrlari
1.1-jadval
Qurilma
|
IP-manzil
|
Tarmoq osti maskasi
|
Shlyuz
|
PC0
|
192.168.1.10
|
255.255.255.0
|
192.168.1.1
|
PC1
|
192.168.1.11
|
255.255.255.0
|
192.168.1.1
|
PC2
|
192.168.1.12
|
255.255.255.0
|
192.168.1.1
|
2-qadam. Tarmoq qurilmalarini sozlash
a) PCni tanlang va Desktop bandiga kiring.
b) IP Configuration bandini tanlang.
v) IP address, Subnet Mask va Default Gatewaylarni quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlar orqali sozlang.
g) Har bir PC da a-v qadamlarni takrorlang.
1.1-rasm. Switch yordamida kompyuterlarni ulash.
1.2-rasm. PC0ga IP manzil berish.
1.3-rasm. PC1ga IP manzil berish.
1.4-rasm. PC2ga IP manzil berish.
d) Siz berilgan vazifalarni 100% bajargan bo‘lishingiz kerak. Vazifani to‘lik bajarilganini tekshirish uchun Check Results bandini tanlab vazifani bajarilganlik darajasini aniklash mumkin.
3-qadam: Tarmoq oqimini kuzating
a) Simulation rejimini tanlang, u pastki o‘ng burchakda Realtime bandida joylashgan bo‘ladi. Band ustida to‘xtatish buyrug`i mavjud.
Edit Filters bandidan faqatgina ARP va ICMPlar tanlanganinga ishonch hosil qiling.
b) O‘ng vertikal jixozlar bandidagi maktubni yopish orkali oddiy PDUni qo‘ying. PC0 ga o‘ting va manbani sozlash uchun tugmachani bosing. ga o‘ting va oralik masofani sozlash uchun uni tanlang. Ikkita maktub PS0ni yonida turganiga e’tibor karating. Ulardan birinchisi ICMP, ikkinchisi ARPlardir. Simulation Panel ichidagi Event List bandida qaysi maktub ICMP va qaysi maktub ARP ekanligi xaqida ma’lumot olish mumkin
Auto Capture/Playni tanlang, ARP va ICMP xabarlar almashinuvini kuzating. Quyida joylashgan Auto Capture/Play tugmalari orkali tezlikni o‘zgartirish mumkin. Tugmalarni o‘nga olib o‘tish modellashtirishni tezlashtiradi, ko‘chirish chapga bo‘lsa modellashtirish sekinlashadi. Kachon bufer to‘lganlik oynasi namoyon bo‘lsa, modellashtirish tugagan bo‘ladi. Oynani yoping, to‘lgan bufer oynasining o‘ng yukori burchakdagi [x] ni bosing.
1.5-rasm. Switch orqali paketni yuborish.
1.6-rasm. Switch orqali paketni yubroish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |