deraza tavaqalarini osish uchun hamda ko‘tarib ochiladigan, tushirib ochiladigan
framugalarni va fortochkalarni birlashtirish, uchun xizmat qiladi. Har qaysi oshiq-
moshiq sharnirli ikkita tavaqadan tuzilgan. Har bir tavaqa bitta po‘lat plastinkadan
iborat, plastinkaning bitta uzala qirrasi o‘yilgan, buning natijasida hosil bo‘lgan
chiqiqni bukib sharnir hosil qilinadi (bukma tavaqalar). Tavaqa ikkiga buklangan enli
plastinkadan yasalgan bo‘lishi ham mumkin, bu holda plastinkaning bukilgan joyi
Tavaqali oshiq-moshiqlar tuzilishi jihatidan quyidagi xillarga ajratiladi:
sterjeni olinadigan sharnirli oshiq-moshiq (bautom), sterjeni bitta tavaqaga
olinmaydigan qilib o‘rnatilgan yarim sharnirli oshiq-moshiq, sterjeni sharnirdan
82
20-rasm. Tavaqali oshiq-moshiqlar:
a) bukma tavaqali; b) qayirib o‘rnatilgan tavaqadi; d) eshik tavaqasi yoki deraza romi
yon cho‘pining qalinligiga qarab oshiq-moshiq tanlash; e) sharnir sterjeni
olinmaydigan qilib mahqamlangan oshiq-moshiq; f) sterjeni bir tavaqaga
olinmaydigan qilib mahkamlangan yarim sharnirli oshiq-moshiq; g) sterjeni
sharnirdan olinadigan oshiq-moshiq; h) naplavli tavaqalar osiladian oshiq-moshiq
Qimirlamaydigan sterjenlardan sharnirlarni chiqarish uchun eshik yoki deraza
tavaqalarini ko‘tarib bo‘lmaydigan hollarda sterjeni olinadigan oshiq-moshiqlar
ishlatiladi; Bunday eshik yoki deraza tavaqalarini olish uchun oshiq-moshiqlar bir-
biridan chiqarish kifoya. Sterjenlarni sharnirlardan chiqarish uchun eshik yoki deraza
tavaqalarini ko‘tarsa bo‘ladigan hollarda yarim sharnirli oshiq-moshiqlar ishlatiladi.
Sterjeni sharnirlardan olinmaydigan qilib mahkamlangan oshiq-moshiqlar kichikroq
deraza tavaqalari va framugalar, fortochkalar uchun ishlatidadi. Ularni olish uchun
har bir oshiq-moshiqning bitta tavaqasi kesakidan ajratiladi. Tavaqali oshiq-
moshiqlarni tanlashda deraza tavaqasining yoki eshik tavaqalarining o‘lchamlarini
hamdaeshik yon cho‘plarining qalinligini e’tiborga olish kerak. Oshiq-moshiqning
uzala chetidan eshik yoki deraza tavaqasi brusogining yon qirrasigacha bo‘lgan
oraliq (oshiq-moshiqning va brusoklarning o‘lchamlariga qarab) 6-11 mm bo‘lishi
lozim.
Oshiq-moshiq tavaqalarining qing‘ir-qiyshiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oshiq-moshiq tavaqalarini juftlashtirganda yuzalari. bir-biriga yopishib turishi,
oshiq-moshiqning bukilgan joyidagi trubka tavaqaga jips tegib turishi, tavaqa bilan
trubkaning egilgan cheti orasidagi tirqish 0,3 mm dan katta bo‘lmasligi lozim.
Shuruplar qalpog‘i tushib turadigan teshikning cheti to‘g‘ri zenkovka qilingan va
silliq bo‘lishi, shurupning tekis qalpog‘i shu uyaga botib, tavaqa yuzi bilan bir tekis
bo‘lishi lozim. Oshiq-moshiqlar g‘ijillamasdan va liqillamasdan bemalol ochilishi va
83
yopilishi kerak. Oshiq-moshiqlarga qo‘shib beriladigan shuruplar, komplekti alohida
paketga solinadi. Oshiq-moshiqlar pachka qilib bog‘lanib, qalin qog‘ozga o‘raladi
yoki karton qutiga joylanadi.
Olinmaydigan oshiq-moshiqlar deraza romlarini va balkon eshiklari
tavaqalarini osish uchun ishlatiladi. Ularning tavaqalari deraza yoki eshik
tavaqalarining yon cho‘plariga (brusoklariga) va kesaki brusoklariga belgi qo‘yilgan
joyigacha qoqib yurgiziladida, shtiftlar bilan mahkamlanadi, shtiftlar oshiq-moshiq
tavaqasidagi teshikka kirgizilib, tavaqaga nisbatan tik qoqilishi lozim.
21- rasm. Eshik tutqichlari, knopkasimon tutuqichlar va fal.
Odamlar juda ko‘p kirib-chiqib yuradigan jamoatchilik binolarining eshikari
ichkariga va tashqariga ochiladigan bo‘lishi lozim. Shuning uchun bunday eshik
tavaqalari prujinali ikki yoqli oshiq-moshiqlarga osiladi. Eshik bandlari xilma-xil
bo‘ladi. Yuqoridagi rasmda uch xil band ko‘rsatilgan. Ular, yaxlit metalldan
shtamplab za parchinlab, shuningdek metall, yog‘och, shisha, plastmassadan yig‘ma
qilib yasaladi. Tashqaridan kiriladigan, xonadan-xonaga o‘tiladigan va balkon
eshiklari bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: