Gul qog‘ozga qoqiladigan mixlar dumaloq bo‘lib, uzunligi -30 mm,
yo‘g‘onligi 1,4-2,2 mm bo‘ladi. Ular mebel va duradgorlik buyumlariga gulli
materiallar -to‘qima, dermatin, charm qoplash uchun ishlatiladi. Buyumning ustki
yuzasiga ishlatiladigan shaklli mixlarning‘ ustidan qoplangan qo‘shimcha qalpog‘i
bo‘ladi, bu qalpoq jez, bronza yoki tunukadan har xil kattalikda, shaklda, naqshli
qilib yasaladi.
Suvoq mixlarining uzunligi 30-40 mm, yo‘g‘onligi shunga yarasha 1,8 va 2
mm. Ichki pardevorlar va qavatlar. orasidagi yopmalarga ishlatiladigan shitlarga
rezgi taxtalar qoqishda shu mixlardan.foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |