Binokorlik
mixlarining
ko‘ndalang kesimi dumaloq (kamdan-kam
hollardagina kvadrat shaklida bo‘ladi); duradgorlikda bo‘yi 7-90 mm, yo‘g‘onligy
0,7-3,5 mm li mixlar ishlatiladi. Yirik mixlar yelimlab yasalgan va mixlangan
yog‘och binokorlik konstruksiyalarini birlashtirish, shuningdeq, duradgorlik usulida
tayyorlangan pardevorlarni, panellarni, to‘siqlarni joyiga o‘rnatib mixlash uchun
kerakbo‘ladi. Duradgorlik usulida qurilish buyumlari yasaladigan ishxonalarda va
mebelsozlik korxonalarida mixlardan tashqari shpilkalar ,ham ishlatiladi; shpilkalar
qalpoqsiz ingichka mixlar bo‘lib, qoplamalar, raskladkalar, shtabiklarni mahkamlash
uchun qo‘llaniladi. Bu buyumlarning asosiy detallari yelimlab birlashtiriladi, u
kamdan-kam hollardagina shuruplar bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |