Bo‘yoqlar va emallar
Buyoqlar.
Bo‘yoqlar
deb
mayin
maydalangan
pigmentlar
va
to‘ldiruvchilarning parda hosil qiluvchi moddalar eritmalari bilan aralashmasiga
aytiladi. Parda hosil qiluvchi moddaning xiliga qarab bo‘yoqlar yelimli, moyli,
emulsion, emalli va boshqa bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Parda hosil qiluvchi moddalar eritmasiga pigmentlar qo‘shilganda, u
qoplamaga pigmentlar rangiga bog‘liq bo‘ladigan xiralik va rang beradi. Pigmentlar
qoplamalarning boshqa xossalarini ham o‘zgartiradi.
Odatda, bo‘yoqlarning himoya xossalari sof parda hosil qiladigan loklarning
himoya xossalaridan ancha yuqori turadi. Bo‘yoqlarning himoya xossalari anorganik
pigmentlar qo‘shib oshiriladi.
Bo‘yoqlar va ular hosil qilgan qoplamalar qator talablarga javob berishi kerak.
Yaxshi quyiluvchanligi, tez qotishi, yaxshi adgeziyalanishi va tashqi ta’sirlarga
chidamli bo‘lshi kabi xossalardan tashqari, ular ma’lum rangga, qattiq zarralarning
(pigment va to‘ldirgichning) disperslik darajasiga, yuqori darajada berkituvchanlikka
va uzoq vaqt saqlanish kabi xossalarga ham ega bo‘lishi kerak.
Elimli bo‘yoqlar deb oqsilli yelimlar: kazein va glyutin yelimlarining suvdagi
eritmasiga qorilgan pigmentlar aralashmasiga aytiladi. Yelimli bo‘yoqlar ishlatish
joyida tayyorlanadi.
Bu bo‘yoqlar yog‘ochda turg‘un qoplama hosil qilmaydi, shu sababdan ular
keng qo‘llanilmaydi. Yelimli bo‘yoqlardan eng yaxshisi kazein asosida tayyorlangan
bo‘yoq hisoblanadi.
Moyli bo‘yoqlar deb pigmentlarning quriydigan moylardagi aralashmasiga
aytiladi. Quriydigan moylar deb havodagi kislorod bilan oksidlanish natijasida qattiq
va elastik pardalar hosil qila oladigan ba’zi o‘simlik moylariga (zig‘ir, kanop, tunga)
aytiladi. Bo‘yoq tayyorlashda alif eng ko‘p ishlatilaladi.
Moyli bo‘yoqlar juda uzoq vaqt quriydi. Odatda, qoplamalarning 20°С
temperaturada qurish muddati kamida bir sutkaga boradi. Shu sababdan yog‘och
buyumlarni pardozlashda moyli bo‘yoqlardan cheklangan miqdorda foydalaniladi.
74
Qurishni tezlashtirish maqsadida, alif tayyorlash vaqtida uning tarkibiga sivkativlar
qo‘shiladi.
Kimyo sanbati pigmentlarning pastasimon massasidan iborat bo‘lgan quyuq
ezilgan moyli bo‘yoqlar, alifmoyda ezilgan, shuningdek, ish konsistensiyadagi xuddi
shunday alifmoy, skipidar va uayt-spiritda ezilgan, ishlatishga tayyor holatdagi moyli
bo‘yoqlar ishlab chiqaradi; ular qurilishda ko‘proq ishlatiladi.
Umumiy foydalaniladigan quyuq ezilgan moyli bo‘yoqlar guruhiga ruxli,
qo‘rg‘oshinli va litoponli belilalar, qo‘rg‘oshin va rux yashili; sun’iy kinovar; temir
surigi; mo‘miyo, oxra va boshqalar kiradi.
Pigmentning zzilish darajasi nomerlar bilan belgilanadi. Nomer qancha kichik
bo‘lsa, u shuncha mayin tuyilgan va berkituvchan bo‘ladi.
Quruq moddasining tarkibiga ko‘ra bo‘yoqlar markalarga ajratiladi.
Quyuq ezilgan moyli bo‘yoqlar ish qovushoqligigacha alifmoy quyiladi.
Buning uchun zarur bo‘lgan alifmoy miqdori pigmentning xili va mayinligiga bog‘liq
va 1 kg quyuq ezilgan bo‘yoq uchun 0,25 dan 0,4 kg gacha bo‘lishi mumkin.
Qurishini tezlatish uchun suyultirilgan bo‘yoqqa 5-10% cha sikkativ
qo‘shiladi. Quyilishini yaxshilash uchun moyli bo‘yoqlarga skipidar yoki uayt-spirit
qo‘shish mumkin, biroq bular bo‘yoqning qovushoqligini, qoplama mustahkamligini
va uning yaltiroqligini yomonlashtiradi. Moyli bo‘yoqlarning bir qismi (litopon
belilasi, surik, oxra, mo‘miyo) ishlatish uchun tayyor holatda ishlab chiqariladi.
Har xil ranglar hosil qilish uchun ko‘pgina moyli bo‘yoqlarni o‘zaro
aralashtirish mumkin, biroq qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarni oltingugurt birikmali
bo‘yoqlar, masalan, ultramarin, litopon, kinovar bilan aralashtirib bo‘lmaydi.
Emallar. Emallar pigmentlar bilan (plastifikator va sikkativlar qo‘shilgan)
loklarning aralashmasudir, ya’ni emallar pigment qo‘shilgan loklardir. Emallarning
vazifasi yog‘och buyumlarni, shu jumladan, mebellar, derazalar, eshiklar, qishloq
xo‘jalik mashinalarining detallarini, avtomobillarning kuzovlari va kabinalarini,
temir yo‘l vagonlarini, kemalarni xira pardozlashdan iborat.
Emallar yaxshi berkituvchan, pigmentlari mayin tuyilgan, yuzaga yaxshi
quyiladigan, yog‘och yoki gruntovka tarkibi bilan yaxshi adgeziyalanadigan, yetarli
darajada qattiq, elastik, yorug‘likka va suvga chidamli bo‘lishi kerak.
Asosiy parda hosil qiluvchi moddalarning tarkibiga ko‘ra emallar moyli,
spirtli, nitrotsellyulozali, pentaftalli, alkid-stirolli, alkid-mochevinali, poliefirli,
perxlorvinilli. poliuretanli emallarga bo‘linadi.
Moyli emallar moyli loklarning pigmentlar bilan aralashmasidan iborat.
Yog‘och buyumlarni pardozlashda quyidagi guruhdagi emallar ishlatiladi:
moy-gliftalli, sentaftalli, muar, fiksol va emulsion emallar ishlatiladi.
Turli rangdagi moy-gliftalli emallardan bino ichida ishlatiladigan buyumlarni
pardozlashda foydalaniladi. Bu emallar hosil qilgan qoplama yetarli silliq bo‘lmaydi,
20°С temperaturada qurish muddati 48-72 soat.
PF markali pentaftal emallar yog‘li pentaftal loklardan tayyorlanadi. Ular silliq
va elastik, atmosferaga chidamli qoplama hosil qiladi. Qoplama 20°С temperaturada
48 soatda qotadi.
Muar emallari quriganidan keyin murakkab naqsh hosil qiladi. Bu emal oddiy
konstruksiyali buyumlarni pardozlashga mo‘ljallangan. Emallar ish qovushoqligiga
75
uayt-spirit yoki ksilol bilan keltiriladi. 80°С temperaturada qurish muddati 12- 14
soat.
Fiksol emallari tarkibida kamida 40% tung yoki zig‘ir moyi bo‘lgan quyuq
moyli loklardan tayyorlanadi. Fiksol qoplamalari atmosfera ta’siriga juda chidamli va
oynasimon yaltiroq bo‘lishi kerak. Emallar ish qovushoqligiga 33% skipidar va 67%
fiksol loki qo‘shib keltiriladi. Ularning qurish muddati 20°С da 24 soat.
Emulsion emallar lok-moy asosli va organik erituvchilar hamda sikkativlar
qo‘shib tayyorlangan emulsiya bilan pigmentlar suspenziyasidan iborat. Xonalarni
suvoq va yog‘och ustidan ichki pardozlashga mo‘ljallangan. Bu qoplamaning qurish
muddati 20°С temperaturada 24 soat.
Spirtli emallar spirtli lok asosida tayyorlanadi, juda tez quriydi va yaxshi
quyiladi, biroq suv va namga chidamsizligi sababli cheklangan miqdorda ishlatiladi.
Nitrotsellyulozali emallar pigmentlarning nitroloklardagi suspenziyasidan
iborat. Bu emallar tez qotadi, yaxshi quyiladi, berkituvchanligi yetarli, yaltiroq,
mustahkam qoplama hosil qiladi, ular yaxshi jilolanadi va jilvirlanadi.
НЦ-25 nitroemali (ГОСТ 5406-93) oq, och sariq, qizil, qo-ra va boshqa
ranglarda ishlab chiqariladi. U bilan bino ichida ishlatiladigan yog‘och sirtlar
bo‘yaladi. Emal gruntovkalangan yoki shpatlyovkalangan yuzaga purkaladi yoki
quyiladi. Bu emallar ish qovushoqligiga №645, 656 erituvchilari bilan keltiriladi.
Emalning 18-20°С temperaturada qurish muddati 1 soat.
НЦ-132 gliftalli emal (ГОСТ 6631-94) ochiq havoda hamda bino ichidagi
yog‘och buyumlar va detallarning gruntovkalangan sirtini bo‘yashda ishlatiladi. НЦ-
132 emali oq, sariq, ko‘k, qizil, qora va boshqa ranglarda chiqariladi, 18-20°С
temperaturada 3 soatda quriydi.
НЦ-132K emali oldindan shpatlyovkalangan yuzalarga ikki marta cho‘tka
bilan surkaladi, НЦ-132П emali esa purkaladi. Ish qovushoqligiga №649 eritkichi
bilan suyultirib keltiriladi.
Kislotlli qotadigan НЦ-258 nitroemali (ТУ 6-10-1168–87) uch xil – oq, och
yashil rang va pushti ranglarda ishlab chiqariladi. Kislotali qotadigan nitroemallar
tarkibiga qo‘shimcha ravishda qarbamid smolalari, kislotali qotirgichlar qo‘shiladi.
Mebellarni xiraroq bo‘yashda ishlatiladi.
Bu emal sirtga quyiladi yoki purkaladi; ish qovushoqligiga №646 erituvchi
bilan keltiriladi. Qurigandan keyin qoplama jilvirlanadi va jilolanadi. Amaliy qurish
vaqti 1 soat.
НЦ-258 emali mustahkamlik xossalari jihatidan boshqa nitroemallardan ustun
turadi.
Nitrotsellyulozali xira emal НЦ-257 (ТУ 6-10-999–90) fil suyagi rangli yoki
oq rangli bo‘ladi. Mebellarni pardozlashda ishlatiladi. Bu emal oldindan
nitroshpatlevka qatlami bilan qoplangan sirtlarga quyiladi yoki purkaladi.
Suyultiruvchi sifatida №646 erituvchi ishlatiladi. Qoplamalar 18-23
°
С temperaturada
qotadi.
Bu emal mustahkamligi jihatidan НЦ-25 nitroemali asosli qoplamalar
mustahkamligidan qolishmaydigan xira, mayin qoplama hosil qiladi.
Oddiy sharoitlarda 8-12 soatda «changdan» va 24-48 soatda to‘liq quriydigan,
40-50% quruq qoldiqli pentaftal emallari juda keng qo‘llaniladi.
76
Pentaftal emallari yog‘och bilan yaxshi adgeziyalanadi, atmosfera ta’siriga
chidamli va juda elastik, nitroemallarga nisbatan sekin yonuvchan.
Sanoatimiz pentaftal emallarining quyidagi markalarini ПФ-14 (oq, och
sarg‘ish, havo rang, salat rangli); ПФ-15, ПФ-56 (oq); ПФ-57 (och sariq); ПФ-68
(qora) va ПФ-64 (kul rang); ПФ-P5 (ГОСТ 6465—76) turli rangli markalarini ishlab
chiqaradi. Atmosfera ta’sirida bo‘ladigan buyumlarni bo‘yash uchun ishlatiladi.
Alkid-stirol emallari vaqtincha foydalanishga mo‘ljallangan yog‘och
buyumlarni pardozlashda ishlatiladi, chunki bu qoplamalar tezda yemiriladi.
Kul rang va oq rantdagi МС-226 emali (ТУ 6-10-993-90) xonalar ichida
foydalaniladigan yog‘och buyumlarni bo‘yashga mo‘ljallangan.
Bu emal bo‘yoq purkagich bilan yoki cho‘tka bilan ikki qatlam qilib beriladi;
ish qovushoqligiga ksilol yoki solvent qo‘shib keltiriladi. Sikkativ emalga
ishlatishdan oldin emal massasining 2-5 protsenti miqdorida qo‘shiladi. Qoplama
juda yaltiroq va suvga juda chidamli bo‘ladi. To‘liq qurish vaqti 3 soat.
МЧ-13 alkid-mochevina emali (ГОСТ 8785-88) yog‘och tolali plitalarni,
mebellarni pardozlashda ishlatiladi. Parda hosil qiluvchisining tarkibi, suvga, issiqqa
va sovuqqa chidamliligi bo‘yicha nitrotsellyulozali emallardan ustun turadi. МЧ-13
emali olcha rang, sariq, fil suyagiga o‘xshash oq, och sariq, to‘q sariq, havo rang,
to‘q ko‘k, elektrik, barikaram, kul rang, yoqut rang, oqish, sarg‘ish ranglarda ishlab
chiqariladi. qurish muddati 50 minut.
Emal pnevmatik va elektrostatik purkalib, oqim tarzida quyilib, botirib
buyumga yuqtiriladi, ish qovushoqligiga РКБ-1suyultirgichi qo‘shib keltiriladi.
МЧ-13 emali bilan buyumlarni bo‘yayotganda va quritayotganda ko‘zning
yoshlanish pardasiga va nafas olish organlariga ta’sir etuvchi erkin formaldegid
ajralib chiqadi, shu sababdan bunday emal ishlatiladigan uchastkalar so‘rish
ventilyasiyasi bilan jihozlanishi lozim.
Poliefir emallari – poliefir loklarining pigmentlar bilan aralashmasidan iborat.
Dekorativ va mustahkamligi jihatidan ular boshqa emallardan ustun turadi, chunki
ular suvga, yorug‘likka va issiqlikka hamda sovuqqa juda chidamli; juda qattiqligi va
mustahkamligi, juda yaltirab turishi bilan ajralib turadi.
ПЭ-587 emali (МРТУ 6-10-796-89) oshxona mebellarini va boshqa
buyumlarni pardozlashda ishlatiladi. Temperatura 60°С bo‘lganda birinchi qatlami
40-60 min. da, ikkinchi qatlami 180 min. da quriydi. Olti xil rangda ishlab
chiqariladi. Emal purkab yoki quyilib ikki qatlam qilib surkaladi, 5 bunda 18-23°С
temperaturada tutib turish vaqti 20-30 min. bo‘ladi. Emal ish suyuqligiga
(qovushoqligiga) atseton bilan keltiriladi. Tayyor tarkibning ishga yaroqlilik muddati
18 soat. Tarkibida parafin bo‘lgan ПЭ-276 emali (ТУ 6-10-1181-91) mebellarning
sirtini shaffof qilmay jilolash uchun mo‘ljallangan. Emal lok quyish mashinasida
surkaladi, atmosferada quritiladi. Yaxshi jilolanadi va jilvirlanadi. Perxlorvinilli
emallar smolalar va plastifikatorlar qo‘shilgan uchuvchan organik erituvchilar bilan
pigmentlarning perxlorvinil smolasi eritmasi suspenziyasidan iborat. Perxlorvinilli
emallar hosil qilgan qoplamalar kimyoviy reaktivlar tagsiriga ham, atmosfera
ta’siriga ham chidamli. ХВ-1100 perxlorvinil emali (ГОСТ 6993-90) bilan atmosfera
ta’sirida bo‘ladigan yog‘och buyumlar bo‘yaladi. Bu emallar surkaladi. Qurish
muddati kamida 1 soat. Bu emallar oq, sarg‘ish, to‘q sariq, yashil, havo rang, qizil,
77
kul rang, to‘q kul rang, qizil-jigar ranglarda ishlab chiqariladi. Ishlatish oldidan emal
R-4 erituvchi yoki quyidagi tarkabli eritkich: 26% atseton, 62% toluol, 12%
butiladetat bilan suyultiryaladi.
ХВ-244 perxlorvinil emali (МРТУ 6-10-621–86) alkidli smolalar hamda
plastifikatorlarda ezilgan pigmentlar qo‘shilgan perxlorvinil smolalarining organik
erituvchidardagi eritmasidan iborat. Bu emaldan ichki yog‘och sirtlarni pardozlashda
foydalaniladi.
Tashqarida ishlatiladigan yog‘och buyumlarni pardozlash uchun bundan
tashqari, ХВ-124 emali (ГОСТ 10144–94) ishlatiladi. Emal atmosfera sharoitlarida
ishlatiladigan gruntovkalangan yog‘och sirtlarni bo‘yashga mo‘ljallangan. Emal
sirtlarga pnevmatik purkab beriladi.
Poliuretan emallar pigmentlarning poliuretan lokidagi suspenziyasidan iborat.
Poliuretan qoplamalar juda qattiqligi va shu bilan birga elastikligi bilan ajralib turadi.
Ular yedirilishga, suv, issiqlik hamda atmosfera ta’siriga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |