Loklar va polituralar. Loklar deb sirtlarga surkalganda, ma’lum sharoitlar
mavjud bo‘lganida qattiq yaltiroq yoki buyum materiali bilan yaxshi
adgeziyalanadigan xira qoplama hosil qiladigan parda hosil qilgichlarning organik
erituvchilardagi suyuq eritmalariga aytiladi.
Loklarning parda hosil qilish xarakteriga qarab uchib ketadigan eritkichlar
(masalan, spirtli, nitrotsellyulozali) hisobiga parda hosil qiluvchi loklar hamda
polimerlanish
va
polikondrnsatsiyalanish
kimyoviy
reaksiyalari
natijasida
erimaydigan holatga o‘tib (masalan, moyli, poliefirli, mochevina-formaldegidli
loklar) parda hosil qiladigan loklarga ajratiladi.
Lok pardalari buyumni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi, tashqi ko‘rinishini
ko‘rkamlashtiradi, suv o‘tkazmaydigan qiladi.
Elementlar sirtida qalinligi, rangi va yaltiroqligi bir xilda bo‘lgan lok qatlami
hosil bo‘lib, u yog‘och yoki ostki qatlamlardagi gruntovkalar, g‘ovak to‘ldirgichlar
hamda shpatlyovkalar bilan yaxshi adgeziyalangan bo‘lishi kerak.
Loklarning nomlari eritkichlarning nomi bo‘yicha – spirtli yoki parda hosil
qiluvchi moddalar bo‘yicha, masalan, moyli, nitrotsellyulozali, poliefirli, poliuretanli,
perxlorvinilli va hokazo deb ataladi.
Spirtli loklar smolalarning uchuvchan eritkichlardagi eritmasidan iboratdir. Bu
guruh uchun asosiy eritkich etil spirti hisoblanadi. Spirtli loklarning pardalari
69
eritkichning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi va shu spirtda qayta erishi mumkin. Spirtli
loklar cho‘tka yoki tampon bilan surkalganda juda yupqa va yaltiroq, shaffof parda
hosil bo‘ladi, biroq suvga va sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Spirtli loklarning ko‘p
marta surkash zarurligi va mustahkam emasligi ulardan cheklangan miqdorda
foydalanishning asosiy sababidir.
Sanoatimiz spirtli loklarning‘ shellak, kanifol-shellak, kanifol, karbinol
loklarini ishlab chiqaradi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani shellak lokidir.
Mebellar uchun ishlatiladigan shellak spirtli loki (ГОСТ 7573–86) kanifol
qo‘shilgan etil spirtida eritilgan shellakdan iborat. U jigar rang xira suyuqlik. Shellak
loki qoplamasi uzog‘i bilan 2 soatda quriydi. Shellak loki tez quriydigan, qattiq va
elastik parda hosil qiladi, bunday parda yaxshi jilolanadi. Ularning kamchiligiga
suvga va sovuqqa chidamsizlisi kiradi.
Moyli loklar – tabiiy yoki sintetik smolalarning sikkativlar qo‘shib, quriydigan
va chala quriydigan moylarda eritib hosil qilingan eritmasidir. Ularda asosiy
komponent sifatida quriydigan moylar – zig‘ir, kanop, tung moylari, smolalar sifatida
– kanifol, kopallar va gliftal smolalari ishlatiladi; eritkichlar sifatida skipidar, uayt-
spirit, ksilol va h. k. dan foydalaniladi.
Moyli loklar hosil qiladigan parda juda uzoq vaqt (48 soat va undan uzoq)
qurigani sababli qurish muddatini qisqartirnsh uchun lok tarkibiga maxsus moddalar
– sikkativlar (moy massasiga nisbatan 7-10% miqdorida) qo‘shiladi. Moyli loklarga
sikkativlar qo‘shilganda ham ularning qurish muddati nitroloklar yoki shellak
loklarinint qurishiga qaraganda bir necha marta ortiq bo‘lgani uchun yog‘och
buyumlarni pardozlashda nitrolok hamda shellak loklari ko‘praq ishlatiladi.
Moyli loklar sirtlarga cho‘tka, tampon bilan surkaladi yoki purkaladi. Moyli
loklar hosil qilgan pardalar juda elastik, sovuqqa va suvga chidamli bo‘ladi.
Sanoatda moyli loklarning umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan hamda
maxsus xillari ishlab chiqariladi. Yog‘och buyumlarni pardozlashda umumiy
foydallnishga mo‘ljallangan loklar oqish xillaridan 4 s, 15 s, 7 s va to‘q xillaridan 4 t,
5 t va 7 t ko‘proq ishlatiladi. 4 s, 4 t loklarining qurish muddati – 36 soat, 5 s 5 t niki
– 48 soat; 7 s 7 t niki – 24 soat.
Maxsus moyli loklarga №350 (pollarga surkash uchui), №74 (shpatlyovkalar
tayyorlash uchun); №331 «Moroz» (ichki dekorativ ishlar uchun mo‘ljallangai)
loklari kiradi.
Nitrotsellyuloza loklari (nitroloklar) turli markali lok kollloksilin, smolalar va
plastifikatorlarning uchuvchan organik erituvchilardagi aralash eritmasidan iboratdir.
Undan turli duradgorlik buyumlarini pardozlashda keng foydalaiiladi.
Nitroloklarda uchuvchan eritgichlarning bug‘lanib ketishi natijasida hosil
bo‘lgan qoplama ancha mustahkam, turg‘un va elastik bo‘lib, jilolanish xossasiga eta.
Uchuvchan eritkichlar 18-20
o
S da bug‘lanadi, 35-50°С li kamerada quritilganda esa
ancha tez bug‘lanib ketadi.
Nitroloklar quyidagi xillarga ajratilishi mumkin; yaltiroq-sovuq va issiq
holatda suriladi; xira; kislotali qotadigan-shaffof va xira. Shaffof sovuq holatda
suriladigan nitroloklarga НЦ-218, НЦ-221, НЦ-222, НЦ-224 (ГОСТ 4976—86)
kiradi; НЦ-218 lokini yog‘och sirtiga tampon bilan surkash mumkin. Hamma loklar
purkaladi, НЦ-222, НЦ-224 va НЦ-218 loklari aytib o‘tilgan usullardan tashqari,
70
buyum sirtiga quyilishi ham mumkin. Bu loklarning hammasini, НЦ-223 lokidan
tashqari ish qovushoqligigacha yetkazish uchun №646 eritkichida suyultiriladi, №S-
223 loki uchun РМЛ-315 eritkichi ishlatiladi.
НЦ-223 loki issiq holatda suriladigan lok hisoblanadi. Isitish temperaturasi
70°С.
Shaffof nitroloklar yog‘och sirtida yog‘ochning tabiiy rangini va teksturasini
saqlab qolgan holda yaltiroq qoplama xosil qiladi. Shaffof nitroloklarni surkab,
birinchi va ikkinchi kategoriyali qoplamalar hosil qilish mumkin.
Sovuq holatda surkaladigan nitroloklarda ish qovushoqligida parda hosil
qiluvchilar ancha kam miqdorni (17-25%), issiq holatda surkaladigan nitroloklarda
parda hosil qiluvchilar 33-35% ni tashkil etadi. Shuning uchun bir xil qalinlikdagi lok
pardasi hosil qilish uchun sovuq holatda surkaladigan nitrolokdan issiq holatda
surkaladiganga qaraganda ko‘proq marta surkash kerak bo‘ladi.
Sovuq holatda surkaladigan nitroloklar eritkichlar hamda suyultirgichlar
qo‘shib ish qovushoqligiga yetkaziladi.
Lokning tarkibidagi mo‘miyo moddalari hamda mayda donli to‘ldirgichlar xira
qoplamalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Parda hosil qiluvchi moddalarga nisbatan
5-10% miqdorda qo‘shiladigan rux stearat loklarni xiralantiradi, u qizdirganda
xushbo‘y uglevodorodlarda eriydi va soviganda eritmadan chiqib ketadi.
Xiralantiruvchi loklar nitroloklar bilan qoplangan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
oldindan loklanmagan yog‘och sirtiga surkaladi.
НЦ-49 xiralantiruvchi nitroloki kul rang-sarg‘ish rangli, xira, sirtga purkaladi
va sepiladi; ish qovushoqligiga №646 vz 648 erituvchilar yordamida yetkaziladi,
qurish vaqti 10-15 min.
TKM-25/26 va НЦ-243 (ТУ 6-10-1009-90) nitroloklarni och sariq rangli,
birinchisining qurish vaqti 10-15 min, ikkinchisiniki ko‘pi bilan 60 min. TKM=25/26
nitroloki purkaladi va sepiladi, НЦ-243 nitroloki sepiladi. Ish qovushoqligiga
yetkazish uchun №646 va 648 eritkichlaridan foydalaniladi.
Kislotali qotaditan nitroloklar tarkibiga qo‘shimcha ravishda karbamid
smolalar ham qo‘shiladi. Ular nitrolok pardasining sovuqqa, suvga chidamliligi va
kimyoviy turg‘unligini oshiradi, shuningdek, pardalarning temperatura keskin
o‘zgarishiga chidamlilik xossalarini oshiradi. Shu tipdagi ikki xil lok-shaffof НЦ-241
(МРТУ 6-10-946-70) va xiralantiruvchi НЦ-241M (МТРУ 6-10-946-90) loki
yaratilgan. Birinchisining amalda qurish vaqti 1,5 soat, ikkinchisiniki 1 soat. Ular
№646 va РМЛ eritkichlarida suyultiriladi.
НЦ-241 loki yog‘och g‘ovaklari ustida anchagina cho‘kadi, shu sababli undan
mayda g‘ovakli yog‘ochlarni pardozlashda foydalanish tavsiya etiladi. Bu lok oqish
va shaffrf; uni oqlangan sirtlarga, shuningdek, suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan
sirtlarga ham surkash mumkin.
Sanoatda alkid-mochevina loklarining bir necha turlarini: qurilish detallarini
pardozlash uchun МЧ-22; parketlarga purkash uchun МЧ-26; mebellarni pardozlash
uchun МЧ-52 (ТУ 6-10-767-94) ni ishlab chiqariladi. Bu loklar sovuqqa, suvga va
yorug‘lik ta’siriga chidamli qoplama hosil qiladi.
МЧ-22 loki valetslar bilan surkaladi; oynadagi qurish vaqti 5 minut. МЧ-26
loki cho‘tka bilan surkaladi yoki purkaladi; qurish vaqti 3 soat. МЧ-52 loki yuqori
71
kuchlanishli tok elektrik maydonida purkaladi. Birinchi qatlamining qurish vaqti 1
soat, ikkinchisiniki 2 soat.
Poliefir loklari ikki guruhga – parafinli va parafinsiz poliefir loklariga
ajratiladi.
Parafinli loklar poliefir smolalarining stiroldagi to‘yinmagan eritmasidan
iborat. Parda hosil bo‘lish jarayoni to‘yinmagan poliefir smolasi bilan eritkichlar –
stirol orasida bo‘ladigan qo‘shpolimerlanish reaksiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu
holda stirol dastlab poliefir smolalarini eritadi, ksyin esa qattiq lok pardasi tarkibiga
o‘tadi.
Qotish jarayoni katalizator (polimerlanish initsiatori) ishtirokida o‘tadi.
Katalizatorlar sifatida organik perekislar xizmat qiladi. Qo‘shpolimerlanish
jarayonini tezlashtirish uchun lokka tezlatkich – naftenat yoki kobalt linoleat
qo‘shiladi.
Parafin qoplama sirtida yupqa himoya qatlami hosil qilib, stirolning pardadan
bug‘lanib ketishiga to‘sqinlik qiladi va kislorodning parda ostiga kirishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Parafinli poliefir loki ПЭ-246 (ТУ 6-10-791-94) to‘rtta komponentdan
tuzilgan. To‘rtala komponentni aralashtirilgandagi ishga yaroqlilik muddati 18-23°С
temperaturada ko‘pi bilan 30 minut. 18-23°С da qurish muddati ko‘pi bilan 3 soat.
Poliefir loklar sarg‘ish rangli shaffof bir jinsli suyuqlikdir. Lok quyib surkaladi. Bu
lokdan hosil bo‘lgan qoplam yaxshi jilvirlanadi va jilolanadi.
Parafinli poliefir loki ПЭ-265 (ТУ-6-10-1445-94) ish qovushoqligiga atseton
qo‘shib suyultiriladi. 18-23°С temperaturada ikkinchi qatlam surkalganidan keyingi
qotish vaqti 3 soatga cho‘ziladi. Parafinli loklar ham yog‘och sirtiga surkash usulida
beriladi.
Parafinli materiallarning parafinsiz materiallardan afzalligi shundaki, uning
tarkibida parda hosil qilgichlar 95% gacha bo‘ladi va 20-23°С temperaturada quriydi.
Parafinli loklarning kamchiliklari ham bor. Ularni faqat gorizontal
sirtlargagina surkash mumkin, vertikal sirtlarga qalin qatlam qilib surkaganda oqib
ketadi va parafin katlami bilan oqib ketgan uchastka qurimaydi. 18-23°С
temperaturada parafin lok qatlami sirtiga suzib chiqadi va uni kislorod ta’siridan
hamda stirolning bug‘lanib ketishidan hi moya qiladigan yupqa parda hosil qiladi.
Parafinsiz loklar kolloksilin va alkid smolasi qo‘shilgan ikki to‘yinmagan
poliefir smolalarining eritmasidan iborat. Bu holda kolloksilin tiksotrop qo‘shimcha
rolini bajaradi, alkid smolasi esa lokning yog‘och bilan adgeziyasini oshiradi.
Bu loklar to‘yinmagan poliefir smolalarining qo‘shpolimerlanish reaksiyasi
natijasida va lok tarkibiga kolloksilin va alkid smolasining erishi uchun qo‘shilgan
eritkichlarning qisman bug‘lanishi natijasida qotadi.
Tarkibida parafinning bo‘lmasligi lok surkashni osonlashtiradi, chunki parafin
qatlamini jilvirlashda hamda lokni surkash vaqtidagi qat’iy temperatura rejimni
saqlashga xojat qolmaydi. Ammo parafinsiz loklar mustahkamligi va dekorativ
sifatlari jihatidan parafinli loklardan keyingi o‘rinda turadi.
Sanoatda parafinsiz poliefir smolalarining bir necha markasi ishlab chiqariladi.
ПЭ-220 poliefirmaleinat loki (ГОСТ 5495—90) issiq holatda quriydi. Bu lok
ikki marta qayta surkaladi. Birinchi surkash bilan ikkinchi surkash orasidagi vaqt 20-
72
30 minut. Lok surkagandan 24 soat o‘tgach jilvirlanadi. Lok purkaladi, shuningdek,
lok surkash mashinalarida surkaladi. Lok surkab bo‘lingach, yuqori temperaturali
kamerada quritiladi.
ПЭ-247 qora poliefirmaleinat loki (ТУ 6-10-987—90) kora rangli, havoda
quritiladi, ikki qatlam qilib surkaladi. Birinchi surkash bilan ikkinchi surkash
orasidagi muddat 20-30 min. 20-25°С temperaturada 12 soat davomida quriydi.
Jilvirlash oldidan tutib turish muddati 24 soat. U lok surkash mashinasida surkaladi.
ПЭ-232 parafinsiz poliefir loki (ГОСТ 5495-90) ikki qatlam qilib surkaladi,
qatlamlarni surkashlar orasidagi muddat 20-30 minut. 20-25°С temperaturada 10 soat
davomida quriydi. Jilvirlash oldidan tutib turish muddati 24 soat. Lok purkab yoki
quyib surkaladi.
ПЭ-251 «A» va ПЭ-251 «B» parafinsiz poliefir loklari (ТУ OP-388-92) efir,
kolloksilin, alkid smolasi va tezlatkich qo‘shib stirolda eritilgan to‘yinmagan poliefir
smolasi eritmasidan iborat.
ПЭ-251 «A» lokida eritkichlar sifatida atseton va siklogeksanon, ПЭ-251 «B»
lokida metilizobutilketon va siklogeksanon bo‘ladi. ПЭ-251 «A» lokini ish
qovushoqligiga keltirish uchun Р-251A eritkichidan, ПЭ-251 «B» loki uchun Р-251Б
eritkichidan foydalaniladi. Lok pardasi 70°С temperaturada quritiladi.
Poliuretan loklari iitroloklarga nisbatan yeyilish va yedirilishga bir necha
marta katta qarshilik ko‘rsatadigan qattiq elastik parda hosil qiladi. Poliuretan loklari
atmosfera ta’siriga chidamli va dielektrik xossalarga ega. Bu loklar buyumga
quyiladi va pnevmatik usulda purkaladi.
Perxlorvinil loklari perxlorvinil smolalar asosida tayyorlanadi. Ularning
konsentratsiyasi uncha ko‘p emas (20% gacha), atmosfera va kimyoviy ta’sirlarga
chidamli qatlamlar hosil qiladi, ularni pardozlash pardalari sal yaltiraydi. Bu loklar
turg‘un emallar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |