Gruntovkalar, g’ovakto’ldirgichlar va shpatlevkalar. Loklar va polituralar.
hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Gruntovkalarni surkash jarayoni gruntovkalash
65
deyiladi. Gruntovkalar yog‘och ustki qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi,
yog‘ochning o‘zini hamda g‘ovaklarini to‘ldirib, asos bilan va keyingi lok
qoplamalar bilan yuqori adgeziyani ta’minlaydi.
Gruntovka tarkiblari smola eritmalari, nitrotsellyuloza va plastifikatorlarning
eritgichlar bilan aralashmasidan iborat.
Gruntovka tarkibi yog‘och sirtiga odatdagi usullarda (purkab, sepib, tampon va
cho‘tka bilan) oson surkalishi, tezda qurishi, osongina jilvirlanishi lozim. Suyuq
loklar surkalganda esa erimaydigan bo‘lishi kerak.
Duradgorlik va bo‘yoqchilik gruntovkalari bo‘ladi.
Duradgorlik gruntovkalari — yog‘och teksturasini ko‘rsatmaydigan (shaffof)
lok-bo‘yoq qoplamalar ostidan yog‘ochga surkaladigan tarkib.
Shaffof qoplamalar ostiga surkaladigan gruntovkalar rangsiz yoki bo‘yalgan
bo‘lishi mumkin. Ular tarkibiga parda hosil qilgichlar sifatida smolalar (karbamid va
boshqa), yelimlar, alifmoylar; to‘ldirgichlar sifatida pemza, kaolin, talk, trepel, bo‘r,
kraxmal, shisha yoki yog‘och uni; eritgich va suyultirgichlar sifatida — skipidar,
uayt-spirit, suv va boshqalar; plastifikatorlar sifatida vazelin moyi, glitserin; yog‘och
tusiga o‘xshatib bo‘yash uchun bo‘yovchi sifatida gumin va sintetik bo‘yoqlar
qo‘shiladi.
Yog‘ochni shaffof qilib pardozlash uchun quyidagi duradgorlik gruntovkalari
ishlab chiqariladi:
НЦ-48 nitrotsellyuloza gruntovkasi nitrotsel-lyuloza loki bilan bo‘yaladigan
yuzalarni gruntovkalash uchun ishlatiladi; purkash metodi bilan surkaladi.
НЦ-0127 nitrotsellyuloza gruntovkasi (fon grunti) poliefir shpatlyovkasi bilan
ishlov berilgan yog‘och-qirindili plitalarni qimmatbaho yog‘ochga o‘xshatib
pardozlashda ishlatiladi.
НЦ-0140 nitrotsellyuloza gruntovkasi (porenbeys) randalangan shponlar bilan
qoplangan yuzalarning sirtlariga ton berishda foydalaniladi. Bu gruntovka valetsli
jihozlarda surkaladi.
Yong‘oq yog‘ochiga o‘xshaydigan kazeinli gruntovka turli loklar bilan
bo‘yaladigan yuzalarni gruntovkalashda foydalaniladi. Bu gruntovka sirtga cho‘tka
yoki pulverizator bilan beriladi.
№238 kanifol-kazeingruntovka nitrolok bilan bo‘yaladigan yuzalarni
gruntov.kalashda ishlatiladi. Ish qovushoqligiga yetkazish uchun suv qo‘shiladi.
Gruntovka rangsiz va yong‘oqqa, qizil daraxt yog‘ochiga, dubga o‘xshatib bo‘yalgan
bo‘lishi mumkin. U tampon bilan surkalib, keyin xurushlanadi.
ПЭ-0129 poliefir gruktovkasi juda tez qotadi. Bu gruntovka lok surkalishidan
oldin, randalangan shpon bilan qoplangan mebelning shit detallarini gruntovkalashga
mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan, sanoatda ishlab chiqariladigan gruntovkalardan
tashqari, ko‘pgina boshqa gruntovkalar ham mavjud. Quyida ulardan eng ko‘p
ishlatiladiganlari keltirilgan:
SNIIMOD-54 gruntovkasi mayda g‘ovakli daraxt yog‘ochini gruntovkalashga
mo‘ljallangan, pulverizatrr bilan purkaladi yoki tampon bilan surkaladi. Bo‘yalgan
syrt hosil qilish uchun yelim eritmasiga suvli bo‘yoq qo‘shiladi. Gruntovkaning
kamchiligi – u surkalgan yog‘ochning bir oz shishishidir.
66
ГМ-11, ГМ-12 gruntovkalari yog‘och qillarini ko‘tarmaydi va qurigandan
keyin silliqlashga hojat qolmaydi, yog‘och teksturasini ko‘rsatmaydi; nitrolok ostidan
surkaladi. Bu gruntovka tampon yoki valetslar bilan surkaladi.
ГМ-22 gruntovka emulsiyasi mayda va yirik g‘ovakli yonochlarga
nitrotsellyuloza loklar bilan chloklashdan oldin surkaladi; rangsiz, shuningdek, anilin
bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. U yuzaga purkab yoki tampon bilan
mexanizatsiyalashgan usulda surkalishi mumkin. U yog‘och teksturasini
ko‘rsatmaydi, quriganidan keyin silliqlashni talab qilmaydi, uni tayyorlash oson.
НК nitrokarbamid gruntovka nitrotsellyuloza loklari ostidan surkashga
mo‘ljallangan bo‘lib, yog‘och va lok bilan yaxshi adgeziyalanadi, yog‘ochni
shishirmaydi, yog‘ochning teksturasini yaxshi bilintirib turadi. Bunday gruntovka
ikki xil ko‘rinishda: mayda g‘ovakli daraxt yog‘ochlari yuzlarini tayyorlash, uchun
va yog‘och-qirindili plitalarga nitroloklar surkashdan oldin berish uchun ishlab
chiqariladi. Uni quyib, purkab, valetslar yoki tampon bilan surkab gruntovkalash
mumkin. Bunday grunt bilan gruntovka qilingan yuzalarni grunt quriganidan keyin
silliqlash lozim.
Yuksak kuchlanishli tok elektrostatik maydonida nitroloklar va kislotali loklar
bilan pardozlanadigan detal va buyumlarga purkash uchun elektr o‘tgkazadigan
gruntovkalarning turli tarkiblari, masalan, УкрНИИМОД-Е gruntovkasi (ТУ 13-02-
6-87) ishlatiladi. Elektr o‘tkazadigan gruntovkalar, odatda, ishlatiladigan joyning
o‘zida polivinilatsetat emulsiya asosida tayyorlanadi.
Bo‘yoqchilik gruntovkalari – tiniqmas lok-bo‘yoq qoplamalardan oldin sirtga
surkaladigan gruntovka tarkiblardir.
Bo‘yoqchilik gruntovkalari tarkibida yog‘och strukturasini berkitib
yuboradigan komponentlar ham bo‘lishi mumkin. Ular pigmentlar, to‘ldirgichlar
(yoki ularsiz), parda hosil qiluvchi moddalar hamda eritkichlardan iborat bo‘ladi.
Pigmentlar sifatida ohra, mumiyo, temir surikidai foydalaniladi. Yelimlar,
alifmoylar, smolalar, loklar parda hosil qiluvchi moddalar hisoblanadi. Bo‘yoqchilik
gruntovkalari moyli bo‘yoqlar va nitroemallar bilan bo‘yashdan oldin ishlatiladi.
Yelimli, kazeinli, kanifol-kazeinli gruntovkalar moyli va lokli gruntovkalardan
chidamsizroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: