Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

Karbamid  yelimlar.  Karbamid-formaldegid  smolalari  va  yelimlari.  Yeg‘och 

ishlash sanoatida karbamid-formaldegidli (karbamidli) yopishtiruvchi moddalar keng 

qo‘llaniladi. Ular yuqori adgeziyaga ega, yelimli birikmalarning suvga chidamliligini 

va yetarli darajada ta’minlaydi, rangsiz yelimli choklar hosil qiladi. 

МФ-17  yelimining  asosini  МФ-17  markali  karbamid-formaldegid  smolasi 

(ТУ-6-05-10–75)  tashkil  qiladi.  Qotish  jarayonini  tezlashtirish  maqsadida  smolaga 

ammoniy  xloridning  50%  li  eritmasidan  ammoniy  massasi  bo‘yicha  1–1,2  hissa 

miqdorida  (issiq  holatda  yelimlash  uchun)  yoki  massa  bo‘yicha  5–28  hissa  shavel 

kislotasining 10% li eritmasi (sovuq holatda yelimlash uchun) qo‘shiladi, to‘ldirgich 

sifatida  yog‘och  uni  nshlatiladi.  МФ-17  va  МФ  yelimlari  detallarni  pardozlash  va 

mebel uzellarini yelimlab yopishtirishda ishlatiladi. 

M-60  yelimi  M-60  smolasi  asosida  tayyorlanadn  (МРТ  13-06-5–67).  Bu 

yelimning  ikkita  modifikatsiyasi  mavjud:.oddiy  yelimlash  hamda  tez  yelimlash 

uchun. Mebelsozlik sanoatida keyinti modifikatsiyadagi yelim ko‘proq ishlatiladi. M-

60 yelimining asosiy kamchiligi ishga yaroqliligining cheklanganligidir. 

M-70  yelimi  xuddi  shu  nomdagi  smola  (МРТУ  13-06-9–67)  asosida 

tayyorlanadi.  Bu  yelim  mebelsozlik  sanoatida  egib  yelimlanaditai  bloklarni  tezda 

yelimlashda  hamda  mebel  shit  elementlarini  pardozlashda  foydalaniladi.  M-70 

yeliminigg  eng  muhim  kamchiligi  uning  juda  zaharligi  va  ishga  yaroqliligining 

qisqaligi (ko‘pi bilan 2 soat) hisoblanadi. 

M-19-62  va  УКС  smolalari  (ГОСТ  14231-69)  xuddi  shu  nomdagi  yelimlar 

uchun  asos  hisoblanadi.  Bu  yelimlar  uncha  zaharli  emas,  ishga  yaroqliligi  ham 

ueoqroq (24 soatgacha), reaksiyaga kirishish xossasi qoniqarli. УКС smolasi asosida 

ishlangai yelimlar duradgorlik buyumlari – deraza va eshik bloklarini yopishtirishda 

ishlatiladi. 




 

53 


СФК-70  smolasi  asosida  (ТУ  13-197–74)  yuqori  qovushoqligi  bilan  ajralib 

turadigan  СФК-70  yelimi  ishlab  chiqariladi.  Bu  yelimning  asosiy  vazifasi  bir 

prolyotli  presslarda  shit  elementlarini  tez  pardozdashga  mo‘ljallangan.  Yelimni  shit 

qirralarini pardozlashda ham ishlatish mumkin. Karbamid-formaldegid yelimlarining 

saqlash muddati 2 dan 3 oygacha, qotish vaqti 20 dan 120 sekundgacha. 

Mebel  va  duradgorlik  buyumalari  ishlab  chiqarish  korxonalarida  yuqorida 

bayon  etilgan  yelimlardan  tashqari,  yelimlash  materiallarini  tejash  maqsadida 

ko‘piklanadigan karbamidli yelimlardan foydalaniladi. Ozgina bo‘lsa ham yelimdagi 

ko‘pik  yelim  eritmasi  zichligini  kamaytiradi,  shu  sababdan  surkaladigan  yelim 

qatlami yupqalashadi, bu esa yelimning yuza qatlaminiig oqib chiqishini kamaytiradi. 

Melamin-karbamid-formaldegid  asosli  smola  va  yelimlar.  Bu  tipdagi 

smolalarning  suv,  issiqlik  va  kimyoviy  ta’sirlarga  chidamliligi  oddiy  karbamid 

smolalaridan  ustun  turadi,  bunga  sabab  melaminning  o‘ziga  xos  tuzilishga  ega 

bo‘lganligidir.  Melamin  juda  qimmat  turganligi  sababli  uni  ancha  arzon 

hisoblanadigai ximikat - karbamid bilan almashtiriladi. 

MMС  smolasi  oq-qul  rang  bir  jinsli  siropsimoi  suyuqlik  (texnik  melamin 

asosdagi)  yoki  sarg‘ish  tusli  shaffof  (qayta  kristallangan  melamin  asosida)  bir  jinsli 

siropsimon  suyuqlik  karbamid,  melamin  hamda  formalin  (37%  li  eritmasi)  dan 

tuzilgan.  Uning  ishga  yaroqliligi  6  soat,  saqlash  muddati  3–4  oy.  Bu  smola  sovuq 

suvda erimaydi va qaynoq suvda aralashtirib turilganda yaxshi eriydi. MMS smolasi 

yog‘och  materiallarni,  mebel  uzellarini  issiq  presslab  yopishtirishda,  yuksak 

chastotali  tok  maydonida  qizdiriladigan  yog‘ochdan  ishlanadigan  qurilish 

materiallarini,  shuningdek,  suv,  issiqlnk  hamda  yorug‘lik  ta’siriga  chidamliligiga 

yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa yog‘ochlarni yopishtirishda ishlatiladi. 

MMФ  smolasi  oqdan  och  jigar  ranggacha  bo‘lgan  yarim  shaffof  suyuqlikdir. 

Saqlash  muddati  6  oy.  U  bilan  yog‘och  materiallar  isitib  hamda  normal 

temperaturada  ham  yopishtiriladi.  Qotirgich  sifatida  fosfor  kislotasining  20%  li 

eritmasi ishlatiladi. Bu yelimning ishga yaroqliligi 3– 4 soat. 




Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish