Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

3.2. Yog’och tolali plita. 

Bunday  plitalar  maydalab  tolalarga  ajratilgan  yog‘ochdan  presslab  yasaladi. 

Ingichka  yog‘och  tolalarini  yuqori  temperaturada  katta  bosim  bilan  presslab,  hamma 

tomoni  bir  xilda  pishiq bo‘lgan bir jinsli material hosil qilinadi. Pushtaxtalar,  yog‘och 

taxta  qiyqimlari,  payrahalar,  qirindilar  hamda  o‘tin,  yog‘och  chiqindilari,  sellyuloza-

qog‘oz va oshlash-ekstrakg korxonalarining chiqindilari ana shunday plitalar uchun xom 

ashyo  -hisoblanadi.  Bunday  plitalar  uchun  zig‘irpoya,  nashapoya  to‘ponini  va  shakar 

qamishi qoldig‘ini ishlatsa ham bo‘ladi. 

Keyingi  vaqtlarda  bunday  plitalar  gidroliz  zavodlari  chiqindilaridan,  chunonchi, 

lignindan yasalmoqda (lignin-tolali plitalar). 

Plita yasash asosan quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: yog‘och qoldiqlarini qirqish 

mashinasida  maydalash;  hosil  bo‘lgan  payrahalarni  o‘yuvchi  natriyning  1-2  protsentli 

eritmasiga solib qo‘yish, so‘ngra issiq suvda chayish, chayilgan payrahalarni defibrer 

mashinalarda  (ba’zan  maxsus  tegirmonda)  ishqalab  yoki  bolg‘ali  maydalash 

mashinasida  maydalab,  tolasimon  holga  keltirish;  hosil  bo‘lgan  massaga  parafinli 

emulsiya  (gigroskopikligini  kamaytirish  uchun),  antiseptik  va  o‘tdan  himoyalovchi 

suyuqliklar  (antipirenlar),  o‘ta  qattiq  plitalarga  esa  sintetik  smolalar  ham  singdirish; 

hosil  bo‘lgan  massani  qolipga  solib,  150-  165°  temperaturada  10  -  50  kg/sm



2

  bosimda 

presslanadi,  bosim  kuchi  plitaning  talab  qilingan  zichligiga  qarab  keragicha 

o‘zgartiriladi. 



 

34 


Qanday  zichlikda  presslanganligiga  qarab,  plitalar  o‘ta  qattiq,  qattiq,  bir  oz 

qattiq izolyasiya-pardozbop va izolyasiya plitalariga  ajratiladi.  O‘ta  qattiq  plitalarning 

hajmiy  og‘irliga  950  kg/m

3

,  qattiq  plitalarniki  -  400  kg/m

3

,  izolyasiya-pardozbop 

plitalarniki - 250-350 kg/m



3

 va izolyasiya plitalariniki  250  kg/m

3

  dan  kam  bo‘lmasligi 

kerak. 


O‘ta qattiq, qattiq va bir oz qattiq plitalarning namligi 6-10% bo‘lishi, izolyasiya-

pardozbop plitalar bilan izolyasiya plitalariniki esa 12% dan oshmasligi kerak. 

Plitalarning uzunligi 1200-3600 mm, eni 1200 va 1600 mm; o‘ta qattiq plitalarning 

qalinligi 3 va 4 mm, qattiq plitalarniki - 3, 4, 5 va 6 mm, bir oz qattiq plitalarniki - 4, 5, 6 

va 8 mm, izolyasiya pardozbop plitalarniki - 8, 12, 5 va 20 mm, izolyasiya plitalariniki 12, 

5, 16 va 25 mm. 

Plitalarning o‘lchamidan yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar: o‘ta qattiq va qattiq 

plitalarning  qalin  ligida  ±0,3  mm,  bir  oz  qattiq  va  izolyasiya-pardozbop  pli-talarning 

qalinligida  ±0,7  mm,  izolyasion  plitalarining  qalinligida  ±1  mm,  uzunligi  va  enida  ±5 

mm 

Plita qalinligini qirrasidan kamida 25 mm qochirib olti joyidan o‘lchash kerak: 

har  bir  ko‘ndalang  qirrasi  o‘rtasidan  va  har  bir  bo‘ylama  qirrasi  ikki  joyidan 

o‘lchanadi; shu bilan birga, bo‘ylama qirraning o‘lchanadigan joylari oralig‘i plitaning 

1/3 uzunligiga yaqin bo‘lishi lozim. Hamma plitalar to‘g‘ri burchak shaklida, qirralari 

to‘g‘ri chiziqli va ustki yuzasiga perpendikulyar.bo‘lishi kerak. 

O‘ta qattiq va qattiq plitalarning ustki yuzasi silliq va moy dog‘larisiz bo‘lishi 

lozim.  Bir  oz  qattiq  plitalar  bilan  izolyasiya-pardozbop  plitalarning  ustki  yuzasida 

to‘r  izlari  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yiladi.  Plitalarning  ichki  qavatlari  ko‘ymagan,  puxta 

presslangan,  qirralari  shikastlanmagan,  burchaklari  sinmagan  (uchmagan)  bo‘lishi 

lozim. 

Yog‘och tolalardan yasalgan plitalar, devorlar, pardevorlar, to‘siqlar, eshiklar 

qurish  va  ularni  padozlashda  qo‘llaniladi,  shiplarga  hamda  passajir  vagonlari  va 

izotermik vagonlar, boshqa binolarga ishlatiladi. Qalinligi 10 mm keladigan yog‘och-

tolali slitalardan qurilgan devorlar issiqlik o‘tkazmasligiligi jihatidan 30 mm li yog‘och 

devor va 150-170 mm li g‘isht o‘rnini bosadi. 

Binolarning  ichini  bezash  uchun  ishlatiladigan  yeg‘och  tolali  plitalar  qoplama 

plita deb ataladi. 

Qattiq, bir oz qattiq va pardoz-konstruksion plitalardan mebellar uchun shitlar va 

boshqa detallar yasaladi. 

Har bir plitaning orqa tomoniga zavodning nomi, plitaning turi, o‘lchami yozilgan 

va OTK shtampi qo‘yilgan bo‘lishi lozim, 

Plitalar  pachka  qilib  taxlanadi  va  chetlariga  taxtalar qo‘yib, po‘lat tasma  yoki 

arqonlar  bilan  bog‘lanadi.  Bir  oz  qattiq  plitalar,  izolyasiya-pardozbop  plitalar  hamda 

izolyasiya plitalari yog‘och panjaralar ichiga olib bog‘langani ma’qul. 

Plitalar quruq binolarda saqlanishi lozim. 

Uylarning,  jamoat  va  ishlab  chiqarish  binolarining  pollariga  ishlatiladigan 

yog‘och-tolali  o‘ta  qattiq  plitalar  sanoatda  quyidagi  o‘lchamlarda  ishlab  chiqariladi: 

uzunligi  1200  dan  5400  mm  gacha,  eni  1200,  1600  va  1800  mm



g

  qalinligi  3  va  4  mm 

(uzunligi  va  enida  ±5  mm,  qalinligida  ±0,3  mm  dopusk  qoldiriladi),  Bu  plitalar 

yasaladigan  yog‘och  massaga  suvga  chidamli  sintetik  smolalar  shimdiriladi.  Boshqa 



 

35 


maqsadda  ishlatiladigan  o‘ta  qattiq  plitalarga  qanday  texnik  talablar  qo‘yilsa  bu 

plitalarga ham shu talablar qo‘yiladi. Bu plitalarning ustki yuzi qanday rangda bo‘lsa, 

butun qalinligicha shu rangda bo‘lishi yoki gruntovka qoplanishi lozim. 

Sanoatda  pollarga  ishlatiladigan  yog‘och-tolali  o‘ta  qattiq  parket  plitalarining 

yon  chetlari  to‘g‘ri  xillari  ham,  yon  chetlari  ariqchali  va  chiqiqli  xillari  ham  ishlab 

chiqariladi.  Parket  plitalari  butun  qalinligicha  bo‘yalishi  shart  (gruntovka  qoplashga 

yo‘l qo‘yilmaydi). Plitalarning o‘lchamlari: 200x200 mm, 300x300 mm, 400x400 mm 

va 600x600 mm; qalinligi 4 mm; barcha o‘lchamlariga ±0,3 mm dan dopusk qoldirilgan. 

Sanoatda  yog‘och  tolalaridan  yasalgan  rangli  qattiq  plitalarni  uylar  va  jamoat 

binolarining  ichki  devorlariga  qoplash  uchun  ishlab  chiqaradi.  Bu  xil  plitalarning  bir 

tomoni emallangan bo‘ladi. 

Rangli plitalar ikki xilda ishlab chiqariladi: A - sirti xira plita; B - sirti yaltiroq 

plita.  A  tipidagi  plitalar  СЭМ  markali  emulsion  bo‘yoqlar  bilan,  B  tipidagi  plitalar 

karbamid-melamin-formaldegid emallari bilan bo‘yaladi. 

Rangli  plitalarning  uzunligi  1800,  2200,  2500  va  2700  mm,  eni  1000,  1600  va 

1800  mm,  qalinligi  3,5  mm;  uzunligi  va  enidan  ±5  mm;  qalinligidan  ±0,3  mm  chetga 

chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 

Rangli plitaning  yuzi bir tusda, silliq, tirnalmagan,  chizilmagan,  pachoqlanmagan 

va tekis, moy dog‘larisiz, suv va yorug‘lik ta’sir etmaydigan bo‘lishi lozim. 

Plitaning ustki yuzi to‘g‘ri burchakli yoki kvadrat shaklli plitanikiga o‘xshash 

bo‘lishi mumkin. 

Plitalarning  sirti  ko‘pincha  naqshli  qog‘oz  qistirmasi  bo‘lgan  sintetik  smola 

pardasi yopishtirib, qimmatli yog‘ochlar teksturasiga va rangiga o‘xshatib pardozlanadi. 

Shitdan eshiklar, panellar yasashda, duradgorlik usulida, pardevorlar qurishda hamda 

mebelsozlik korxonalarida ana shunday qoplamali plitalardan foydalaniladi. 

Plita  ustki  (o‘ng)  tomonining  qirralari,  qovurg‘asining  zihlari  shikastlanmagan, 

burchaklari uchmagan va ezilmagan, ichki qatlami ajrab ketmagan bo‘lishi lozim. 

Rangli  plitalarni  markalash,  tashish  va  saqlash  tartibi  rangsiz  plitalarnikidan 

farq  qilmaydi.  Plitalar  paketga  aylanadi,  har  bir  paketda  bir xil o‘lchamli  ikkita plita 

bo‘ladi, ularning orasiga qog‘oz qo‘yib, o‘ng tomonlari bilan ustma-ust taxlanadi. 




Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish