shuningdek, yaltiroq qoplam surkashdan oldin, gruntovkalar snngari lok-bo‘yoq
qoplamaning ostki qatlamini hosil qiladigan tarkibga g‘ovak to‘ldirgichlar deyiladi.
qilinmagan sirtlarga surkaladi. G‘ovak to‘ldirgichlar qatlami lok-bo‘yoq materiallari
sarfini kamaytiradi va buyumdan foydalanish davrida qoplamalarning yog‘och
G‘ovak to‘ldirgichlar odatda suyuq qism (parda hosil qiluvchilar, sikkativ va
yog‘ochning teksturasini ko‘rsatishga mo‘ljallangan, u g‘ovak to‘ldirgichni elastik
67
To‘ldirgich ma’lum disperslikka ega bo‘lishi kerak: yirik donli bo‘lsa,
g‘ovaklari yomon to‘ldiradi va ko‘p cho‘kadi.
G‘ovak to‘ldirgichlar yog‘och g‘ovaklariga shaybasi yoki tamponi bo‘lgan
yassi jilolash dastgohlarida va dastaki usulda tampon yoki shpatel bilan surkaladi.
G‘ovak to‘ldirgichlar yog‘och teksturasini bildirib turadi, shuning uchun ularni
ortiqchasini olib tashlash va ustini artish kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning eng muhim xossalaridan biri uningsuspenziyasining
turg‘unligidir. G‘ovak to‘ldirgichlarni uzoq vaqt saqlaganda zich, qiyin aralashadigan
(g‘ovak to‘ldirgichlar qatlamlanadi) qoldiq paydo bo‘ladi, shu sababdan ular oz
miqdorda tayyorlanadi. G‘ovak to‘ldirgichlar, asosan ikki komponent tarzida – parda
hosil qiluvchi eritma hamda to‘ldirgich ko‘rinishida keltiriladi. Komponentlar
ishlatish oldidan aralashtiriladi.
G‘ovak to‘ldirgichlar rangsiz va bo‘yoq qo‘shilgan bo‘lishi mumkin. КФ-1,
КФ-2, ПМ-11, ЛК g‘ovak to‘ldirgichlari eng ko‘p ishlatiladi.
КФ-1 g‘ovak to‘ldirgichi (ТУ 6-10-980-90) kanifol efiri bilan zig‘ir moyining
aralashmasidan iborat. Sirtga K-1 g‘ovak to‘ldyrgichi surkalganidan keyin uni
jilvirlashga hojat qolmaydi, chunki uning tarkibidagi eritkichlar yog‘och tolalarini
shishirmaydi; u yorug‘lik ta’siriga chidamli va yog‘och hamda nitroloklar bilan
yaxshi adgeziyalanadi. G‘ovak to‘ldirgichlarning asosiy kamchiligi quruq
qoldig‘ining ko‘pligidir (g‘ovak to‘ldirgich quriganda ko‘p cho‘kadi).
КФ-2 g‘ovakto‘ldirgichi (ТУ 13-08-05-87) bir xil jynsli pasta bo‘lib, juda
yaxshi g‘ovak to‘ldirish xossasiga ega, chunki uning tarkibida КФ-1 g‘ovak
to‘ldirgichda bo‘lgan mineral qo‘shimcha yo‘q va unga nisbatan kamroq
qatlamlanadi (uzoq vaqt saqlanganda).
ЛК g‘ovak to‘ldirgichi pastasimon suspenziyadan iborat. G‘ovak to‘ldirgich
quriganidan keyin yog‘och tuklari zichlashib, yopishib qoladi va jilvirlashga hojat
qolmaydi. Bunday g‘ovak to‘ldirgichning ishga yaroqlilik muddati cheklanmagan.
Lok hamda yog‘och bilan yaxshi adgeziyalanadi, cho‘kmaydi, ЛК g‘ovak
to‘ldirgichining kamchiligi – sikkativlar tarkibiga kiradigan qo‘rg‘oshinli birikmalari
bo‘lgani uchun juda zaharli va saqlash vaqtida qatlamlanib qoladi.
ТБМ g‘ovak to‘ldirgichi (ТУ 13-78-91) kanifol, efiri, kanifol, oksiterpen
smolasi, solvent fraksiyasidagi sintetik moy kislotalari, shisha uni va kaolin
aralashmasidan iborat. U randalab silliqlangan shponlarga surtiladi. Shumtol va eman
yog‘ochiga TБM-1, qizil daraxtga TБM-3, yoig‘oq-qa TБM-4 g‘ovak to‘ldirgichi
surtiladi. G‘ovak to‘ldirgichga bo‘yoq qo‘shish mumkin yoki g‘ovak to‘ldirgich
surkalgan sirtga bo‘yoq eritmasini surkab rangini o‘zgartirsa ham bo‘ladi. Bu g‘ovak
to‘ldirgich yog‘och strukturasini bilintirmaydi va qatlamlanmaydi, yuksak darajada
g‘ovak to‘ldirish xossasiga ega. TБM-1 g‘ovak to‘ldirgichi fizik-mexanik xossalariga
ko‘ra КФ-1 va ЛК g‘ovak to‘ldirgichlaridan ustun turadi va КФ-2 g‘ovak
to‘ldirgichiga mos keladi. Uning yuqorida aytib o‘tilgan g‘ovak to‘ldirgichlardan
afzalliklariga tarkibida kamyob o‘simlik moylarining yo‘qligi, kamchiligi esa
hidining yoqimsizligi.
Yuqorida aytib o‘tilgan g‘ovak to‘ldirgichlar nitrotsellyuloza va alkidli loklar,
kislotali qotadigan loklar va boshqalardan oldin surkaladi. Ularni poliefir loklaridan