Alkid-stirol smolalar skipidarda, uayt-spiritda eriydi. Tarkibidagi stirolning
miqdoriga qarab alkid-stirol smolalar turli xossalarga ega bo‘ladi. Stirol miqdori
ortishi bilan qurish tezligi hamda ular qoplamalarining suvga chidamliligi ortadi.
Tarkibida 10% stirol bo‘lgan smolalardan xona ichini bo‘yashda, shuningdek,
gruntovkalarda bog‘lovchi sifatida foydalanish mumkin. Tarkibida 30% dan ortiq
stirol bo‘lgan smolalar tashqi qoplamalar uchun ishlatiladi. Ulardan ish
qovushoqligidagi lok va emallar tayyorlanganda quruq qoldiq prrsenti yuqori (lokda
40% gacha) bo‘ladi, 18-20°С temperaturada bir necha soat davomida qotib, qattiq va
suvga chidamli qoplama hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |