5.2. Hayvonot yelimlari.
Go‘shtparda yelimi (ГОСТ 3252–95) hayvonlarning go‘shtpardasidan, ya’ni
teri ostidagi to‘qimalardan, teri qiyqindilaridan hamda mo‘yna va teri sanoatining
chiqindilaridan olinadi.
48
Suyak yelimi (ГОСТ 2067–91) hayvonlarning yog‘i olingan suyagi, payi,
shoxi hamda tuyoqlari, suyak buyumlar ishlab chiqariladigan korxona chiqindilaridan
tayyorlanadi.
So‘yak va go‘shtparda yelimlari (glyutin yelimlari) suvda juda bo‘kadi, qattiq
moddalar
yumshoq
yopishqoq
iviqsimon
massaga
aylanadi.
25–40°С
temperaturagacha isitilganda eriydi, go‘shtparda yelimi suyak yelimiga qaraganda
yuqoriroq temperaturada eriydi. Sovitilganda yelim qotadi va jelatinsimon massa
hosil qiladi.
Qog‘oz asosli yelim lenta (ГОСТ 18251–92) pardasimon yelimning bir turidir.
Lenta yelimlovchi qoplamaga ega, uning asosiy komponentlari (oliy va 1-sortli)
go‘shtparda va suyak yelimlaridir, Yelim lenta 12, 15, 18, 20, 25 mm kenglikda
ishlab chiqariladi. Ularning ishga yaroqlilik muddati tayyorlash momentidan
hisoblanganda 12 oyga cho‘zilishi mumkin. Mebelsozlik sanoatida «A», «A1»
markali lentalar shpon polosalarini yaxlitlash, shit elementlarini pardozlashda
ishlatiladi. Sanoatda suyak va go‘shtparda yelimlari 150–200 mm uzunlikda, 80–100
mm kenglikda, 10–15 mm qalinlikda plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ba’zan
yelim maydalangan holida, shuningdek, tangacha va kukun ko‘rinishida ishlab
chiqariladi. Bunday ko‘rinishda u tezroq quriydi, tayyorlashda esa tez bo‘kadi.
Suyak yelimi iviqsimon galerta deb ataladigan ko‘rinishda keltiriladi. Galerta
tarkibida kamida 50% quruq yelim bo‘lishi va bir jinsli jelatinasimon massadan,
quyqasiz va qora dog‘larsiz bo‘lishi kerak, chirik hidi kelmasligi kerak. Unga albatta
antiseptiklar qo‘shiladi.
Elim plitalarining rangi och sariqdan to‘q jigar ranggacha bo‘lishi mumkin.
Qoramtir rang faqat kuyik hidi kelib turganda yelimning sifati pasayganligini
ko‘rsatadi.
Plitkalar bir tekis shaffof bo‘lishi kerak. Dog‘lar yelimning quyqalashganini,
xiraligi esa sifati pastligini ko‘rsatadi.
Plitkalarning usti silliq yoki to‘lqinsimon bo‘lishi mumkin, biroq albatta
mog‘or va bakterialsiz yaltirab turishi kerak. Yelimdan chirik va sasigan hid
kelmasligi kerak. Normal yelim sindirilgandashishasimon o‘tkir qirralar hosil qiladi.
Quruq yelimning namligi 17% dan, galertaniki 50–60% dan ortmasligi lozim.
Namligi ortib ketganda (20% va undan ortiq bo‘lganda) mustahkamlik ko‘rsatkichlari
va yelimning chirishga qarshiligi pasayadi, namligi kamaysa (10% va undai past),
yelim mo‘rtligi ortadi.
Glyutinli yelimlar sifati bo‘yicha sortlarga ajratiladi. . Mezdra (go‘shtparda)
yelimi besh sortda (ekstra, oliy, 1, 2 va 3- sort), suyak yelimi to‘rt sortda (dekstra
sorti ishlanmaydi) va galerta uch sortda (1, 2 va 3-sortda) ishlab chiqariladi.
Glyutinli yelimlar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Namlanganda u
bo‘kadi, isitilganda yumshaydi va hatto suyuq holatga o‘tishi ham mumkin. Bu
turdagi yelimlar suv ta’siriga chidamsiz, ular faqat isitiladigan bino ichida
foydalaniladigan buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.
Glyutinli yelimlarning suv singdiruvchanligi juda katta. Go‘shtparda
yelimining o‘z massasiga nisbatan 6–10 hissa, suyak yelimi 3–7 hissa suv singdira
oladi. Suvda bo‘kkan glyutin yelimi isitilganda eriydi va eritmaga aylanadi.
49
Yelimlarning bu xossalari. yelim eritmasi tayyorlashda hisobga olinadi. Galerta 22–
23°С da eriydi, yozda suyuq holatda bo‘ladi.
Elimning qotish jarayonida yelim eritmasidan nam bug‘lanib chiqib ketadi,
oqibatda yelim kichrayadi. Glyutin yelimlar dastlabki massasiga nisbatan ko‘p (50–
80%) cho‘kadi. Yelimlashda yelim 0,08 dan 0,15 mm gacha qalinlikda surkaladi.
Havoning temperaturasi 30°С va namligi 80% bo‘lganda yelimli
birikmalardagi glyutin yelimlari yemiriladi.
Go‘shtparda yelimining yopishtirish qobiliyati (ajralishga mustahkamlik
chegarasi): ekstra, oliy va 1-sortlar uchun 100, 2-sort uchun 70, 3-sort uchun 60
kgk/sm
2
; suyak yelimida: oliy sortlar uchun 90, 1-sort uchun 80, 2-sort uchun 65, 3-
sort uchun 45 kgk/sm
2
.
Elimlar plitka, maydalangan, tangasimon va kukun holatda og‘irligi 50 kg li
bochka, yashik, qop yoki 35 kg li qog‘oz qoplarga joylanadi. Plitka holatadagi
yelimni xohlagancha sindirish mumkin. Yelimni tashish vaqtida atmosfera
yog‘inlaridan saqlash loeim. Yelim upakovka qilingan holatda taxta to‘shama ustida
shamollatib turiladigan xonalarda saqlanadi. Sovitilgan yelim eritmasi temperaturasi
(5–10°С) pasaytirilgan xonalarda ko‘pi bilan 2–3 sutka saqlanadi.
Galerta bochkalarga joylanadi. Galertani uzoq vaqt saqlash mumkin emas.
Yozda galerta havosining temperaturasi 15°С dan yuqori bo‘lmagan xonada
saqlanishi mumkin. Yelim saqlanadigan omborlar albatta dezinfeksiyalanadi.
Glyutin yelimi eritmasini tayyorlash. Plitka holatidagi yelimni bo‘ktirish
uchun toza idishga solinadi va ustidan uy temperaturasidagi, yaxshisi qaynatilgan suv
quyiladi. Bunda suv yelimni ko‘mib turishi kerak. Yelim 6 dan 12 soatgacha, yelim
bir tekis va butunlay bo‘kkunga qadar ho‘llanadi. Go‘shtparda yelimi bo‘kkanida
massasi bo‘yicha 600–1000% suv, suyak yelimi 300–700% suv shimadi. Quruq
yelimning standart namligi 17%, galertaniki ko‘pi bilan 51%.
Plitka holatidagi yelimlarni bo‘ktirishdan oldin maydalagan ma’qul.
Maydalansa, yelimning bo‘knsh muddati qisqaradi. Yelim eritmasi tayyorlanadigan
va saqlanadigan idish qaynoq suv bilan yuviladi.
Bo‘kkan yelim yelim nishirish qozoniga solinadi va 70–80°С gacha isitiladi,
shu temperaturada yelim eritmaga aylanadi. Yelimni qaynatish va qizdirib yuborish
yaramaydi. Ko‘p qayna-tish va ueoq vaqt qizdirish yelimning yopishtirish xossasiyai
pasaytiradi.
Suyak yelimining ish temperaturasi 40–60°С, go‘shtparda yeliminiki esa 50–
70°С bo‘lishi kerak. Yelimni ish joylariga yetkazib berishga mo‘ljallangan yelimdon
ish temperaturasini saqlash uchun uning devorini ikki qavatli qilib, orasiga qaynoq
suv quyiladi. Elektr bilan isitiladigan yelimdonlar ham ishlatiladi.
Glyutinli yelim sifatini uni tayyorlash vaqtida aniqlasa ham bo‘ladi. Bo‘kkan
yelimdan qo‘lansa hid kelishi, yelim plitkalarining bo‘kish vaqtida uvalanib ketishi
va ularning chetlari uzilib tushishi, yelim eritilgan suvning ifloslanib ketishi,
qizdirish va aralashtirganda juda ko‘p ko‘piklanishi yelimning sifati pastligini
ko‘rsatadi.
Elim eritmasidagi ko‘piklar yelimlash mustahkamligini pasaytiradi. Yelim
qatlamidagi pufakda havo qoladi va shu joy yelimlanmaydi. Yelim eritmasidagi
ko‘piklarni yo‘qotish uchun uni ishlatishdan oldin 5–10 min tindiryb qo‘yiladi.
50
Ko‘pik juda ko‘p bo‘lganda yelim eritmasini ikki-uch minut qaynatib,
ko‘pigini olib tashlashga ruxsat etiladi.
Elim eritmasining sifati uning konsentratsiyasiga, qovushoqligiga hamda
quyuqligiga bog‘liq.
Go‘shtparda yelimiga, odatda, suyak yelimiga nisbatan ko‘p suv qo‘shiladi.
Silliq fugani yelimlash uchun go‘shtparda yelimining 35–40% konsentratsiyali,
suyak yelimining esa 45-55% konsentratsiyali eritmasini tayyorlash lozim. Shpon
bilan pardozlashda go‘shtparda yelimining- 40–45% li, suyak yelimining esa 52–
55% li eritmasi ishlatiladi.
Elim eritmasining qovushoqligi yelimlar tayyorlangan xom ashyo xossasiga,
uning konsentratsiyasi va temperaturasiga bog‘liqdir.
Glyutin yelimining quyuqligi katta ahamiyatga ega.. Haddan tashqari quyuq
yelimni yopishtiriladigan yuzaga surkash qiyin, u tezda qotib qoladi, presslash
vaqtida juda katta bosim .talab qiladi. Quyuq yelim eritma bilan yelimlashda press
bosimi yetarli bo‘lmaganda yelim qatlami (0,15 mm dan ortiq) hosil bo‘ladi, bu esa
yelimlab yopishtirish sifatini pasaytiradi. Haddan tashqari suyuq yelim eritmasi
ishlatilganida esa aksincha, juda yupqa (0,08 mm) uzlukli yelim qatlami hosil bo‘lib,
yelimlash mustahkam chiqmaydi.
Elim eritmasining quyuqligi amalda uning cho‘tkadan oqib tushishiga qarab
aniqlanadi: normal quyuqlikdagi eritma cho‘tkadan bir tekis uzluksiz (quyqasiz) tiniq
oqim shaklida tushadi, suyuq yelim ingichka oqim ko‘rinishida tez oqib tushadi, juda
quyuq yelim uzilib-uzilib quyqa bilan tushadi.
Quyuqlashib qolgan yelim eritmasi qaynoq suv qo‘shib, yaxshilab aralashtirib,
suyuqlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |