Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

Adgeziya  yoki  yopishtiruvchanlik,  ikki har  xil  jinsli suyuq  yoki  qattiq  jismlar 

sirtlari  orasidagi  bog‘lanish.  Yog‘ochlarni  va  yog‘och-qipiq  plitalarni  yelimlashda 

ko‘pincha  hayvonot  yelimlari  va  karbamidli  yelimlar  yaxshi  adgeziya  hosil  qiladi. 

Ulardan pardozlashda, mebellar uchun shitlar va plitalar tayyorlashda foydalaniladi. 

Elimli birikmalarning mustahkamligi yelim chokining mustahkamlik chegarasi 

bilan  xarakterlanadi. Yog‘ochlarni  yelimlashda  ishlatiladigan  yelimlarning hammasi 

hosil qiladigan mustahkamlik yorishga sinashda, mebel tayyorlash uchun belgilangan 

texnikaviy  shartlarga  mos  kelishi  (yopishtirilib  pardozlashda  kamida  10  kgk/sm

2



boshqa hollarda yelimlashda kamida 20 kgk/sm



2

 bo‘lishi) kerak. 



Qovushoqlik  deb  suyuqlik  (eritma)  zarralarining  o‘zarosiljishi  natijasida  hosil 

bo‘ladigan ichki ishqalanishga aytiladi. Yelimning qovushoqligi turli xil yopishtirish 

uchun  (ish  qovushoqligi)  ishlatish  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Shartli  qovushoqlik 

ko‘rsatkichi  bo‘lib,  200  sm

3

  yelim  eritmasini  viskozimetr  (standart  konsentratsiyali 



va  temperaturali)  soplosi  orqali  oqib  o‘tish  vaqtini  (sekund)  xuddi  shuncha 

miqdordagi  20°С  temperaturali  distillangan  suvning  oqib  tushish  vaqti  (sekund)ga 

bo‘lgan nisbati hisoblanadi. 

Qovushoqligi  yetarlicha  bo‘lmagan  yelimlar  yog‘ochga  tezda  shimilib  ketadi, 

shu  sababdan  yelimli  birikma  mustahkamligi  pasayadi.  Yelim  qovushoqligi  (har  xil 

tipdagi  yelimlar  uchun  turlicha  bo‘lgan)  ortishi  bilan  ularning  shimilish  xossasi 

kamayadi  va  birikmaning  mustahkamligi  ortadi.  Qovushoqligi  ortib  ketgan 

yelimlarni sirtga surkash qiyin, bunda ular odatda qalin mustahkam bo‘lmagan yelim 

qatlami hosil qiladi. 



 

47 


Elim eritmasining konsentratsiyasi deb, uning tarkibida quruq tovar yelimning 

protsent  miqdoriga,  smolali  yelimlarda  esa  quruq  moddalarga  aytiladi  va  eritma 

massasiga  nisbatan  protsentlarda  ifodalanadi.  Yelim  eritmasining  konsentratsiyasi 

qancha yuqori bo‘lsa, uning qovushoqligi shuncha yaxshi bo‘ladi. 



Suvga  chidamliligi  yelimli  birikmaning  nam  ta’sirida  mustahkamligini 

pasaytirmaslik xossasidir. 

Elimlar  suvga  chidamliligi  bo‘yicha  suvga  chidamliligi  oshirilgan,  suvga 

chidamli va cheklangan suvga chidamli xillarga ajratiladi. 

Suvga  chidamli  yelimlarga  ko‘pchilik  sintetik  yelimlar,  cheklangan  suvga 

chidamli yelimga kazein yelimlar, suvga chidamsiziga glyutenli yelimlar kiradi. 

Elimlarning  ishga  yaroqliligi  yelim  eritmasining  foydalanish  uchun  yaroqli 

holatini  saqlab  qolish  vaqti  bilan  xarakterlanadi.  Glyutinli  yelimlardan  tashqari, 

yelimlarning nshga  yaroqliligi  2–8 soat bo‘lishi  mumkin. Shu vaqtdan keyin  yelim-

lar  quyuqlashadi,  buning  natijasida  yelimning  yopishtirish  xu-susiyati  kamayadi  va 

uni  detal  sirtiga  surkash  qiyinlashadi.  Glyutinli  yelimlarni  bir  necha  kungacha 

ishlatish mumkin. Quyuqlashib qolgan yelim isitiladi. 



Elimning  yog‘ochdan  sizib  o‘tishi  va  shuningdek,  yelim  ta’siridan  yog‘och 

rangining  o‘zgarishi  shponlarni  pardozlashda  kuzatiladi.  Yelimning  sizib  o‘tishi 

pastda  joylashgan  yelim  qatlamining  shimilib  o‘tishi  natijasida  shponning  tashqi 

sirtida yelim dog‘larining hosil bo‘lishidan iborat. Bunga eritmaning yetarli darajada 

qovushoq  va  quyuq  bo‘lmaganligi,  pardozlash  vaqtida  bosimning  ortiqcha  bo‘lishi, 

yog‘och yoki yelimda kislotalar va ishqorlar bo‘lishi sabab bo‘ladi. 

Elimlarning  biologik  chidamliligi  har  xil  bo‘ladi.  Organik  yelimlar  qulay 

sharoitlar  mavjud  bo‘lganda  mikroorganizmlar  uchun  yaxshi  oziq  muhiti  bo‘lib 

hisoblanadi.  Bunday  yelimlarni  bakteriyalar  va  zamburug‘lar  oson  yemiradi,  bu  esa 

yelimli  birikma  mustahkamligini  keskin  kamaytaradi  Sintetik  smolalar  – 

zamburug‘larga chidamli bo‘ladi. 

Elimning  qotishi  (yopishishi,  qotish  tezligi  )  uning  turi  va  tarkibiga  bog‘liq. 

Hayvonot  yelimining  qotishi  yelimlash  temperaturasiga  va  yelim  choklaridan 

suvning  bug‘lanib  ketish  tezligiga  bog‘liq.  Sintetik  yelimlarning  erimaydigan  qattiq 

holatga  o‘tishi  kimyoviy  reaksiya  natijasida  sodir  bo‘lib,  yuqori  temperaturada 

reaksiya juda tez o‘tadi. 

Elimlar  tashqi  ko‘rinishi  bo‘yicha  suyuq,  kukunsimon  va  plyonkasimon 

yelimlarga ajratiladi. 

Elimlar  reaksiyaga  kirishishi  bo‘yicha  termoreaktiv  (qaytmaydigan)  va 

teploplastik  (qaytadigan)  bo‘lishi  mumkin.  Termoreaktiv  yelimlar  issiqlik  va 

katalizatorlar  ta’siri  ostida  suyuq  holatdan  qattiq  erimaydigan  holatga  (rezol, 

mochevina  va  melamin  smolalariga)  o‘tadi.  Termoplastik  yelimlar  issiqlik  ta’sirida 

suyuqlanadi,  sovigandan  keyin  esa  yana  kimyoviy  tarkibini  o‘zgartirmasdan  qotadi. 

Bunday  yelimni  keyin  yana  isitib  yumshatish  mumkin,  masalan,  go‘shtparda  va 

suyak yelimlari, novolak smolalari, suyuluvchan yelimlar va h.k. 




Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish