Ызбекистон республикаси олий ва



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/86
Sana30.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#133082
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
yogochsozlikda qollaniladigan xom ashyo va materiallar

5-MA'RUZA. YELIMLAR 

 

1. Yelimlarning turlari, tarkibi va hossalari. 



2. Hayvonot yelimlari. 

3. Sintetik yelimlar. 

 

5.1. Yelimlarning turlari, tarkibi va hossalari. 

Biriktiriladigan  sirtlarga  surkalganda  va  ma’lum  sharoitlarda  shu  sirtlarni 

yopishtiradigan mustahkam qatlam hosil qiladigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalar 

yelimlar deb ataladi. 

Kelib  chiqishiga  ko‘ra,  yelimlar  ikki  gruppaga:  tabiiy  va  sintetik  gruppalarga 

ajratiladi.  Tabiiy  yelimlar  gruppasiga  hayvonot  yoki  oqsilli  (glyutin,  kazein, 

albumin),  o‘simlik  (moyli  va  dukkakli  o‘simliklar  kunjarasi  va  shirdoni,  tabiiy 

smolalar, natural kauchuk, kraxmal, dekstrin asosida tayyorlangan yelimlar), mineral 

(silikatli,  asfaltli,  bitumli)  yelimlar  kiradi.  Mebel,  faner  va  qurilish  konstruksiyalari 

ishlab chiqarishda tabiiy yelimlardan (oz miqdorda) hayvonot yelimi ishlatiladi. 

Sintetik  yelimlar  g‘ovakdor  moddalardan  murakkab  kimyoviy  jarayonlar 

natijasida olinadigan sintetik smolalar asosida ishlab chiqariladi. 

Elimlar  asosiy  yelimlash  moddalari,  erituvchi  va  yordamchi  moddalardan 

tarkib topgan. 

Eritgichlar 

asosiy 


yelim 

moddasini. 

eritish 

hamda 


uni 

ma’lum 


konsentratsiyaga  yetkazishga  xizmat  qiladi.  Eritgichlarga  suv,  spirt,  ishqorning 

suvdagi eritmasi, organik erituvchilar misol bo‘la oladi. 

Yordamchi  moddalar  yelim  hosil  qiluvchilar,  to‘ldirgichlar,  katalizatorlar, 

qotirgichlar, 

stabilizatorlar, 

oshlovchilar, 

antiseptiklar, 

plastifikatorlar 

va 

ko‘piklantiruvchi moddalarga ajratiladi. 



Elim  hosil  qiluvchilar  asosiy  yelim  moddasining  eritma  holatiga  o‘tishiga 

yordam beradi: ularga suyuq shisha, o‘yuvchi natriy, ohak, ammiak kiradi. 

To‘ldirgichlar  deb  asosiy  yelim  moddasi  sarfini  kamaytirish  va  yuza  sirtiga 

shimilishini  kamaytirish  uchun  ishlatiladigan  moddaga  aytiladi.  U  yelimli  chokdagi 

cho‘kishni  kamaytiradi.  To‘ldirgich  sifatida  yog‘och  uni,  gips  va  boshqa  moddalar 

ishlatiladi. 

Katalizatorlar  –  sintetik  smolalar  ishlab  chiqarishda  smola  hosil  bo‘lish 

jarayonini  tezlashtirish  uchun  ishlatiladigan  modda.  Katalizatorlarga  misol  qilib 

anorganik  va  organik  kislotalar,  bu  kislotalarning  tuzlari,  sulfonaftenli  kislotalar, 

ishqorlarni ko‘rsatish mumkin. 

Qotirgichlar 

deb, 


smolali 

yelimlarning 

erimaydigan 

qattiq 


va 

suyuqlanmaydigan  holatga  o‘tishini  tezlashtirish  uchun  ishlatiladigan  moddalarga 

aytiladi.  Sovuq  holatda  qotadigan  fenol-formaldegidli  smolalar  uchun  qotirgichlar 

sifatida  kerosin  kontakti  yoki  sulfonaftenli  kislotalar,  karbamid-formaldegidli 




 

46 


smolalar  uchun  ammoniy  xlorid  va  kuchsiz  (shavel,  sut,  chumoli)  kislotalari 

qo‘llaniladi. 

Stabilizatorlar 

– 

yelimlarning 



yopishtirish 

xossasini, 

ularning 

konsentratsiyasini  ma’lum  vaqt  davomida  saqlab  turishga  yordam  beradigan 

moddalar.  Stabilizatorlar  sifatida  atseton,  etil  spirti,  organik  eritgichlardan 

foydalaniladi. 

Oshlagichlar yelimlarga suvga chidamlilik xossasini beradi. Ularga urotropin, 

formalin, mis tuzlari misol bo‘-ladi. 

Antiseptiklar  –  mikroorganizmlarni  o‘ldiradigan  va  yelim  moddalariga 

biologik chidamlilik xossasini beradigan zaharli moddadir. Bunday moddalar sifatida 

fenol, krezol, formalin, sulfonaftenli kislotalar, natriy ftoritdan foydalaniladi. 

Plastifikatorlar  ko‘pincha  smolali  yelimlarni  plastikligini  ta’minlaydi  va 

yelimli choklarning mo‘rtligini kamaytiradi. 

Ko‘piklanadigan  moddalar  –  karbamidli  smolalarni  tejash  maqsadida 

ko‘piklantirishda foydalaniladi. Eng arzon va ko‘p tarqalgan ko‘piklantirish moddasi 

changsimon albumin hisoblanadi. 

Elimlar  quyidagi  talablarga  javob  berishi  kerak:  mahkam  yopishishi, 

ishlatishga  qulay  bo‘lishi,  uzoqqa  chidashi  va  uzoq  vaqt  saqlanishi;  suvga  chidamli 

(namlik  yuqori  sharoitlarda  ishlatiladigan  buyumlar  uchun)  va  biologik  jihatdan 

chidamli (mikroorganizmlarning yemiruvchi ishiga qarshilik ko‘rsatadigan); yog‘och 

tolasini  yemirmasligi  va  uning  tabiiy  rangini  o‘zgartirmasligi;  arzon  bo‘lishi, 

yelimlangan  materiallarga  ishlov  berishda  qirqish  asboblarini  o‘tmaslantirmasligi; 

odam organizmi uchun zararsiz va alangalanmaydigan bo‘lishi kerak. 


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish