Fiziologik xususiyatlar - materialning inson organizmiga zarurli ta’sir
ko‘rsatmaslik xususiyatlari. Ba’zi plastmassalar tashqi muhitga inson organizmi
uchun zararli moddalarni ajratib chiqarishadi. Materialda erkin, bog‘lanmagan
zaharli monomerlar mavjud bo‘lsa ular tashqariga ajralib chiqadi.
Texnologik xususiyatlar - polimer materiallarni buyumga aylantirishning
qulayligi, ularga mexanik ishlov berishning yengilligi. Ko‘pchilik plastmassalarga
quyish, issiq presslash, ekstruziya va boshqa usullar bilan oson ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |