1.4. Shpon.
Shpon randalangan va shilib olingan bo‘lishi mumkin. Randalangan shpon
(ГОСТ 2977–95) pardozlash materiali sifatida, shuningdek, mebel elementlarini
tashqi atmosfera ta’siridan himoya qilish uchun ishlatiladi. Randalangan shponning
himoya pardozlash qatlami sifatida ishlatilishi, ayniqsa yog‘och-qirindi plita
konstruksiyalarida qo‘l keladi. Randalangan shpon g‘o‘lalarni maxsus randalash
stanoklarida randalash yo‘li bilan hosil qilinadi; u tegishli qalinlikdagi list
ko‘rinishidagi yog‘och qatlamidan iboratdir.
20
10-rasm. Randalangan shpon olish sxemasi:
1 - brus; 2 - siqish lineykasi; 3 - randalangan shpon listi; 4 - pichoq.
Shilib olingan shponlar yog‘och teksturasiga qarab tangensial (T), radial (R),
yarim radial (PR) va tangensial-ko‘ndalang (TT), g‘uddalardan yo‘nib yasalgan
xillarga ajratiladi.
Tangensial qirqimda o‘sish konuslarini hosil qiluvchi yillik qatlamlar
burchaklar yoki egri chiziqlar ko‘rinishida, o‘zak nurlari esa bo‘ylama yoki qiya
shtrixlar yoki chiziqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Radial qirqimda tekstura ancha
chiroyli chiqadi, bunda yillik qatlamlar butun listning sirti bo‘yicha joylashgan
to‘g‘ri parallel chiziqlar ko‘rinishida, o‘zak nurlari esa listning kamida 3/4
maydoniga joylashgan polosalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yarim radial shponda o‘zak nurlari qiya yoki bo‘ylama polosalar hosil qiladi,
yillik qatlamlar esa parallel chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Qiya yoki bo‘ylama
polosalar listning 1/2 qismini, parallel chiziqlar vsa 3/4 qismini egallaydi.
Tangensial torets shponda yillik qatlamlar chalkashib ketgan berk egri
chiziklar, o‘zak nurlari esa egri chiziqlar yoki shtrix chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi.
11-rasm. Randalangan shpon olish uchun g‘o‘lani bo‘lish usullari
a - tangensial, b – radial, v - yarim radial
Randalangan shponlar yaproqli tarqoq naychali daraxtlardan – shamshod,
yong‘oq, zarang, chinor, nok, olma, terak, qayin, qizil va limon daraxti, Kareliya
qayini, olxa, finik, oq qayin, dimor-fant gilosdan; halqasimon nayli turlardan – eman,
shumtol, elma, kashtan, baxmal daraxti, akatsiya, qayrag‘och, tut; hamda nina
barglilardan – tis, tilog‘och va qarag‘aydan tayyorlanadi. Qizil va limon daraxti,
Kareliya qayini, nok, olma yog‘ochliklari qirqilish bo‘yicha xillarga ajratilmaydi.
21
Shpon yog‘och sifatiga, ishlanishiga hamda vazifasiga qarab ikki sortga
ajratiladi. Shponning namligi 8±2% dan ortmasligi kerak. Shpon kvadrat metrlarda
(m
2
) o‘lchanadi, qalinligi esa 0,01 mm xatolik bilan hisoblanadi.
Randalangan shpon quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi:
- uzunligi bo‘yicha – yong‘oq, Kareliya qayini, qayrag‘och, limon daraxti, qizil
daraxti, shamshod, chinor, zarang, nok, olma, terak, qayin, olxa, finik, oq qayin, gilos
yog‘ochlaridan 0,1 mm gradatsiya bilan 0,5 m va undan uzun; tangensial-ko‘ndalang
shponlar uchun xuddi shunday gradatsiya bilan 0,3 m dan qilib tayyorlanadi;
- qalinlik bo‘yicha – hamma tarqoq nayli daraxtlar uchun – 0,4; 0,6 va 0,8 mm;
halqasimon nayli va nina bargli daraxtlar uchun 0,8 va 1,0 mm eni bo‘yicha – sort va
qirqimga qarab 10 mm gradatsiya bilan tayyorlanadi.
3-jadval.
Shpon turi
Shpon sorti
1
2
eni, mm, kamida
Radial, yarim radial, tangensial va qirqimiga qarab
ajratilmaydigan
120±5
80±5
Tangensial-ko‘ndalang
200±5
100±5
Randalangan shponlar korxonalarga pachkalarga joylangan holatda keltiriladi.
Pachkalardagi listlar qanday tartibda randalangan bo‘lsa, shu tartibda joylashtirilgan.
Har bir pachkaning ustidagi listga yog‘och turi, o‘lchamlari, ko‘rinishi, sorti hamda
listlar soni yozib qo‘yiladi.
Pachkalar 10-20 tadan (har birida) paket qilib komplektlanadi.
Shilib olingan shpon (ГОСТ 99-95) – g‘o‘ladan shilib olinadigan lenta
ko‘rinishidagi zarur qalinlikdati yupqa yog‘och qatlamidir.
12-rasm. Shpon shilish sxemasi.
B - g‘o‘la uzunligi; L - pichoq uzunligi; 1- tirsak, 2-g‘o‘la, 3-shpon, 4-pichoq.
Bunday shpondan yog‘ochdan ishlangan buyumlarning sirtini parlozlashda va
yog‘och detallar tayyorlashda foydalaniladi.
22
Shilib olingan shpon qayii, olxa, eman, shumtol, shamshod, elma, arg‘uvon,
qarag‘ay, tilog‘och va kedr yog‘ochidan tayyorlanadi.
Shilib olingan shpon dastgoh pichog‘i ostida ma’lum kenglik va qalinlikdagi
uzluksiz lenta tarzida chiqadi. Yog‘ochga, zarur elastiklik berish uchun shpon
shilinadigan g‘o‘la 50-60°С temperaturali suvga solib bo‘ktiriladi.
Shilish natijasida olinadigan shpon lentasi maxsus qaychilar bilan berilgan
formatda qirqib olinadi, keyin quritiladi, ortiqcha joylari qirqiladi, sortlarga ajratiladi
va saqlash uchun taxlamlarga taxlanadi. Shilib olingan shpon quyidagi o‘lchamlarda
ishlab chiqariladi: qalinligi-0,35; 0,55; 0,75; 0,95; 1,15; 1,5-4 mm; 0,25 mm
gradatsiya bilan; kengligi - 50 mm gradatsiya bilan 150 dan 700 mm gacha hamda
100 m gradatsiya bilan 800 dan 2500 mm gacha. Shpon listlarining uzunligi tolalar
yo‘nalishi bo‘yicha, kengligi esa tolalarga ko‘ndalang o‘lchanadi. Shpon
yog‘ochning sifatiga, ishlanishiga hamda vazifasiga qarab sakqiz sortga: A, AV, V,
VV, S, 1, 2, 3-sortlarga ajratiladi. Shponning namligi 8±2% bo‘lishn kerak. Shpon
kub va kvadrat metrlarda o‘lchanadi. Shpoi listlari turlari, sortlari, o‘lchamlari,
qalinligi, kengligi va uzunligi bo‘yicha saralanadi va paketlarga joylanadi. Shpon
paketining umumiy massasi 50 kg-dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |