«Bolalar adabiyoti va folklor» fanining maqsad va vazifalari
-«Bolalar adabiyoti va folklor» fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining o’ziga xos aloqalari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalariga o’zbek bolalar adabiyoti namoyandalari va bolalar adabiyoti namunalari haqida etarli bilim berish;
-bolalar va kattalar adabiyotining o’ziga xos tomonlari, bolalar adabiyotining paydo bo’lishi, bolalar adabiyotining folklor bilan bog’liqligi haqida tushuncha berish;
-o’zbek bolalar adabiyotining rivojlanish davrlari, har bir davr bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari, o’zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillari hayoti va ijodini o’rganish;
-talabalarni og’zaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga o’rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.
«Bolalar adabiyoti va folklor» fani bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
-o’zbek bolalar adabiyoti va bolalar folklori jahon bolalar adabiyotining ajralmas qismi ekanligi, bolalarga bag’ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga ko’ra tasniflanishi;
-o’zbek xalq og’zaki ijodining taraqqiyot bosqichlarini o’rganish;
-bolalar adabiyotining adresliligi, tasvirning shartliligi yuzasidan nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-o’zbek bolalar adabiyoti va jahon adabiyotining ajralmas qismi sifatida o’rganish;
-folklorshunoslar tomonidan yaratilgan yirik asarlarni o’rganish;
-o’zbek folklorining janrlar tizimi, har bir janrlarning o’ziga xos xususiyatlari;
-taniqli xalq shoiri va baxshilarining hayoti va ijodiy faoliyatini;
-folklor namunalarining yozma adabiyotga ta’sir etish yo’llari va qonuniyatlari;
-o’zbek folkloriga xos bo’lgan milliy, diniy-falsafiy qarashlar haqida
mustaqil fikr va tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim.
Mazkur kursda quyidagi ko’nikmalar shakllantiriladi: lektsiya, seminar, reyting tizimi kabi ta’lim shakllari vositasida o’qitiladi; axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo’lishi talab qilinadi.
Talabalar quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: o’z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi; tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi lozim. Samarali metod va texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish bo’yicha: an’anaviy va noan’anaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni fan va mavzularni o’tish chog’ida tanlay olishi, o’z fanida metod va texnologiyalarni ijodiy qo’llay olishi, faktlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara olish malakasiga ega bo’lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |