Kungaboqar
Moyli o„simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy
hosildorligi bo„yicha birinchi o„rinda turadi. Urug„ida yog„ni miqdori yuqori bo„lib
52-57% tashkil etadi. Uning yog„i och sariq rangli, yaxshi sifatli bo„lib, oson hazm
bo„ladi. Yog„i oziq-ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo„yoq sanoatida
qo„llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi.
Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o„tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar
urug„ining tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo„ladi.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani
Shimoliy Amerikaning Janubiy g„arbiy rayonlaridir. Yevropaga XVI asrda ispanlar
olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrayinada dekorativ ekin sifatida ekila
boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo„lib 1829-yilda Rossiyada
krepostnoy dehqon Bokorev D.S yog„ ajratib olgan (qo„lda siqib olish bilan), 1965
yilda esa Rossiyada yog„ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi
vatani Rossiya bo„lib qolgan. Amerikada XX asrning 20-yillarida ekila boshlashgan,
urug„ini Rossiyadan olib borishgan.
Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi o„rtacha 14 s
ga teng ilg„or
xo„jaliklar 29 s dan hosil yetishtirishgan.
Kungaboqar bir yillik o„simlik bo„lib, Asteraceae oilasiga mansub o„simlik. U
ikki turga bo„linadi: madaniy kungaboqar va yovvoiy kungaboqar. Madaniy
kungaboqar yana 2 turga bo„linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ
kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz tizimi o„q ildiz bo„lib, uzunligi 2,5-4 m bo„lib,
yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo„lib, ichi oq po„kak massa bilan
to„lgan bo„ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo„lib, uzunligi 0,6-2 mm ni
tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo„ladi. Bargi yuraksimon-oval shaklida
bo„ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar
soni har xil bo„ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta
bo„ladi. To„pguli ko„p gulli korzinkadan iborat. Korzinkani diametri har xil (10-20
sm, 35-40 sm) bo„ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta korzinkani gullashi 7-10 kun davom
etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o„simlik. Changlanishi asalarilar
yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib
kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-siqiq tuxumsimon formada bo„ladi.
52
Urug„ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug„ining massasi 45 dan 125 g gacha
bo„ladi.
Kungaboqarning urug„i 4-6
0
S da una boshlaydi, lekin sekin o„sadi. 13-15
0
S
da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo„ladi. Maysalangandan so„ng 15-20 kun
dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to„pguli hosil bo„la boshlaydi.
Gullash maysalar hosil bo„lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi.
Kungaboqarni o„sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-24
0
S, gullash
fazasida 25-26
0
S, pishish yetilish davrida 26-28
0
S, 30
0
S dan yuqori temperatura
salbiy ta‟sir etadi.
Kungaboqar yorug„sevar o„simlik, o„suv davri 70-140 kun davom etadi.
Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti rN 6,0-6,8 bo„lganda yaxshi rivojlanadi.
Kungaboqar suvga talabchan o„simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi
uchun qurg„oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko„p talabi intensiv o„sish davriga to„g„ri
keladi. Har bir o„simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi.
Transpiratsiya koeffitseinti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun
suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan
tuproq va bo„z tuproqlarda yaxshi o„sadi.
Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug„ yetishtirish uchun 50-60 kg azot, 20-25 kg
fosfor va 120-160 kg kaliy sariflanadi. Azotni korzinka rivojlanishidan gullash
fazasini oxirigacha ko„p talab qiladi, fosforni unishidan gullashgacha, kaliyni
korzinka hosil bo„lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot haddan tashqari
ko„p berilsa urug„ tarkibidagi yog„ning miqdori kamayib ketadi, vegetatsiya davri
uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O„g„it tarkibida fosfor va kaliyni ko„proq
bo„lishi yog„ni miqdorini oshiradi. Kungaboqarning eng ko„p tarqalgan navlaridan
Milyutinskiy 114 navi ko„p ekiladi.
Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o„tmishdosh ekinlar-kuzgi,
bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo„xori hisoblanadi.
Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o„tlardan
tozalanadi. Kungaboqar erta bahorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib
ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish me‟yori 6-10 kg (100-150 ming dona
ga)
bo„ladi. Ekilgandan keyin qatqaloqga qarshi choralar ko„riladi, qator orasiga 2-3
marta ishlov beriladi. Begona o„tlarga qarshi nitran va treflan gerbitsidlardan
foydalaniladi. O„suv davrida 3-4 marta sug„oriladi, sug„orish me‟yori 800-1000 kub.
m.
ga. Hosil don kombaynlar yordamida yig„ib olinadi. Kombayn faqat korzinkani
o„rib yanchiydi. Poyasi o„rib olinadi. Urug„i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |