46
Dukkakli don ekinlarining asosiy xususiyatlari. Dukkakli don ekinlarining
xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Soyaning botanik va biologik tavsifi, navlari.
Agrotexnikasi.
Dukkakli don ekinlari dehqonchilikda uchta asosiy vazifani: o„simlik oqsili
masalasini, don yetishtirishni ko„paytirishni va tuproq unumdorligini oshirishni hal
etishga yordam beradi.
D.N.Pryanishnikov oqsil masalasi, asosan, dukkakli o„simliklar hisobiga hal
etilishi kerak degan edi.
Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat oziq hisoblanadi,
pichani, silosi va ko„kati juda to„yimli bo„ladi. Dukkakli don ekinlarining urug„i,
poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar ko„p oqsil bo„ladi.
Shuning uchun yem-xashakning oqsil tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli don
ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya va lyupin urug„ida oqsil
ayniqsa ko„p 30-50% bo„ladi. Dukkakli don ekinlarining poxoli va to„ponida 8-14%
gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil bo„ladi. Ba‟zi dukkakli don
ekinlarining urug„ida odam va hayvonlar uchun zarur bo„lgan barcha
aminokislotalar, shu jumladan, zaruriy aminokislotalar bo„ladi (lizin, metionin,
triptofan). Urug„i tarkibida zaruriy aminokislotalarning miqdori va ularning nisbatiga
ko„ra, soya birinchi o„rinda turadi. Dukkakli don o„simliklari tarkibidagi oqsil
miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy xususiyatlariga
juda bog„liq bo„ladi. Dukkakli don ekinlarining urug„ida va ayniqsa vegetativ
organlarida vitaminlardan (A, V, V
2
, S) ham bo„ladi. Dukkakli ekinlarning
agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko„p miqdorda organik moddalar
to„playdi, dehqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari (lyupin,
no„xat va xashaki dukkaklilar) qiyin eriydigan fosfatlarni o„zlashtiriladigan shaklga
aylantiradi.
Dukkakli o„simliklar ildizlaridagi tuganaklarida bo„ladigan tuganak
bakteriyalar yordamida atmosfera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi.
M.V.Fedorov ma‟lumotlariga ko„ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg,
yung„ichqa 130 kg, no„xat va vika 100 kg, soya 150 kg atmosfera azotini
o„zlashtiradi.
Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln
gektar atrofida ekiladi.
Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan.
Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998-yili 22,2 ming
ga atrofida ekiladi.
O„zbekistonda ko„proq mosh, jaydari no„xat, soya, oddiy no„xat, loviya ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: