Investitsiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va
mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni
o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq
muddatli mablag’lar kiritilishi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli
kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Innovatsiya - jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini
qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini
majmuasi.
Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga
xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. Transport, aloqa, savdo,
moddiy-texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlashni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |