Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

XI BOB. MOLIYAVIY REJA 
 
11.1. Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo’limlari 
 
Moliyaviy  reja  bu  biznes-rejaning  yakunlovchi  bo‘limidir.  Unda  korxona 
faoliyatini  moliyaviy  ta‘minlash  hamda  mavjud  pul  mablag‘laridan  joriy  moliyaviy 
axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari 
ko‘rib  chiqiladi.  Aynan  shu  bo‘limdan  investor  yoki  bankir  olish  mumkin  bo‘lgan 
foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potentsial qarz oluvchining o‘z qarzini qaytarish 
uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin. 
Moliyaviy  reja  biznes-rejaning  boshqa  bo‘limlarida  keltirilgan  ma‘lumotlarga 
zid 
kelmasligi 
lozim. 
Moliyaviy 
rejadagi 
nomutanosibliklar 
moliyachi 
mutaxassislarning  malakasi  kamligidan  yoki  insofsizligidan  darak  beradi.  Sifatsiz 
tayyorlangan  moliyaviy  reja  noto‘g‘ri  xulosa  chiqarishga  va  korxona  nufuzini 
pasaytirishga olib kelishi mumkin. 
Moliyaviy  rejada  moliyaviy  resurslar  (kapital)  qachon,  qaerda  va  nima 
maqsadda  sarflanishi,  biznesning  muvaffaqiyatga  erishishi  uchun  korxona  oldida 
turgan  maqsadlar  batafsil  yoritib  beriladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  nafaqat 
xarajatlar,  balki  daromadlar  va  boshqa  moliyaviy  tushumlar  ham  ko‘rsatiladi. 
Ko‘ngildagidek tayyorlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb 
qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. 
Moliyaviy  rejaning  shunga  o‘xshash  an‘anaviy  rejalardan  farqi  shundaki,  u 
bozordagi  vaziyatni  to‘laligicha,  xususan,  fond  bozoridagi  vaziyatni  ham  hisobga 
olishni  majburiy  qilib  qo‘ygan.  Moliyaviy  muhit  to‘g‘risidagi  to‘liq  axborotning 
mavjudligi biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim zamin tayyorlaydi. Biroq, 
ayrim  axborotlar  etishmayotgan,  bozor  to‘liq  o‘rganib  chiqilmagan,  ishlab  chiqarish 
masalalarining  ba‘zilari  oxirigacha  ishlab  chiqilmagan  bo‘lsa  ham,  biznes-rejaning 
ushbu  bo‘limi  baribir  tuzilishi  lozim.  Bunda  eng  katta  ma‘no  moliyaviy 
ko‘rsatkichlarda bo‘lib, ular korxonaning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi va bir 
vaqtning  o‘zida  investitsiya,  tashkiliy  va  texnik  qarorlar  qabul  qilishda  foydali 
bo‘ladi. 
Moliyaviy  reja  biznes-reja  bilan  bir  xil  muddatga  ishlab  chiqiladi.  mavjud 
tavsiyalarga  ko‘ra  uni  3-5  yilga  ishlab  chiqish  ma‘qul.  Bunda  dastlabki  yil  uchun 
rejadagi  ko‘rsatkichlarni  oylar  bo‘yicha,  ikkinchi  yil  uchun  choraklar  bo‘yicha  va 
keyingi  davr  uchun  yillar  bo‘yicha  guruhlarga  taqsimlash  maqsadga  muvofiq. 
Masalan, xorijiy amaliyotda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun 
moliyaviy reja ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha va har bir modda bo‘yicha taqsimlanadi. 
Keyingi  yillarda  bu  ko‘rsatkichlar  yil  davomida  mahsulotni  sotish  hajmi  foizlarida 
aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo‘lishi mumkin: 
Bir yilda sotuv hajmi – 100 
jumladan: 
ishlab chiqarish xarajatlari – 50 
davr xarajatlari va foyda – 50 
shundan: 
a) marketing va sotuv xarajatlari – 15 


 
118 
b) joriy qilish xarajatlari - 10 
v) boshqaruv xarajatlari – 8 
g) soliqlar to‘lanmasdan oldingi foyda – 17 
Moliyaviy  rejaning  asosini  tashkil  etuvchi  qismlardan  biri  korxonaning  moli-
yaviy-iqtisodiy xolatini tahlil qilishdir
20

Korxonaning  moliyaviy  iqtisodiy  xolatini  baholashda  korxonaning  moliyaviy 
xolati ko‘rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi. 
Tahlil  korxonaning  moliyaviy  hisoblari  asosida  oxirgi  uch  yildagi  moliyaviy 
ko‘rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi (11.1-jadval). 
                                                                           11.1- jadval. 
Korxonaning to‘lovga qobilligi va amaliy faolligi asosiy ko‘rsatkichlari. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish