Global tarmoqlar – turli mamlakatlar yoki qit’alarda, er yuzining barcha joylarida joylashgan tarmoq foydalanuvchilarini birlashtiradi.
Gipermedia – matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham tavsiya qiluvchi hujjatlar hisoblanadi.
Gipermatn - Gipermatn ixtiyoriy joyda joylashgan o’zaro aloqadagi hujjatlar orasidagi aloqa. Ajratilgan jumla yoki so’zni "sichqoncha" bilan bosilganda foydalanuvchi tezgina ushbu mavzu yoritilgan fayllarga o’tishi mumkin.
Lokal (mahalliy) tarmoqlar (LAN - Local Agea Network)-bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo’lmagan xududdagi kompyuter tarmoqlari.
Regional (mintaqaviy) tarmoqlar - bir-biridan ancha uzoqda joylashgan kompyuterlar va mahalliy tarmoqlarni o’zaro bog’laydi.
Masofali o’qitish – axborot-kommunikatsion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikatsiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o’qitish usullarini qo’llab ta’lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir.
Masofali ta’lim (distant education) – axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta’lim muxiti yordamida o’quv axborotlarini almashinishni ta’minlaydigan va o’quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko’nikmalarni egallash jarayoni.
Elektron pochta (E mail)- Jo’natish uchun mo’ljallangan elektron xat, ya’ni matnli fayl foydalanuvchining manzili va xat mazmunidan tashkil topadi.
Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan.
INTERNET - International Network (xalqaro kompyuter tarmog’i) - butun dunyo kompyuter tarmog’i. Internet – WWW gipermatnlarga asoslanib axborot tashkil, uzatish va qabul qilish tizimini amalga oshiradigan xalqaro kompyuter tarmoqidir.
WWW - World Wide Web ("Umumjahon o’rgimchak to’ri") - gipermuhitga asoslanib Internetda tashkil qilingan axborotlar tizimi.
URL (Uniform Resource Locator - ashyolarni unifikasiya qilingan ko’rsatuvchisi) - Web-tugunning manzili. URL ko’rsatkichi odatda hujjatning transport bayonnomasini (masalan, HTTP yoki FTR) va u joylashgan xost - kompyuterning nomini ifodalaydi. Bundan tashqari URL ko’rsatkichlari o’zlarida ushbu kompyuterdagi hujjatga kirish marshrutini ham saqlashi mumkin. Ushbu marshrutlar URL satrining oxirida ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |