Diagnostika vositalari. Kompyuter qurilmalarining va magnit disklarining ishlash qobiliyatlarini va holatlarini tekshiruvchi hamda ulardagi nuqsonli joylarni aniqlab, iloji boricha tuzatuvchi vositalardir. Vazifalariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
kompyuter qurilmalarining ishlash holatlarini tekshiruvchi vositalar. Bunday vositalarga Cheek –It, NDiags, Control Room, System Sleuts kabi dasturlar misol bo’la oladi;
- magnit disklarining ishlash holatlarini tekshiruvchi vositalar. Bunday vositalarga NDD (Norton Disk Doktor), Calibrate, Disk Technision, Advanced kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Windows ni moslovchi va roslovchi vositalar
Bunday vositalar, Windows operasion tizimining eng yashirin imkoniyatlarini ham yuzaga chiqarishga va ular yordamida operasion tizimning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi vositalardir. ªozirgi paytda bunday vositalarning juda ko’p turlari ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan eng ko’p tarqalganlari quyida keltirilgan.
Tweak XP
(http://www.tweak-xp.de)
2001 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dasturiy majmua bo’lib, Windows ning boshqa vositalar yordamida ishga tushirishi mumkin bo’lmagan 200 dan ortiq parametrlarini ishga tushiradi va shu parametrlarni foydalanuvchining talabiga ko’ra moslaydi hamda roslaydi. Alohida utilitlardan tashkil topgan. Bu utilitlar quyidagi parametrlarni, ya’ni
tezkon xotiradan samarali foydalanish parametrlarini;
prosessor, tizimli plata, qattiq disk. videotizim va modem parametrlarini;
qattiq diskni keraksiz ma’lumotlardan tozalash parametrlarini;
keraksiz fayllarni xatiradan butunday olib bashlash parametrolarini;
Micrisoft Office va Internet Explorer dasturlarining parametrlarini;
turli kalit so’zlarni (parollarni) o’rnatish hamda ularni olib tashlash parametrlarini;
Internet orqali, «atom soati» ko’rsatkichlari bilan kompyuterdagi taymerning (sana va vaqtni ko’rsatuvchi moslamaning) ko’rsatkichlarini moslab hamda roslab turishga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning xulosalariga ko’ra, bu dasturiy majmua yordamida moslangan va roslangan operasion tizimning ishlash samaradorligi 30%-50% gacha oshar ekan.
Tweak XP dasturiy majmuasi asosan, Windows XP operasion tizimiga mo’ljallab ishlab chiqilgan bo’lsa ham, hozirda unidan Windows ning boshqa versiyalarida ham keng foydalanilmoqda. ªar oyda, bu dasturiy vositaning yangilangan hamda to’ldirilgan versiyalari ishlab chiqilmoqda va tarqatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |