Windows 95 – Microsoft kompaniyasining eng universal va eng ko’p tarqalgan operasion tizimidir. Ofislarda, korxona va tashkilotlarda, shaxsiy maqsadlar uchun uylardagi kompyuterlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin. Ko’plab ilova-dasturlariga ega. Dasturlarning xavfsizligini ta’minlovchi usullarga mavjud. Asosiy kamchiliklari - talab qilingan darajada ishonchli emasligi va Internet bilan ishlashga mo’ljallanmaganligidir.
Windows 98 - Windows 95 ning takomillashgan ko’rinishi bo’lib, o’zining ishonchliligi, dasturlarni himoya qilish vositalarining ko’pligi hamda grafik ma’lumotlar bilan katta tezlikda ishlay olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Birorta ham qo’shimcha qurilmaviy yoki dasturiy vositalarsiz Iinternet dan keng foydalana olish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham hozirda eng ko’p tarqalgan operasion tizimdir.
№
|
Operatsion tizim
|
Ishlab chiqilgan yili
|
Tezkor xotiraga qo’yilgan talab
|
Minimal sig’im
|
Taklif qilingan sig’im
|
1
|
MS DOS 6.0 – 6.22
|
1991-1993
|
640 Kb
|
1 Mb
|
2
|
Windows 3.1
|
1992-1993
|
4Mb
|
8-16 Mb
|
3
|
Windows 95
|
1995-1998
|
8 Mb
|
16-32 Mb
|
4
|
Windows 98
|
1998-2000
|
16 Mb
|
32-64 Mb
|
5
|
Windows NT
|
1999
|
32 Mb
|
64-128 Mb
|
6
|
Windows 2000
|
2000
|
32 Mb
|
34-128 Mb
|
7
|
Windows Me
|
2001
|
32 Mb
|
64-128 Mb
|
8
|
Windows XP
|
2002
|
64 Mb
|
128 -256 Mb
|
9
|
Windows 2003
|
2003
|
128 Mb
|
256-512 Mb
|
10
|
Windows Longhorn
|
2004
|
128 Mb
|
256-512 Mb
|
11.
|
Windows Vista
|
2006
|
512 Mb
|
1 Gb
|
12.
|
Windows 2007
|
2007
|
512 Mb
|
1 Gb
|
Windows NT – kichik va katta kompyuter to’rlarini boshqarish maqsadida ishlab chiqilgan. Ishonchli tarzda ishlashini ta’minlovchi va kompyuter qurilmalarini hamda dasturlarni muhofaza qila oluvchi samarali vositalarga ega. 1999 yilda ishlab chiqarilgan.
Asosiy kamchiligi – shaxsiy maqsadlarda har kuni foydalanadigan dasturlar bilan ishlashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi (masalan, ishlash sur’ati kamayadi). Shuning uchun ham yakka kompyuterlarda kamdan-kam hollardagina qo’llaniladi.
Quyidagi versiyalari ishlab chiqilgan:
Windows NT Server – kompyuter to’rlarini boshqarish uchun;
Windows NT Professional – biryo’la ko’plab mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun;
Windows NT Datacenter – yirik tashkilotlarning kompyuter to’rlarini boshqarish uchun.
Windows 2000 - Windows 98 va Windows NT operasion tizimlarining barcha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ayniqsa, bu tizimning qulayligi multimedia ma’lumotlari bilan, kompyuter to’rlari va Internet bilan ishlaganda yaqqol seziladi.
Bu operasion tizimning ham yuqoridagidek Windows 2000 Server, Windows 2000 Professional va Windows 2000 Datacenter kabi versiyalari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |