Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 6,36 Mb.
bet13/96
Sana03.12.2022
Hajmi6,36 Mb.
#877385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

KOMPYUTERNING ZAMONAVIY TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI
KURSI BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaLARINI
IShLAB ChIQIShNING KONTsEPTUAL ASOSLARI

Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini orttirishda fanlar bo’yicha ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Kursni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.


Kursning maqsadi. “Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti” fanini o’qitishdan maqsad - informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilimlar va amalda qo’llash uchun ko’nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, fan har bir kasb egasining faoliyatida kerak bo’lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Kursni o’qitishning vazifalari. Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanining vazifasi:
- kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash printsiplari, asosiy texnik vositalari bilan tanishish;
- mikroprosessorlar, ularning turlari, vazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, ulardan foydalanishni o’zlashtirish;
- ChIPlar, mikroelektron priborlar va qurilmalarning tuzilish printsipi, tezkor va doimiy hotira qurilmalarini tashkil etish;
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, operatsion sistemalar, operatsion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funktsiyalari, operatsion sistema tarkibi: ichki(o’rnatilgan) va tashqi(utilit–dasturlar), operatsion sistema buyruqlari, tarmoq operatsion sistemalari, zamonaviy operatsion sistemalar, amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish.
.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari tarkib topadi.
Muammli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga echim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vasitalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitishning metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash, taqdimot, bahs) muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzuning mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vasitalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ma’ruza matni, ko’rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiya vositalari keng ko’lamda tatbiq etiladi.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning naitijalarini reja asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki yoki test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Baholarning haqqoniy bo’lishiga, oshkoraligiga alohida e’tibor qaratiladi.
1-mavzu: Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanining predmeti.
Reja:
1. Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti fanining asosiy tushunchalari.
2. Kompyuter, axborot texnologiyalari tushunchasi.
3. Axborot texnologiyalari va uning taraqqiyot bosqichlari.
4. Axborot texnologiyalarining axborot, texnik va dasturiy ta’minoti.
5. Kompyuter texnologiyalari va uning bugungi kundagi o’rni, ahamiyati hamda istiqbollari.

Hozirgi paytda respublikamiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish - fan yutuqlarini ishlab - chiqarishga zudlik bilan joriy qilish ќamda mavjud boshqarish usullarini tubdan qayta ko’rib, takomillashtirishni talab qilmoqda.


Bu sohada olimlarning, muhandis - texnik xodimlarning, rahbar hamda ma’muriy xodimlarning, xullas, barcha mutaxassislarning kerakli axborotlar bilan o’z vaqtida ta’minlanganligi katta ahamiyatga egadir. Chunki insoniyatning ijodiy mahsuli bo’lgan axborotlarlardan oqilona foydalanib, fanni, texnikani, iqtisodni, umuman olganda, jamiyatning barcha sohalarini talab darajasida rivojlantirish mumkin.
Shuning uchun ham har qanday jamiyatning rivojlanish darajasi, shu jamiyatning axborotlashtirilish darajasi bilan chambarchas boђliqdir. Haqiqatdan ham, jahondagi dolzarb bo’lgan barcha muammolar katta hajmdagi zarur axborotlarni yiђish, saralash, qayta ishlash, tahlil qilish orqaligina hal qilib kelingan hamda hal qilinmoqda.
O’tgan asrimiz jahon fan va texnikasi sohasida qo’lga kiritilgan olamshumul ixtiro va kashfiyotlar bilan ahamiyatlidir. Ammo bu fan va texnika yutuqlari o’z navbatida jahondagi axborot zahiralarining keskin ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning so’nggi choragida axborot zahiralarining hajmi shunday darajada o’sib ketdiki, hatto mutaxassislar bu chorakni "axborotlar portlashi» davri deb ta’riflay boshlashdi.
Darhaqiqat, YuNESKOning ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi paytda jahonda:
- axborotlar oqimining hajmi o’tgan asrning oxiriga kelib, asr boshiga nisbatan 30 baravariga oshgan va geometrik progressiya jadalligida oshishda davom etmoqda;
- chop etilayotgan nashriyot mahsulotlarining soni har 10 -15 yilda, aloqa uzatish kanallarining soni har 10 yilda, ma’lumotlar bazasining soni har 8 -9 yilda ikki baravarga ko’payib bormoqda hamda kelajakda ularning bunday ko’payish davrining tobora qisqarib borishi kutilmoqda;

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish