2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: EXCEL dasturida formula, funktsiya va grafiklardan foydalanish bo’yicha ma’lumot va tavsiyalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. EXCEL dasturida formula va funktsiyalarni amaliyotda qo’llay oladi.
2.2. EXCEL dasturida har xil grafiklardan foydalana oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Excel da tayyorlanadigan ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish mumkin, bu hollarda formulalardan foydalaniladi.
Yacheykada formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt “=” tenglik hisoblanadi. Masalan, N8 yacheykasida =A5+4*V6 ko’rinishda formula yozilsa, N8 yacheykaning qiymati A5 va 4 ta V6 ning yig’indisidan iborat bo’ladi.
Excel da ishlatiladigan arifmetik operatsiya belgilari:
+(qo’shish), -(ayirish), *(ko’paytirish), /(bo’lish), (darajaga ko’tarish).
Excel da quyidagi matematik funktsiyalar mavjud:
PRODUCT – argument qiymatlarining ko’paytmasini hisoblash.
SQRT – sonning kvadrat ildizini hisoblash.
FACT – argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblash.
RAND – 0 va 1 oraliqdagi tasodifiy sonni hisoblash.
ABS – argument qiymatining modulini hisoblash.
EXP – sonning eksponentasini hisoblash.
SIN – sonning sinusini hisoblash.
COS – sonning kosinusini hisoblash.
TAN – sonning tangensini hisoblash.(radianlarda).
Excel da quyidagi statistik funktsiyalar mavjud:
AVERAGE – barcha argumentlar qiymatining o’rta arifmetigini hisoblash.
MAX – argumentlar ro’yxatidan eng kattasi.
MIN – argumentlar ro’yxatidan eng kichigi.
SUM – barcha argumentlar qiymatining yig’indisini hisoblaydi.
Grafik va diagrammalar chizish uchun Maстердиаграмма sining muloqot darchasida Стандарные tanlanadi.
Muhokama uchun savollar: 2.1. EXCEL da formula va funktsiyalardan foydalanish tartibi.
2.2. EXCEL da diagramma va grafiklar qanday hosil qilinadi.
2.3. EXCEL da sonli ma’lumotlarni vertikal va gorizontal qo’shish
qanday bajariladi.
2.4. EXCEL da tayyorlangan ma’lumotni printerga chiqarish tartibi.
2.5. Toshkent – Moskva aviareys yo’lovchilari yo’l haqi hisobi(so’mda)ni aks ettiruvchi ma’lumot tayyorlash va natijani chiqarish amallarini bajaring:
№
Tayyora turi
Yo’lovchilar soni
Yo’l haqi
Jami
1.
AN – 24
57
3400
2.
IL – 62
250
3800
3.
TU – 32
125
3460
4.
TU – 154
120
3460
Jami:
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muamolar: 1. EXCEL dasturining o’zbekcha ish yuritadigan variantlarini yaratish.
2. EXCEL da ma’lumotlarni ifodalashning diagramma va gistogramma usullarini takomillashtirish.