Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 2,61 Mb.
bet51/79
Sana23.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#694638
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79
Bog'liq
inf va at majmua toshtemirov d

Asosiy savollar:
1. EXCEL dasturi bilan tanishish va unda ishlash.
2. EXCEL dasturida formula, funktsiya va grafiklardan foydalanish.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: EXCEL dasturi, elektron jadval, qator, ustun, yacheyka, ishchi kitob, formula, funktsiya, diagramma, gistogramma.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. EXCEL dasturi ishchi oynasidagi uskunalar panelida mavjud tugmachalar ish jarayonida etarli bo’lmasa, uni o’rnatish uchun qanday ishlar bajarish kerak deb o’ylaysiz. Javobingizni izohlab bering.
2. EXCEL dasturida formula va funktsiyalardan foydalanishda matematik amallarni bajarish tartiblarini yaxshi o’zlashtirish zarur degan fikr mavjud. Siz ushbu fikrga qanday qaraysiz? Agar sizda boshqa fikr bo’lsa, javobingizni izohlang.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga EXCEL dasturi bilan tanishish va unda ishlash bo’yicha ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. EXCEL dasturi va uning imkoniyatlarini so’zlab bera oladi.
1.2. EXCEL dasturida ishlash ko’nikmasiga ega bo’la oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash, ularni tahlil qilish, hisob kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar yaratilgan bo’lib, ular elektron jadvallar yoki jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron jadvallardan Super Calc va Excel dasturlari keng tarqalgan. Elektron jadvallar juda ko’p sohalarda jumladan, bank va soliq tizimlarida, iqtisodiy masalalarni echishda qo’llanilib kelinmoqda.
Zamonaviy talablarga javob beradigan va keng imkoniyatlarga ega bo’lgan elektron jadvallardan biri Excel dasturi bo’lib, Microsoft firmasining mahsulidir. Dasturni ishga tushirish uchun, WINDOWS ishchi stolida Excel ga mos keluvchi (piktogramma) yorliqni “Sichqoncha” ko’rsatkichi orqali chap tugmasini bosish bilan ishga tushiriladi. Agar WINDOWS ishchi stolida Excel yorlig’i bo’lmasa, “Пуск” tugmasi yordamida “Программы” bo’limida joylashgan Excel yorlig’i orqali ishga tushiriladi. Natijada ekranda dasturning ishchi oynasi hosil bo’ladi.
Elektron jadval ishchi oynasining yuqori qismida sarlavha satri, menyu satri, uskunalar paneli kabilar joylashgan. Uskunalar paneli Excel buyruqlarining aksariyatini va qo’shimcha amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel atamasida odatda bunday faylga “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
Excel elektron jadvali 16384 qator va 2560 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, …, Z, AA,AB,…, IV) bilan belgilangan.
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligi va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Excel dasturi menyusi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Данные, Oкно, ?
Bu keltirilgan bo’limlarning shakli Microsoft Office dasturlarini-kiga aksariyat hollarda o’xshash bo’lsada, mazmunan Excel ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yaratilgan. Bundan tashqari ba’zi bo’limlar faqat mazkur dasturga tegishli vazifalarni bajaradi.
Muhokama uchun savollar:
1.1. EXCEL dasturini ishga tushirish qanday bajariladi va ekrani
elementlari tarkibi nimalardan iborat.
1.2. EXCEL dasturi qanday vazifani bajaradi.
1.3. EXCEL dasturida ma’lumotlar kiritish va jadvallar ustida ishlash
qanday bajariladi.
1.4. EXCEL dasturida kiritilgan ma’lumotni xotiraga yozish va
xotiradagi ma’lumotni qanday chaqirib olish mumkin.
1.5. EXCEL dasturi menyusi tarkibi nimalardan iborat.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish