2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlashda ishlatiladigan operatorlari haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Takrorlash operatorlari va ularning ishlatilishiga izoh bera oladi.
2.2. Takrorlanuvchi jarayonlarga dastur tuza olish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Agar algoritmning ma’lum bir qismi bir yoki bir necha bor takrorlansa, bunday algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga dastur tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Takrorlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
n FOR x=a TO b STEP h
{Takrorlanuvchi ifodalar}
n NEXT x
Bunda: n – satr nomeri, FOR – operator nomi, uchun degan ma’noni bildiradi, TO – yordamchi so’z bo’lib, gacha degan ma’noni bildiradi, STEP – yordamchi so’z bo’lib, qadam degan ma’noni bildiradi, x - butun yoki haqiqiy turdagi o’zgaruvchi bo’lib, takrorlanuvchi jarayonning parametri deb ataladi, a, b, va h - mos ravishda parametrning boshlang’ich, oxirgi qiymati va o’zgarish qadamidan iborat bo’lib, umuman ifodalar bo’lishi mumkin. Jarayon boshlanishidan oldin bu ifodalarning qiymati bir marta hisoblanadi va jarayonning oxirigacha o’zgarmaydi, NEXT - takrorlanuvchi jarayonning oxirini ko’rsatuvchi operator.
Agar parametrning qadami h birga (hq1) teng bo’lsa, takrorlash operatorining ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
n FOR x=a TO b
{Takrorlanuvchi ifodalar}
n NEXT x
Masalan: takrorlash operatori 30 FOR x=1 TO 20 STEP 3 ko’rinishda berilsa 1 dan 20 gacha sonlardan 1, 4, 7, 10, 13, 16, 19 kabi sonlarni o’zgaruvchiga qiymat sifatida oladi.
1-misol. 1 dan n gacha barcha natural sonlarning yig’indisini hisoblash dasturi tuzilsin.
Bu masalani qisqacha quyidagicha yozish mumkin:
10 REM Yig’indini hisoblash
20 INPUT n
30 S=0
40 FOR I=1 TO N
50 S=S+I
60 NEXT I
70 PRINT S
80 END
2-misol. 1 dan n gacha barcha natural sonlarning ko’paytmasini hisoblash dasturi tuzilsin.
Bu masalani qisqacha quyidagicha yozish mumkin:
10 REM Ko’paytmani hisoblash
20 INPUT n
30 P=1
40 FOR I=1 TO N
50 P=P*I
60 NEXT I
70 PRINT P
80 END
Muhokama uchun savollar:
2.1. Takrorlanuvchi jarayon nima?
2.2. Takrorlanuvchi jarayonlarning algoritmini tuzing?
2.3. Takrorlash operatorlarining umumiy ko’rinishini yozing?
2.4. Takrorlash operatorlarining ishlash jarayonini tushuntiring?
2.5. Ichma-ich joylashgan takrorlash operatorlari va ularning ishlash
tartibi haqida ma’lumot bering?
2.6. Quyidagi takrorlanuvchi jarayonlarga mos dastur tuzing:
a) , bunda n=25; b) , bunda n=18.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Murakkab jarayonlarni hisoblovchi dasturiy vositalarni yaratish va ularni takomillashtirish.
2. Zamonaviy dasturlash tillari yordamida murakkab jarayonlarni hisoblash va nazorat qilishning dasturiy vositalarini yartaish.
Do'stlaringiz bilan baham: |