Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 2,61 Mb.
bet36/79
Sana23.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#694638
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
inf va at majmua toshtemirov d

Asosiy savollar:
1. Tarmoqlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash.
2. Takrorlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: tarmoqlanuvchi jarayon, takrorlanuvchi jarayon, shartli o’tish, shartsiz o’tish, tarmoqlash operatorlari, takrorlash operatori.
Mavzuga oid asosiy muammolar:

  1. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda faqat shartli o’tish operatorlari ishlatiladi. Aytingchi ushbu fikr to’g’rimi yoki yo’qmi? Sizningcha yana qanday operatorlardan foydalanish mumkin? Javobingizni tushuntiring.

  2. Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan barcha operatorlar takrorlash operatorlari deyiladi. Ushbu fikrga qanday qaraysiz? Javobingizni tushuntiring.

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan operatorlar va ularning dasturlashda qo’llanilishi to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan operatorlar-
ning ish jarayoniga tavsif bera oladi.
1.2. Takrorlanuvchi jarayonlarga dastur tuzish ko’nikmasiga ega bo’la oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlashda shartli o’tish operatori ishlatiladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
a) qisqa ko’rinishi:
IF < shart> THEN yoki IF GOTO
b) to’liq ko’rinishi:
IF < shart> THEN ELSE
Bunda, n – operator joylashgan satr nomeri. m, k – o’tilishi kerak bo’lgan satr nomeri. IF – operator, agar degan ma’noni bildiradi.
THEN – operatorning yordamchi so’zi bo’lib, bo’lsa, bajarilsa degan ma’noni bildiradi. ELSE – operatorning yordamchi so’zi bo’lib, aks holda degan ma’noni bildiradi. Shart – masalada berilgan shartli ifoda.
Dasturning bajarilishi satrlar nomerlarining o’sish tartibida amalga oshadi. Bu ketma – ketlikni bekor qilishga to’g’ri kelganda uni shartsiz o’tish operatori yordamida amalga oshiriladi.
Shartsiz o’tish operatorning umumiy ko’rinishi:
GOTO
Bunda, n - operator joylashgan satr nomeri.
m - o’tilayotgan satr nomeri.
GOTO - operator nomi bo’lib, ga o’t degan ma’noni bildiradi.
Misollar: Quyidagi funktsiyalarni berilgan shart bo’yicha qiymatini hisoblash dasturi tuzilsin:
1-misol. x>2
agar x<2 bo’lgan holda.
Bu funktsiyaning qiymatini hisoblash dasturi quyidagicha bo’ladi:
10 REM «Funktsiya qiymatini hisoblash»
20 INPUT x
30 IF x>=2 THEN 60
40 y=7*x^3-3*x^2+9*x
50 GOTO 70
60 y=(4*x)^(1/3)+2*x^2+7*x
70 PRINT “y=”;y
80 END
2-misol.
agar bo’lgan holda.
Bu funktsiyaning qiymatini hisoblash dasturi quyidagicha bo’ladi:
10 REM «Funktsiya qiymatini hisoblash»
20 INPUT x
30 IF x<5 THEN 70
40 IF x>10 THEN 90
50 y = x^3-8*x
60 GOTO 100
70 y=x^2+4*x-71
80 GOTO 100
90 y = SQR(x^2-5*x+10)
100 PRINT “y=”;y
110 END.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Tarmoqlanuvchi jarayon nima?
1.2. Tarmoqlanuvchi operatorlarning umumiy ko’rinishi qanday bo’ladi?
1.3. Shartsiz o’tish operatori qanday bajariladi?
1.4. Shartli o’tish operatorining ishlash jarayonini tushuntiring?
1.5. Tarmoqlanuvchi operatorning bajarilishiga misol keltiring?
1.6. Shartsiz o’tish operatori bajarilishiga misol keltiring?
1.7. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni sxemalar bloki yordamida ifodalang?
1.8. Tarmoqlanuvchi jarayonga tuzilgan dasturning ishlash jarayonini
tushuntiring?

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish