2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga algoritm tushunchasi, uning berilish usullari, xossalari, turlari va qo’llanilishi haqida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Algoritm tushunchasiga ta’rif bera oladi.
2.2. Algoritmning xosslari mazmunini ochib bera oladi.
2.3. Algoritmning berilish usullariga izoh bera oladi.
2.3. Algoritmning turlari haqida ma’lumot bera oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Algoritm so’zi IX asrda yashab ijod etgan buyuk vatandoshimiz Mahammad al-Xorazmiy nomining lotincha shaklidan olingan. Al - Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan «Dixit Algoritmi» nomli asarida har qanday masalani ketma-ket echish orqali natijaga erishish qonun-qoidalarini ko’rsatib o’tgan. Algoritm deganda biror masalani echish uchun berilgan aniq ko’rsatmalar ketma-ketligi tushuniladi.
Algoritmlash vaqtida algoritmlarning quyidagi xossalarini e’tiborga olish zurur:
Aniqlik (tushunarlilik) xossasi – algoritmning har bir ko’rsatmasi bajaruvchi uchun aniq va tushunarli bo’lishi kerak.
Ommaviylik xossasi – algoritmdagi berilgan ko’rsatmalar barcha uchun bir xil bo’lishi, berilgan ko’rsatmalar har qanday masalani echish uchun qo’llaniladigan umumiy qonun-qoidalardan chetga chiqmasligi kerak.
Diskretlik xossasi – algoritmda berilayotgan ko’rsatmalar chekli qadamlardan iborat bo’lishi zarur. Har bir berilayotgan ko’rsatmalar bo’laklangan alohida qismlardan iborat bo’lishi va har biri alohida ma’noga ega bo’lishi kerak.
Natijaviylik xossasi – tuzilayotgan har bir algoritmda berilgan masalaning natijasi qanday ko’rinishda chiqarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
Algoritmlarning berilishi yoki ularni tasvirlash usullari quyidagilardan iborat bo’ladi:
Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi.
Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi.
Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi.
Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.
Algoritmning grafik (geometrik sxemalar) shaklida tasvirlanishi.
Berilgan masalaning ko’rinishiga qarab, algoritmlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Chiziqli algoritmlar.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Takrorlanuvchi algoritmlar.
Muhokama uchun savollar: 2.1. Algoritm tushunchasiga tarif bering.
2.2. Algoritm tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?
2.3. Algoritmning qanday turlari bor?
2.4. Algoritmning qanday berilish usullari mavjud?
2.5. Algoritmning berilish usullariga misol keltiring?
2.6. Algoritmlarning qanday xossalari bor?
2.7. Algoritmlashning qanday ahamiyati bor?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar: 1. Murakkab ob’ektlarning matematik modelllarini yaratish.
2. Murakkab ob’ektlarga kompyuter texnologyasini qo’llash
algoritmlarini yaratish.
10-mavzu: Dasturlash asoslari
Ajratilgan vaqt - 2 soat.