V – MODUL. MA’LUMOTLAR USTIDA IShlaSh.
18-mavzu: Axborotlarni grafik usulda qayta
ishlash texnologiyalari.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.
Asosiy savollar:
1. Kompyuter grafikasi asoslari va ularning imkoniyatlari.
2. Microsoft Paint grafik muharriri va unda ishlash.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Kompyuter grafikasi, grafik muharrir, rasm va ranglarni tahrirlash, uskunalar majmuasi, rasmni qirqish, rasmni o’chirish, rasm hajmini o’zgartirish.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Kompyuter grafikasida grafik mahsulotlarni qayta ishlashda ularning hajmi, ko’rinishi va rangi kabi parametrlari o’zgartiriladi. Ushbu aytilgan fikrlar to’liq kompyuter grafikasi uchun to’g’ri deb o’ylaysizmi? Sizningcha grafik mahsulotlarning yana qanday parametrlarini qayta ishlash mumkin. Javobingizni izohlab bering.
2. Raint grafik muharriri ishchi oynasidagi uskunalar panelida mavjud tugmachalar ish jarayonida etarli bo’lmasa, uni o’rnatish uchun qanday ishlar bajarish kerak deb o’ylaysiz. Javobingizni izohlab bering.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kompyuter grafikasining asoslari va ularning imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Kompyuter grafikasining asoslari nimalardan iborat ekanligini
so’zlab bera oladi.
1.2. Kompyuter grafikasining imkoniyatlarini izohlay oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida turli xil shakl va garfiklar chizish, reklama, e’lonlar, taklif va tabriknomalar, matnli hujjatlarni illyustratsiyalash (bezash) kabi ishlarni bajarishga to’g’ri keladi. Bu holatlarda foydalanuvchi grafik muharrirlarga murojaat etishga to’g’ri keladi.
Grafik muharrirlar quyidagi imkoniyatlarga ega:
Ekranda yangi har xil shakl (garfik) yoki rasm chizish.
Rasmni xotiraga fayl tarzida yozish.
Xotiradan faylni (rasmni) ekranga chaqirish.
Rasmlar qismini ajratish.
Ajratilgan qismni boshqa joyga nusxalash.
Rasmni to’laliligicha boshqa joyga ko’chirish.
Yangi rasmni keltirib qo’yish.
Rasm (shakl)ni kichiklashtirish yoki kattalashtirish.
Chiziqlarni ixtiyoriy qalinlikda tanlash.
Bo’yoq (rang)larni tanlash.
Rasm tevaragiga (yoniga, tagiga, ustiga) matn yozish.
Turli shriftlardan foydalanish.
Ranglarni tahrirlash.
Ranglarni aralashtirib yangi rang olish.
Rasmni ekranda to’la, qisman ajratilgan holda ko’rish va tahrir qilish.
Rasmni chop etish.
Rasmni boshqa amaliy dasturlar (WORD va EXCEL)da qayta ishlash va boshqa ishlarni bajarish mumkin.
Bu imkoniyatlarning barchasi Microsoft firmasida yaratilgan PAINT grafik muharririda mavjud. Bu dastur tasvirlar muharriri bo’lib, mazkur dastur turli xil rasm va shakllarni hosil qilish va qayta ishlashda foydalaniladi. Unda hosil qilingan tasvir boshqa amaliy dasturlarda qo’llanilishi mumkin.
Muhokama uchun savollar:
1.1. Grafik muharrirlar vazifasi nimalardan iborat?
1.2. Grafik muharrirlar qanday imkoniyatlarga ega?
1.3. Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?
1.4. Kompyuter grafikasi qanday ahamiyatlarga ega?
1.5. Kompyuter grafikasi bilan ishlashda kerak bo’ladigan kompyuterning
texnik va dasturiy ta’minotlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |