127
dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari
ijrosi ta‘minlanishini ko‗rib chiqish va ularning bajarilishi uchun o‗z vaqtida tegishli
choralar ko‗rish tartibini joriy etish darkor.
O‗tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning
barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‗tkazilgan texnik audit
natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida
sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi ushbu audit natijalari asosida bir oy muddatda moddiy va
ma‘naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo‗yicha loyihalarning
amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq manbalariga alohida e‘tibor
qaratgan holda, tarmoq jadvallarini tasdiqlashi zarur.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‗z yuritar ekanmiz, shuni
tan olishimiz kerakki, bu yo‗nalishda eskidan qolgan va hali-beri ro‗y berib
kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon
bo‗ladi.
Avvalo, biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar
bo‗lmish neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‗i-energetika resurslaridan
oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni hamon o‗rganganimiz yo‗q. Bu
resurslarning katta qismidan ko‗proq yoqilg‗i sifatida foydalanyapmiz, xolos.
Muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emas.
Umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‗lgan ko‗plab muammolar
to‗planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish,
mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta‘minlash masalasi barcha
korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‗lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‗ta
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan engil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari
sanoati kabi iste‘mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida
ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash
va modernizatsiya qilish uchun katta mablag‗ sarflaymiz, ko‗p miqdordagi xorijiy
investitsiyalarni jalb etamiz.
Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to‗liq
foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo‗l qo‗yilayotgan kamchiliklar
mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o‗sib ketishiga olib kelmoqda.
Bunday vaziyatlarni tanqidiy baholab, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda
quyidagi masalalarni hal etishi zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: