142
qo‗llanishi mumkin. Solishtirma baholashni o‗tkazishga keladigan bo‗lsak, bu
holatda ikkala ko‗rsatkichni ham qarab chiqish lozim, chunki ular investorga
investitsiya loyihasi samaradorligini har tomonlama baholashga imkon beradi.
Daromadlilik indeksi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan bir xil ma‘noga ega:
«rentabellik indeksi», «foydalilik indeksi».
«Ichki daromadlilik normasi» ko‗rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor
qaratish kerakki, u solishtirma baholash uchun eng to‗g‗ri keluvchi ko‗rsatkich
hisoblanadi. Bunda solishtirma baholash nafaqat investitsiya loyihalari doirasida,
balki undan keng miqyosda ham qo‗llanishi mumkin (masalan, investitsiya loyihasi
bo‗yicha ichki daromadlilik normasini kompaniyaning joriy xo‗jalik faoliyati
jarayonida foydalaniluvchi aktivlarning foydalilik darajasi bilan, investitsiyalar
foydaliligining o‗rtacha normasi bilan, muqobil investitsiyalash bo‗yicha foydalilik
normasi bilan solishtirish).
Bundan tashqari, har bir kompaniya o‗zining investitsiya tavakkalchiligi
darajasini hisobga olgan holda o‗zi uchun investitsiya loyihalarini baholashda ichki
daromadlilik normasining mezon ko‗rsatkichini belgilashi mumkin. Ichki
daromadlilik normasi pastroq bo‗lgan loyihalar avtomatik ravishda real investitsiyalar
samaradorligiga mos kelmasligi sababli rad qilinadi. Bunday ko‗rsatkich investitsiya
loyihalarini baholash amaliyotida «ichki daromadlilik normasining yo‗l qo‗yish
mumkin bo‗lgan stavkasi» nomini olgan.
«Ichki daromadlilik normasi» ko‗rsatkichi shuningdek, boshqa nomlarga ham
ega, masalan, «investitsiyalar rentabellik normasi».
YUqorida ko‗rib chiqilgan ko‗rsatkichlarning barchasi o‗rtasida o‗zaro aloqa
mavjud. SHu sababli real investitsiyalar samaradorligini baholashda bu
ko‗rsatkichlarni kompleksli ravishda ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq.
«O‗zini qoplash davri» ko‗rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish
kerakki, bu ko‗rsatkich investitsiyalar samaradorligini bashoratlashdan tashqari,
investitsiyalar likvidligi bilan bog‗liq tavakkalchilik darajasini aniqlashda ham
qo‗llanishi mumkin (yaxshi bilamizki, loyihani amalga oshirish davri qanchalik uzoq
bo‗lsa, investitsiya tavakkalchiliklari ham shunchalik yuqori bo‗ladi). Bu
ko‗rsatkichning kamchiligi shundaki, u investitsiyalar o‗zini qoplagan davrdan keyin
shakllangan pul oqimlarini hisobga olmaydi. Masalan, ekspluatatsiya muddati uzoq
bo‗lgan investitsiya loyihalari bo‗yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdori
ekspluatatsiya muddati qisqa bo‗lgan investitsiya loyihalari bo‗yicha olingan sof
keltirilgan daromad miqdoridan ancha ko‗p bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: