AMALIY MAShG‘ULOTLAR:
1 – amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Informatikadan o‘quv mashg‘ulotini olib borishda o‘qituvchi uchun kerak bo‘lgan o‘quv-uslubiy ta'minotini yaratish.
Darsning maqsadi: Informatikadan o‘quv mashg‘ulotini olib borishda o‘qituvchi uchun kerak bo‘lgan o‘quv-uslubiy ta'lim jihozlarini tahlil qilish va ularni tayyorlash ko‘nikmasini shakllantirish va mustahkamlash.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Informatika fanidan DTS va o‘quv dasturlari mazmunini izohlay oladi.
2. Informatika fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tahlil qila oladi.
3. Informatika fanidan ishchi o‘quv dastur, yillik kalendar tematik reja, bir soatlik dars rejasi va ishlanmasi kabi uslubiy materiallarni yarata oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Ta'lim muassasalari uchun DTS, Informatika fanidan o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, ma'ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Ta'lim muassasalari uchun joriy qilingan DTSlarni o‘rganib, ularning mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
2. Ta'lim muassasalari DTSlarda Informatika fanining mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
3. Informatika fanidan o‘quv dasturlari mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
4. O‘quv yurtalari uchun o‘quv adabiyotlari turlari va ularning mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
5. O‘quv yurtlari uchun kalendar tematik reja tuzish ishlarini bajaring.
Tekshirish uchun savollar:
1. DTS nima va u nima uchun xizmat qiladi?
2. Informatika fanidan DTS talablari mazmuni nimalardan iborat?
3. O‘quv dasturi nima?
4. O‘quv dasturi mazmuni nimalardan iborat?
5. O‘quv adabiyotlarining qanday turlari bor?
6. Darslik nima va unga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
7. O‘quv va metodik qo‘llanmalar nima uchun xizmat qiladi?
8. Yillik kalendar tematik reja nima asosda tuziladi?
9. Bir soatlik dars ishlanmasi qanday tuziladi va uning mazmuni nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»,T., 1997.
2. Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi, «Ta'lim taraqqiyoti» Axborotnomasi 4-maxsus son, T., 1999, 2006 yy.
3. O‘rta maxsus,kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi,T.,2001 y.
4. I. Isoqov. «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan ma'ruza matnlari». Guliston, 2000 y.
5. D. E. Toshtemirov. «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma'ruza matnlari», Guliston,2004 y.
2 – amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va kompyuterda masalalar yechish bosqichlarini o‘rganish.
Darsning maqsadi: Informatikadan amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish va kompyuterda masalalar yechish bosqichlarini tahlil qilish hamda ulardan foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Informatika fanidan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar mazmunini ajrata oladi.
2. Informatika fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga ishlanmalar tuza oladi.
3. Kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga izohlar bera oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Informatika fanidan o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, ma'ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1. Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlar mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
2. Informatika fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari mazmuni haqida ma'lumotlar tayyorlang.
3. Masala tushunchasi va uning berilishi haqida ma'lumotlar tayyorlang.
4. Masalaga model tuzish jarayoni haqida ma'lumot tayyorlang.
5. Masalaga algoritm tuzish jarayoni haqida ma'lumot tayyorlang.
6. Masalaga dastur tuzish jarayoni haqida ma'lumot tayyorlang.
7. Masalani kompyuterga kiritish va natija olish jarayoni haqida ma'lumot tayyorlang.
Tekshirish uchun savollar:
1. Informatika fanidan qanday mashg‘ulotlar olib boriladi?
2. Informatika fanidan amaliy mashg‘ulotlar qanday tashkil qilinadi?
3. Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bir-biridan qanday farq qiladi?
4. Kompyuterda masala yechish uchun qanday bosqichlarda ish olib boriladi?
5. Modellashtirishning qanday turlari bor?
6. Algoritmlashning qanday ahamiyati bor?
7. Dasturlash nima uchun xizmat qiladi?
Adabiyotlar:
1. A. A. Abduqodirov. «Algoritm, dastur, EHM», T., O‘qituvchi, 1992 y.
2. S.S. +osimov, A.A. Obidov, «Kompyuter olami», T., Cho‘lpon, 2001 y.
3. A. Sattorov, B. +urmonboev, «Informatika va xisoblash texnikasi asoslari», T., O‘qituvchi,1996 y.
4. I. Isoqov, “Informatikadan mashqlar to‘plami” T.,1997 y.
5. I. Isoqov, «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan ma'ruza matnlari», Guliston, 2000 y.
6. D. E. Toshtemirov, «Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan muammoli ma'ruza matnlari», Guliston,2004 y.
3 – amaliy mashg‘ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |