Asosiy g‘oyalar
|
|
Olimlarning F.I.Sh.
|
|
|
|
|
|
Ch.Bebbidj
|
|
|
Ada Lavleys
|
EHMning birinchi avlodi
|
|
|
EHMning ikkinchi avlodi
|
|
|
EHMning uchinchi avlodi
|
|
|
EHMning to‘rtinchi avlodi
|
|
|
|
1985 g.
|
|
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fani bo‘yicha birinchi darslik
|
|
|
Informatika o‘qitish metodikasini o‘rganishning maqsadi o‘qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Informatikada nimani va qanday o‘qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda informatikani o‘qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta'lim tizimida informatikani o‘qitish konsepsiyasi va davlat ta'lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o‘qitishdagi o‘ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim. Informatika o‘qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o‘quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o‘quv predmeti bir-biridan avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o‘quv predmeti informatika fanidan o‘quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan ma'lumotlarnigina oladi. Informatika o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi. Informatika o‘quv predmeti tarkibiga kiritilgan o‘quv materialining hajmi to‘g‘risidagi masala hal etilgandan so‘ng, ushbu o‘quv materiali o‘quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim. Informatika o‘qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash lozim. Bularga o‘quv materialini o‘rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatikadan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli material baza, ya'ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim. Havfsizlik texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika o‘qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi. Va niqoyat, informatika o‘qitish uslubiyotining masalalari qatoriga, aniqrog‘i, uning maxsus qismiga, informatika kursining barcha bo‘limlarining ularni bayon qilish mahoratini nuqtai nazaridan qarab chiqish kiradi. Informatika o‘qitish uslubiyotini «Informatika» o‘quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta'minotni tadqiq etish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shaxobchasi sifatida qarash mumkin.
Informatika o‘qitish metodikasi nimani o‘rganadi?
Informatika o‘qitish metodikasi oldida qanday asosiy vazifalar qo‘yiladi?
Informatika o‘qitish metodikasini rivojlantirish tarixi haqida nimani bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasida informatika o‘qitish metodikasini rivojlantirish tarixi haqida nimani bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |