Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
Avtomobil transporti 
U  yuklar  va  yo‘lovchilarni  relssiz  yo‘llarda  tashuvchi  transport  turiga 
kiradi. Ular asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1.  
Yuklarni  magistral  transporti  (paroxod,  samolyot  poyezd  va  h.k.)  ga 
tushirish va olib borish. 
2.  
Sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini qisqa vaqt ichida tashish. 
3.  
Yuklarni qurilish va savdo uchun tashish. 
4.  
Uzoq  masofalarga  avtomobil  transportida  tez buziladigan, qimmatbaho, 
tez  olib  borilishi  kerak  bo‘lgan  transportning  boshqa  turlari  bilan  tashish, 
tushirish, ortish qiyin bo‘lgan yuklarni tashish. 
Hozirgi  davrda  iqtisodiyotning  biror-bir  sohasi  o‘z  vazifalarini  avtomobil 
transportisiz bajara olmaydi. 
 
Avtomobil  transportiga  bo‘lgan  mehnat  va  pul  sarfi  boshqa  transport 
turlaridan  ko‘proq  bo‘lsa  ham  iqtisodiyotning  hamma  bosqichlarida  keng 
yoyilgan.  Avtomobil  transportida  yuklarni  tashish  samaralidir.  Ayniqsa,  yuklarni 
«eshikdan  eshikkacha»  tashishda,  yuklarni  ortish  va  tushirishga  sarflangan 
harajatlar yuklarning yo‘ldagi vaqtlarini qisqartiradi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va mamlakat 
aholisi  ehtiyojlarini  qondirish  darajasida  rivojlangan  avtomobil  transportiga  ega. 
Respublika  yuk  mashinalari,  jumladan,  Do‘stlik  shahar  avtomobil  zavodida 


 
62 
«Mersedes  -  Bens»  so‘drovchilar  vazifasiga  ko‘ra  ixtisoslashtirilgan  (o‘t 
o‘chirish,  un,  paxta,  qurilish  materiallari  tashish,  sanitariya  va  boshqa) 
avtomobillar bor.  
 
Respublikada  xalq  xo‘jaligining  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi  qurilish,  suv 
xo‘jaligi,  aloqa,  savdo,  sog‘liqni  saqlash,  kommunal  xo‘jaligi,  madaniyat, 
mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari 
mavjud. 
 
1999  yilda  Respublikada  umumiy  foydalaniladigan  avtomobillar,  ya’ni 
yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 14,1 ming avtobus va 4,3 mingdan ortiq  yengil 
mashinalari  ishladi.  Respublika  bo‘yicha  2892  avtobus  marshrutlarida  (593  ta 
shahar,  1768  ta  shahar  atrofi,  532  ta  shaharlararo)  avtobuslar  qatnadi.  Har  kuni 
5000  ga  yaqin  avtobus  qatnaydi.  1998  yili  avtobuslarda  1879,6  mln.  yo‘lovchi 
tashildi.  Umumiy  foydalaniladigan  yuk  va  yo‘lovchilar  tashuvchi  avtomobil 
transportining 
yirik 
korxonalari 
O‘zavtotransport 
davlat 
hissadorlik 
Korporatsiyasi  tarkibiga  kiradi.  Korporatsiya  1993  yil  yanvarda  tashkil  etilgan. 
Korporatsiya  tarkibiga  hissadorlik  jamiyatlariga  aylantirilgan  yo‘lovchi  tashishni 
amalga oshiradigan 99 ta, yuk tashish bilan shug‘ullanadigan 99 ta va aralash 67 ta 
avtokorxonalar  bor.  Bu  avtokorxonalarda  14  mingdan  ortiq  avtobus,  24,6  ming 
yuk  avtomobili  (10  mingga  yaqini  o‘zi  ag‘daruvchi  mashinalar)  bo‘lib,  ularda 
1999  yili  220,6  mln.  tonnaga  yaqin yuk tashildi (jami transport turlarida tashilgan 
umumiy yuk hajmining 24,7%i avtomobil transportida tashilgan). 
 
Korporatsiyaning  «O‘ztashishtrans»  savdo  transport  birlashmasi  va 
«O‘zbekavtotur»  firmasi  xalqaro  yuk  tashish  va  yo‘lovchilar  qatnoviga  xizmat 
ko‘rsatadi.  1999  yil  Avstriya,  Germaniya,  Eron,  Xitoy,  Turkiya  va  boshqa 
mamlakatlarga  16  ming  tonna  yuk  yetkazib  berildi. Keyingi yillarda Korporatsiya 
aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishi rivojlanmoqda. 
 
Tarmoq  korxonalari  uchun  muhandis  -  texnik  xodimlar  12  mutaxassislik 
bo‘yicha  Toshkent  avtomobil  va  yo‘llar  institutida,  Qo‘qon,  Buxoro,  Urganch, 
Toshkent  avtomobil  va  yo‘llar  kollejlarida  tayyorlanadi.  «O‘zavtotrans» 
Korporatsiyasi huzurida 15 ta avtomobil o‘quv kombinati va ularning 100 ta filiali 
ishlaydi.  Avtomobil  transporti  tizimida  O‘zbekiston  hissadorlik  sug‘urta 
kompaniyasi  yo‘lovchilarni sug‘urta qilish ishlari bilan shug‘ullanadi.  

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish