Investitsiyalarni kamaytirish strategiyasi kiritilgan sarmoyadan ko‘proq
qaytara olishga imkon beruvchi logistik tizimni tashkil qilishning eng yaxshi
yo‘llarini qidirish bilan bog‘liqdir. Tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (omborga joylashtirishni chetlab o‘tib) yetkazib berish, umumiy
foydalanish omborlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va distribyutsiyada JIT
konsepsiyasini kengroq qo‘llash, logistik tizimda logistik sheriklardan
foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |