“Yetakchi indikatorlar” usuli. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamik
qatorlaridan foydalaniladi, Ularni o‘zgarishi qidirilayotgan ko‘rsatkichni
bashoratlash uchun tendensiyani aks ettirishga imkon beradi. Bashoratlash davri –
o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Hayotiy davrning tahlili” usuli. Bu usul talab va sotishlar hajmini
bashoratlash uchun yangi tovarlarning egri hayotiy davridan foydalaniladi.
Hayotiy davrning pallalari tegishli tahliliy bog‘liqliklar bilan belgilanadi.
Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |