4.2. Logistika tizimida mahsulotlar taqsimotining
asosiy kanallari va vositachilari
Qoida bo‘yicha taqsimlash vazifasiga: mahsulotlarni to‘plash va tarqatish;
tovarlarni joylashtirish, saralash va jamlash; mahsulotga egalik qilishning sotib
oluvchidan sotuvchiga o‘tishi; ombordagi tovarlarni saqlash va himoyalash;
sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida muzokaralar olib borish va shartnomalarni
imzolash; tovarlarga egalik qilish huquqining sotuvchidan sotib oluvchiga o‘tishi
kiradi.
Taqsimlash jarayoni vazifalari quyidagilarga bo‘linadi:
1) tijorat, ya’ni mulkka egalik qilish huquqi boshqa bir shaxs nomiga
o‘tkazish amalga oshirilayotgan xarid va sotuv jarayonlarida yordam beruvchi
vazifalar.
2) fizik, ya’ni tovarlarni tashish va ularning butunligini ta’minlash vazifalari.
Taqsimlashning quyidagi turlari mavjud:
a) Selektiv taqsimlash
Bunda, ulgurji savdo qiluvchi ishtirokisiz-10 ta shartnoma
I
I
I
I
CH CH CH CH
CH CH CH CH
Bu ko‘rinishda ulgurji savdo Bu yerda: I-ishlab chiqaruvchi;
qiluvchi - 10 ta shartnoma U-ulgurji savdo;
U
44
bajarilgan CH-chakana savdo,
bu ulgurji savdo qiluvchi
ta’sirida 6 ta shartnoma
bajarilgan (ya’ni shartnoma soni 40 % ga
kamaygan).
b) Intensiv taqsimlash
U
Tovar ishlab chiqaruvchilar
Ulgurji savdo qiluvchilar CH CH CH CH CH
CH
Chakana savdo
Ulgurji savdo qiluvchi Ulgurji savdo qiluvchi
ishtirokisiz 24 shartnoma ta’sirida 6 shartnoma
(shartnomalar soni 50 %ga
kamaydi)
Turli darajadagi taqsimlash kanallariga misollar:
- yuklarni jo‘natish, rasmiylashtirish va to‘plash uchun zarur vaqt-sutka.
Turli
kommunikatsiya
vositalaridan,
buyurtmalarni
tayyorlash
texnikalaridan, har xil transport modellaridan foydalanish natijasida buyurtmalarni
tayyorlash uchun ketgan vaqt ko‘rsatkichlarining xilma - xilligiga olib keldi.
Buyurtmalarning bajarilish vaqtlari o‘rtasidagi farq resurslarga bo‘lgan talab
va jamg‘armalarning ishonchliligiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Uzoq
muddat davomida buyurtmalarning bajarilishi ko‘pchilik mintaqaviy omborlardagi
mahsulot zahirasining o‘sishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, juda qisqa
muddatda tayyorlangan buyurtmalarda xatolik vujudga kelishi mumkin. Natijada
resurslar kerakli miqdorda, zaruriy sifatda yoki o‘z vaqtida olib borilmaydi.
Buyurtmani amalga oshirishga sarflangan vaqt tarqatish, marketing,
kreditlash, amalga oshirish xizmatlari singari vazifalarni bajaruvchi mahsulot
ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. U
taqsimlash kanallarining rivojlanish holatiga bog‘liqdir. Aksariyat sanoat firmalari
qisman shunday taqsimlashni nazorat qiladi, shuningdek, fizik taqsimlash tizimida
ham ularning chegaralangan darajadagi ta’sirlari bor.
Taqsimlash kanallarining vazifa va tuzilmalari o‘zgarishi logistika
texnologiyalarini qayta tashkil qilgan, firma mahsulotlari va xizmatlar sifatini
oshirishga ham bog‘liqdir. Logistika samaradorlikni oshirish va texnologiyalarni
takomillashtirishga intilish, taqsimlash doirasidagi kapital hajmida sarmoya
Tovar ishlab
chiqaruvchi
Tovar ishlab
chiqaruvchi
45
o‘sishiga olib keladi, shuningdek, obyektlarni lokallashtirish va tuzilmasini
o‘zgartirishga imkoniyat tug‘diradi.
Mazkur doira vertikal integratsiya yo‘nalishlarini ham qayd etish
ahamiyatlidir, buning natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi
o‘rtasidagi chegaralarni aniqlash qiyin bo‘lmoqda.
Taqsimot kanallarining tuzilmalari (vertikal vositachilar soni), ularning
miqyosi va barqarorligi bosqichlari miqdoriga bog‘liqdir. Ularni tejashga erishish
uchun mahsulotlarni olishdagi zaruriy bosqichlarning eng qulay sonini aniqlash
katta ahamiyatga ega.
Shartnomalar sonini kamaytirish iqtisodiy tejamga erishishning bir
yo‘nalishi hisoblanadi. Taqsimlashning ikki turi: selektiv va intensiv bo‘ladi.
Selektiv taqsimlashda uncha katta bo‘lmagan savdo qilish joylari mavjud, intensiv
taqsimlashda esa ularning soni ko‘proqdir. Savdo shartnomalari sonini
kamaytirish hisobiga iqtisodiy tejamga erishish yo‘llari 6-chizmada
soddalashtirilgan tarzda ko‘rsatilgan.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarning talabini qondiradigan
barcha vazifalar bajarilgandagina taqsimlash kanalining barqarorligiga erishish
mumkin.
Logistika tizimlarida mahsulotni taqsimlash kanallarini ko‘rib chiqish
mumkin.
1. Mustaqil ulgurji savdo qiluvchi vositachilar o‘z hisoblaridan tovarlar
sotib oladilar, shu bilan tovarlarning ma’naviy eskirish, buzilish, kon’yunktura
natijasidagi tavakkalni o‘z zimmalariga oladilar. Ular tovarlarni saqlaydilar va shu
bilan mol yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning zahiralarini kamaytiradilar,
shuningdek, jo‘natish, reklama, maslahatlar berish kabi xizmatlarni amalga
oshiradilar.
2. Mol sotadigan tashkilotlar ikki turda: ulgurji savdo bazalari va ulgurji
savdo idoralari. Ulgurji savdo bazalari faoliyati ulgurji savdo firmalarining
vazifalariga juda o‘xshashdir, ular faqat o‘z sanoat firmalari sotadigan
mahsulotlarining bo‘lishi bilan bir - biridan farqlanadi.
Nolinchi
darajadagi
kanal
Birinchi
darajadagi
kanal
Ikkinchi
darajadagi
kanal
Uchinchi
darajadagi
kanal
Istе'molchi
Ishlab
chiqaruvchi
Chakana savdo
qiluvchi savdogar
Ulgurji savdo
qiluvchi
savdogarlar
Chakana savdo
qiluvchi
savdogarlar
Istе'molchi
Ishlab
chiqaruvchi
Ulgurji savdo
qiluvchi
savdogarlar
Chakana savdo
qiluvchi
savdogarlar
Mayda savdo
qiluvchi
savdogarlar
Istе'-molchi
Ishlab
chiqaruvchi
46
Do'stlaringiz bilan baham: |